Josh Sheehan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Josh Sheehan
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Joshua Luke Sheehan[1]
Tavallud sanasi 30-mart 1995-yil (1995-03-30) (29 yosh)
Tavallud joyi Pembrey, Uels
Boʻyi 1.84 m[2]
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Bolton Wanderers
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005—2014 Swansea City
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2018 Swansea City 0 (0)
2015Yeovil Town (ijara) 13 (0)
2015—2016Yeovil Town (ijara) 13 (2)
2016—2017Newport County (ijara) 20 (5)
2018—2021 Newport County 122 (8)
2021 Bolton Wanderers 16 (4)
Milliy terma jamoa
2012—2014

Uelsning 19 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
9 (0)
2014—2016

Uelsning 21 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
12 (0)
2020 Uels milliy futbol terma jamoasi 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 26-oktyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2021-yil 1-sentyabr uchun)

Joshua Luke Sheehan (talaffuzi: Joshua Lyuk Shixan) (1995-yil 30-martda tugʻilgan) — uelslik professional futbolchi. Josh Sheehan Birinchi Liga vakili „Bolton Wanderers“ futbol klubi va Uels milliy futbol terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Swansesa City[tahrir | manbasini tahrirlash]

Josh Sheehan 10 yoshida "Swansea City" futbol klubining akademiyasiga qoʻshilgan. 2012-yilning 2-noyabrida Josh Sheehan klub bilan 2015-yilning yozigacha amal qiladigan professional shartnoma imzolagan[3]. 2014-yilning aprel oyida Josh Sheehan „Swansea“ klubi bilan 2016-yilning yozigacha amal qiladigan yangi shartnoma imzolagan[4]. Josh Sheehan „Swansea“ klubining 2014—2015-yilgi mavsumdagi deyarli barcha safar oʻyinlarida qatnashgan.

2015-yilning 17-fevralda Josh Sheehan „Yeovil Town“ futbol klubi bilan bir oylik favqulodda ijara shartnomasi imzoladi, keyinchalik bu shartnoma muddati mavsum oxirigacha uzaytirildi[5]. Josh Sheehan klub uchun 13 ta oʻyinda maydonga tushdi.

„Swansea“ klubiga qaytib kelgach, Josh Sheehan „Swansea“ klubi bilan yangi shartnoma imzoladi.

Josh Sheehan 2015-yil sentyabrida ijara asosida yana „Yeovil“ klubiga qoʻshildi. 2016-yilning yanvarida „Swansea“ klubiga qaytdi.

2016-yil 8-avgustda Josh Sheehan 2017-yil 21-yanvargacha ijara asosida „Newport County“ futbol klubi safiga qoʻshildi[6]. Josh Sheehan „Newport“ klubi uchun debyut oʻyinini 2016-yil 24-sentyabrda Ikkinchi Ligada „Cambridge United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[7]. Josh Sheehan „Newport County“ futbol klubi uchun birinchi golini 2016-yil 29-oktyabrda „Accrington Stanley“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (3:1) kiritdi[8]. 2017-yilning 24-yanvarida Josh Sheehanning ijara muddati 2016—2017-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirildi, biroq Josh Sheehan jarohat tufayli mavsumning qolgan qismida safdan chiqqani uchun 2017-yilning 9-martida „Swansea“ klubi safiga qaytdi[9].

Newport County[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil 5-yanvarda Josh Sheehan 18 oylik doimiy shartnoma asosida „Newport County“ futbol klubi safiga qaytdi[10]. Josh Sheehan 2019-yilning may oyida „Newport“ klubi bilan ikki yillik yangi shartnoma imzoladi[11]. 2020-yil iyul oyida Josh Sheehan 2019—2020-yilgi mavsumda „Newport County“ futbol klubida yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida tanlandi[12]. Josh Sheehan 2020—2021-yilgi mavsumda PFA Ikkinchi ligasida yilning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi[13]. Josh Sheehan 2020—2021-yilgi mavsum oxirida „Newport“ klubi bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi[14].

Bolton Wanderers[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Newport" klubidagi shartnomasini tugatgandan soʻng, Josh Sheehan 2021-yil 7-iyun kuni Birinchi liga vakili „Bolton Wanderers“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolab jamoa safiga qoʻshildi[15]. 2021-yil 20-noyabrda „Bolton“ klubining matbuot xizmati Josh Sheehan tizzasidan olgan jarohati tufayli 2021—2022-yilgi mavsumning qolgan qismida safdan chiqqanini tasdiqladi[16].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Swansea City 2014—2015 Premer liga 0 0 0 0 1 0 1 0
2015—2016 Premer liga 0 0 0 0 0 0 0 0
2016—2017 Premer liga 0 0 0 0 0 0 0 0
2017—2018 Premer liga 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 0 0 0 0 1 0 1 0
Yeovil Town (ijara) 2014—2015 Birinchi liga 13 0 0 0 0 0 13 0
2015—2016 Ikkinchi liga 13 2 2 0 0 0 1 0 16 2
Jami 26 2 2 0 0 0 1 0 29 2
Newport County (ijara) 2016—2017 Ikkinchi liga 20 5 4 2 0 0 1 0 25 7
Newport County 2017—2018 Ikkinchi liga 13 2 0 0 0 0 0 0 13 2
2018—2019 Ikkinchi liga 33 1 4 0 2 0 7 0 46 1
2019—2020 Ikkinchi liga 33 2 4 0 2 0 3 0 42 2
2020—2021 Ikkinchi liga 43 3 3 0 4 0 3 0 53 3
Jami 122 8 11 0 8 0 13 0 154 8
Bolton Wanderers 2021—2022 Birinchi liga 15 4 1 0 2 0 2 0 20 4
2022—2023 1 0 0 0 0 0 3 0 4 0
Jami 16 4 1 0 2 0 5 0 24 4
Jami 184 19 18 2 10 0 20 0 232 21

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Club list of registered players: As at 19th May 2018“. English Football League. Qaraldi: 16-iyun 2018-yil.
  2. „Josh Sheehan“. Bolton Wanderers F.C.. 2022-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-oktabr 2022-yil.
  3. „Sheehan signs pro Swans contract“. Swansea City A.F.C.. Qaraldi: 27-avgust 2014-yil.
  4. „Josh Sheehan signs new contract with Swansea City“. Swansea City A.F.C.. Qaraldi: 7-may 2015-yil.
  5. „Josh Sheehan and Craig Eastmond sign for Yeovil Town“. BBC Sport (17-fevral 2015-yil). Qaraldi: 17-fevral 2015-yil.
  6. „Swansea City youngster will get his chance to shine with Newport County“ (22-avgust 2016-yil).
  7. „Newport County 1-2 Cambridge United“. Qaraldi: 30-mart 2021-yil.
  8. Sheehan first Newport goal.
  9. David Williams. „Newport County AFC loanee Josh Sheehan returns to Swansea City AFC“. South Wales Argus (9-mart 2017-yil). Qaraldi: 10-mart 2017-yil.
  10. „Newport County confirm Josh Sheehan signing“. South Wales Argus.
  11. „Newport County duo sign new two-year contracts“. BBC Sport (30-may 2019-yil).
  12. „All the winners from Newport County's awards night“. South Wales Argus. Qaraldi: 30-mart 2021-yil.
  13. Sheehan in League 2 Team of the Year
  14. Newport players
  15. „Wanderers Land Wales International Midfielder“. Bolton Wanderers.
  16. Sheehan injury