Kamol Rahmonberdiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kamol Rahmonberdiyev
Kamol Qozi
Kamol Rahmonberdiyev
Turkiston Milliy Majlisi aʻzosi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1885-yil
Toshkent



Kamol Rahmonberdiyev (Kamol Qozi) — (1885—?) — Turkistondagi taniqli ulamo. Toshkentda tashkil etilgan Turkiston musulmonlarining “Mahkamayi shar’iya” idorasi raisi. Turkiston Milliy Majlisi a’zosi.


Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kamoliddin Rahmonberdi o’g’li 1885-yili Toshkentda ulamo oilasida tavallud topgan. U arxiv hujjatlarida qo’qonlik ruhoniy sifatida tilga olinadi. Qoʻqon va Toshkentda uning nufuzi juda baland bo’lgan. Kamol Rahmonberdiyev yirik ulamo sifatida Toshkent va Qo’qondan tashqari butun Farg’ona vodiysida katta shuhrat qozongan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 1917-yil noyabrda Kamol Rahmonberdiyev (Kamol Qozi) Turkiston Milliy Majlisi a’zoligiga saylangan. Turkiston muxtoriyatiga barham berilgach, Qo’qondan Toshkentga kelib, masjidda imomlik qiladi. U faoliyati davomida chekislar qamoqqa olguniga qadar Farg’ona vodiysi va Toshkentda ko’plab masjidlarda imomlik bilan shug’ullanadi. 1936-yil 22-fevralda O’zbekiston SSR NKVD tomonidan Toshkentda taniqli ulamolar qatorida Kamol Qozi (Kamol Rahmonberdiyev) va o’lka musulmonlari boshqarmasi “Mahkamayi shar’iya)ning sobiq raisi Zahriddin A’lam (Zuhriddin A’lam Qosim Xo’jayev) va boshqalar ham qamoqqa olinadi va ularga turli soxta ayblovlar qo’yiladi[1]. Mazkur “Musulmon ruhoniylari” ishi sovet rejimi O’zbekiston SSRda ulamolarga nisbattan ommaviy qatag’on siyosatini yana qayta boshlagan. 1936-yil 31-may-3-iyunda bo’lib o’tgan O’zbekiston SSR Oliy sudi mahsus kollegiyasining sud majlisida Kamol Qozi (Kamol Rahmonberdiyev) 3 yil muddatga mehnat tuzatish lageriga jazoni o’tash bo’yicha hukm o’qiladi. Biroq ushbu qamoqda faqatgina Shorasul Zunnunov qaytib kelgan. Tarixchi olim Qahramon Rajavob fikriga ko’ra, Kamol Qozi (Kamol Rahmonberdiyev)ning to’liq tarjimayi holi hali to’liqligicha o’rganilmagan[2].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Abdullayev R. Raximov M, Rajabov Q va boshqalar. O’zbekiston tarixi (1917—1991) birinchi kitob. Toshkent: O’zbekiston, 2019 — 560 bet. 
  2. Rajabov Q. Turkiston muxtoriyati vazirlari hamda milliy majlis a’zolari hayoti va taqdiri. Toshkent: Bodomzor invest, 2021 — 92 bet.