Jyoti Amji

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jyoti Amji

Jyoti Amji— (ज्योति आम्गे-Jyoti Amji; 1993-yil 16-dekabrda tugʻilgan) Hindistonning Nagpur shahrida yashovchi, Ginnesning rekordlar kitobiga eng past boʻyli ayol sifatida kiritilgan[1][2].

18 yoshga toʻlgan kunida Amji boʻyi 62,8 sm, vazni esa 5,2 kg edi. Shu kuni Ginnesning rekordlar kitobi uni Yer yuzidagi eng past boʻyli ayol deb eʼlon qildi. Uning boʻyi pastligi axondroplaziya bilan bogʻliq[3].

2012- yilda u dunyodagi eng kichkina odam, nepallik Chandra Bahadur Dangi bilan tanishgan. Keyin ular Ginnes rekordlar kitobining 57-nashri uchun suratga tushishgan (kartada tasvirlangan)[4]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]