Karamzin Nikolay Mixaylovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Karamzin Nikolay Mixaylovich [1766.1(12). 12, Orenburg viloyati Mixaylov tumani — 1826.22.5(3.6), Peterburg] — rus yozuvchisi, publitsist, tarixchi. Peterburg FA faxriy aʼzosi(1818). "Moskovskiy jurnal" ("Moskva jurnali", 1791—92) va 2 jildli "Aglay" almanaxi (1794—95)ni nashr ettirgan. 1802 y. "Vestnik Yevropi" ("Yevropa darakchisi") jur.ga asos solgan. Rus adabiyotida sentimentalizm oqimi asoschisi. "Bechora Liza" (1792) qissasi qator milliy adabiyotlarda sentimental sahna va nasr asarlarining paydo boʻlishiga taʼsir koʻrsatgan. "Rossiya davlati tarixi" (1 — 12-jild, 1816—29) yilnomasida Rossiyaning 17-a.

gacha boʻlgan tarixini bayon etgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil