Jome masjidi (Avrangobod)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Jome masjidi (Avrangobod)
Mamlakat  Hindiston
Shahar Avrangobod
Koordinatalar 19°53′30″N 75°19′34″E / 19.891784911807537°N 75.32600564088406°E / 19.891784911807537; 75.32600564088406 G OKoordinatalari: 19°53′30″N 75°19′34″E / 19.891784911807537°N 75.32600564088406°E / 19.891784911807537; 75.32600564088406 G O
Masjid turi jome
Asoschi Malik Ambar
Binokorlik 16101612

Jome masjidi 1612-yilda qurilgan masjid boʻlib, Hindistonning Maharashtra shtatidagi Avrangobod shahridagi Killa Arrak yaqinida joylashgan. Bu tarixiy ahamiyatga ega manzilgoh hisoblanadi, chunki u 1612-yilda qurib bitkazilgan[1]. Qurilish 1610-yilda Malik Amber tomonidan Avrangobod (oʻsha paytda „Fatehpur“ deb nomlangan) asos solinganidan soʻng boshlangan. Masjid keyinchalik 1692-yilda Avrangzeb (R. H.) tomonidan kengaytirilgan. U Avrangobodning eng qadimgi masjidlaridan biri boʻlib, hali ham yaxshi holatda saqlangan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjidni 1612-yilda Malik Amber 1610-yilda Xaraki deb nomlagan shaharda qurdirgan va Malik Ambar 1626-yilda vafot etgach uning oʻrniga oʻgʻli Fotexon oʻtirgan va Xadki shahri nomini „Fatehnagar“ ga oʻzgartirgan. 1633-yilda Boburiylar Davlatobodni egallab olishganda, Nizom Shohi hukmronlik yerlari, shu jumladan Fatehnagar Boburiylarning qoʻl ostiga oʻtdi. Milodiy 1653-yilda shahzoda Avrangzeb ikkinchi marta Dekan noibi etib tayinlanganida, u Fotehnagarni poytaxt qilib, uni Avrangobod deb nomlaydi. Jome masjidi yaqinida Killa Arrak qal’asini qurdiradi, masjid qal’a devorlarining chegarasida joylashgan. Masjidning meʼmoriy qurilish uslublarini bilgan Avrangzeb 1692-yilda masjidning old qismida toʻrtta ark qurib, hududni kengaytirdi[2][3]. Muhtasham qal’a orasidagi Amxar (Jamoat zali) va Jome masjidi hali ham yaxshi holatda saqlangan yagona inshootlardir[4].

Tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Early morning view of Delhi Gate, Aurangabad
Dehli darvozasining erta tong koʻrinishi, Aurangobod

Masjid Avrangobodning Killa Arrak yaqinida joylashgan[5]. Oldindagi 9 ta qirrali arkdan 5 tasini Malik Ambar oʻrnatgan[6][7].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jome masjidi yaqinidagi Makka darvozasi, Avrangobod, 1880-yillarda Din Dayal tomonidan suratga olingan

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Qila Arrak, Aurangabad (Maharastra), India, Travel Guide and Travel information, Meriyatrra.com“. 2011-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-may.
  2. Banerjee, Rajiv. „History revisited at Aurangabad the 'city of gates'“. The Economic Times.
  3. „Aurangabad Tourist Attractions, best places to visit in Aurangabad“. 2011-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-may.
  4. „Qila Arrak, Aurangabad (Maharastra), India, Travel Guide and Travel information, Meriyatrra.com“. 2011-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-may.
  5. „Archived copy“. 2012-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-may.
  6. „JAMA Masjid Aurangabad,Mosques in Aurangabad,Famous Mosques of Aurangabad,Aurangabad Mosques“. 2011-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-may.
  7. „Aurangabad: JAMA Masjid, Aurangabad Tourist Places to Visit for Mosque“. 2011-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-may.