KES yulduzi. Amfibiya odam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(KETS yulduzi. Amfibiya odamdan yoʻnaltirildi)
KES yulduzi. Amfibiya odam
Asl nomi Звезда КЭЦ. Человек-амфибия
Muallif(lar) Aleksandr Belyayev
Tarjimon(lar) Nizom Komilov
Til ruscha
Janr(lar)i ilmiy-fantastik romanlar
Nashriyot „Yosh gvadriya“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1970
Sahifalar soni 340

„KES yulduzi. Amfibiya odam“ (ruscha: Звезда КЭЦ. Человек-амфибия) — rus yozuvchisi Aleksandr Belyayev qalamiga mansub ilmiy-fantastik romanlar toʻplami. Toʻplamga muallifning „KES yulduzi“ hamda „Amfibiya odam“ romanlari kiritilgan. Romanlarni rus tilida oʻzbek tiliga Nizom Komilov tarjima qilgan. Toʻplam 1970-yil Toshkent shahrida „Yosh gvadriya“ nashriyotida chop etilgan.

Mazkur toʻplamni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: E. Mirobidov – muharrir, G. Jirnov – rassom, K. Nazarov – rasmlar muharriri, L. Shishikina – texnik muharrir, M. Azimboyeva – musahhih. Kitob adadi – 45 000 nusxa.

KES yulduzi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„KES yulduzi“ romani Ilk bor „Vokrug sveta“ jurnalida chop etilgan. Kitob sifatida esa birinchi marta 1936-yil nashr qilingan.

Roman oʻzbek tilida ilk bor „KES yulduzi. Amfibiya odam“ toʻplamida chop etilgan. 1989-yil „Amfibiya odam. Jahongir. KES yulduzi“ toʻplamida qayta nashr qilingan.

„KES yulduzi“ fazoni oʻzlashtirish mavzusidagi Sovet Ittifoqida chop etilgan ilk fantastik asardir. „KES yulduzi“ rus olimi Konstantin Eduardovich Siolkovskiy xotirasiga bagʻishlangan. Asarda yerning ikkinchi sunʼiy yoʻldoshi KES yulduzi deb ataladi.

Amfibiya odam[tahrir | manbasini tahrirlash]

Belyayev „Amfibiya odam“ romanini 1927-yil yozgan. Asar ilk bor 1928-yil „Vokrug sveta“ jurnalida chop etilgan. Kitob sifatida ham oʻsha yili nashr qilingan.

Roman oʻzbek tilida ilk bor „KES yulduzi. Amfibiya odam“ toʻplamida chop etilgan. 1989-yil „Amfibiya odam. Jahongir. KES yulduzi“ toʻplamida qayta nashr qilingan.

Asar bosh qahramoni Ixtiandr ham suvda, ham quruqlikda yashay oladigan odam-amfibiyadir.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]