Kapital qoʻyilmalar mohiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kapital qo'yilmalar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida yangi qayta qurilgan hamda kengaytirilgan joriy asosiy jamg'armalar tashkil qilishga mo'ljallangan moliyaviy mablag'lardir. Mablag'lar muntazam tayyorlov bosqichidan qurilish ishlab chiqarish bosqichiga aylanadi, shundan so'ng mahsulotni sotish bosqichiga o'tiladi, bunda ular jamg'arma bo'lib o'zgaradi. Kapital qo'yilmalar quyidagi xarajatlarga yo'naltiriladi: - qurilish-montaj ishlariga; - turli jihozlarni va asboblarni sotib olishga; - boshqa har qanday xarajatlar-loyiha qidiruv ishlari, qurilish maydonini tayyorlash kabilar.

Yuqorida qayd qilingan uch elementning oʻzaro nisbati kapital qo'yilmalarning tuzilishini tashkil qiladi. U tarmoq texnologik va takror ishlab chiqarish tuzilishi bilan ta'riflanadi. Kapital qo'yilmalar xalq xoʻjaligi sohalarida buyurtmachilarga ularning mahsulotlariga bo'lgan ehtiyoji, rivojlanish va haqiqiy ishlab chiqarish kuchlariga qarab taqsimlanadi. Bu esa soha tuzilishini tashkil qiladi. Kapital qo'yilmalarning texnologik tarkibi qurilish-montaj ishlarining, jihozlarning, asbob-uskunaning, shuningdek, jamg'armaning mulkiy hajmi hisobidagi turlicha xarajatlarning ratsional hajmini aniqlashga qaratilgan. Kapital qo'yilmalarning texnologik tuzilishini qurilish montaj ishlariga sarflayotgan xarajatlar miqdorini kamaytirish yo'li bilan amaldagi asosiy jamg'armalardan ham to'liq foydalanish imkonini beradi. Amaldagi korxonalarning quvvatlarini qo'llab-quvvatlashda, ularni texnik qayta qurollantirishda, kengaytirish va qayta qurishda, shuningdek, yangi korxonalarni qurishda kapital qo'yilma- larining takror ishlab chiqarish tuzilishini aks ettiradi. Kapital qo'yilmalar tarmoq, texnologik va takror ishlab chiqarish tarkiblari bilan ta'riflanadi. Kapital qo'yilmalarning tarmoq tarkibi bu xalq xoʻjaligi tarmoqlari bo'yicha kapital qo'yilmalarning miqdoriy nisbatini aks ettiradi.

Kapital qo'yilmalarning texnologik tarkibi - mashina va asbob- uskunalarni sotib olishga va qurilish montaj ishlarini amalga oshirishga ketadigan xarajatlar orasidagi nisbatni aks ettiradi. Asosiy fondlarning aktiv qismini (mashina va asbob-uskunalarni takror ishlab chiqarishning kapital qo'yilmalardagi ulushini oshirish yo'li bilan ularning texnologik tarkibini takomillashtirish sarflar samaradorligini oshirishning muhim yo'nalishi hisoblanadi. Kapital qo'yilmalarni takror ishlab chiqarish tarkibi ularni bir tomondan yangi qurilishlarga, ikkinchi tomondan mavjud korxоnalarni qayta qurish va texnik qayta qurollantirishni va kengaytirishga saflanadigan mablag'lar miqdori o'rtasidagi nisbatni aks ettiradi.

Mulkchilik shakllari o'zgarib, rivojlanib borayotgan sharoitda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (KB va XT)ni rivojlantirish

O'zbekiston iqtisodiyoti uchun strategik muhim vazifadir. Jahon tajribasi shuni tasdiqlaydiki, KB va XT ichki bozorni iste'mol tovarlari va xizmatlar bilan mo'l-ko'l ta'minlaydi, eksport imkoniyatini oshiradi, ish bilan ta'minlash muammosini hal etadi, aholining real daromadlari darajasini oshiradi. Iqtisodiyotning global- lashuvi sharoitida KB investitsiyalarni kam talab qilishi, epchilligi va moslashuvchanligi oʻzgartirib turishni ta'minlaydi.

Tadbirkorlik tuzilmalarining kredit resurslaridan, investitsiyalarni moliyalashtirishning noan'anaviy usullaridan, ayniqsa xalqaro moliya institutlari ishtiroki bilan moliyalashtirish usullaridan, lizing operatsiyalaridan bemalol foydalanishlarini ta'minlash va shu yo'l bilan ularni xorijiy texnika va texnologiya bilan qurollantirish ustuvor vazifadir. KB va XTni rivojlantirish orqali raqobat muhiti vujudga keltiriladi, soliqqa tortish bazasi kengaytiriladi, aholinig ish bilan bandligi oshiriladi, bozorlar tovar va xizmatlar bilan mo'l- ko'l ta'minlanadi.

Muallif: Murodov Jamoliddin