John F. Kennedy Suikastı

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


John F. Kennedy Suikastı
Prezident Kennedi, uning rafiqasi Jaklin, Texas gubernatori Jon Konnalli va uning rafiqasi suiqasddan biroz oldin prezidentlik limuzinida bo‘lgan.

Prezident John Fitzgerald „Jack“ Kennedyning oʻldirilishi, AQShning oʻttiz beshinchi prezidenti John Fitzgerald Kennedyning oʻldirilishi, 1963-yil 22-noyabr, juma kuni, soat 12:30 da Dallasda sodir etilgan[1][2].

Kennedy 1964-yilgi saylovlardagi raqibi Arizona shtatining respublikachi senatori Barry Goldwater boʻlishiga ishongan va agar u uni qattiq magʻlubiyatga uchratib qoʻysa, Kongress orqali oʻzi xohlagan islohot qonunlarini qabul qilish huquqiga ega boʻlardi. Uning bu rejani amalga oshirishiga toʻsqinlik qiladigan eng muhim muammo uning oʻrinbosari Jonsonning Texas shtatida gubernator John B. Conally, ikkala demokrat va senator Ralph Yarborough oʻrtasida davom etayotgan mojaro edi. Kennedi saylovchilarga qarshi birdamlik koʻrinishini yaratish uchun ikki siyosatchini shtat boʻylab sayohatga olib borishga qaror qiladi. Bu qaror AQSHning 35-prezedentining oʻziga oʻqiga oʻlim hukmi boʻlib qoladi.

1963-yil 22-noyabr, juma kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:30da u rafiqasi bilan Dallasdagi konvoydan oʻtayotganda ustki qismi ochiq mashinada boʻlgan. Boʻyin, tomoq va boshiga uchta oʻq kelib tegishi oqibatida prezident Kennedy Parklend kasalxonasiga ketayotganda olgan jaroxatlari tufayli vafot etadi. Gubernator Conally esa ogʻir yaralanadi, ammo tirik qoladi. Vitse-prezident Jonson oʻsha kuni prezidentlik lavozimini egallagan holda qasamyod qiladi.

Oʻsha kuni qotillikda gumonlanayotgan Dallaslik 24 yoshli Lee Harvry Oswald ikki kundan keyin Dallas politsiyasi shtab-kvartirasi oldida tungi klub egasi Jek Rubi tomonidan oʻldirilgan.

Bu qotillik Sapruder ismli shaxs tomonidan sodir etilgan. U 1 mm Bell & Howwell kamerasi bilan suratga olingan va bu suratlar barcha tergovlarning asosiy tergov bazasi edi. Xuddi shu kuni Lee Harvry Oswald suiqasdda ayblanib hibsga olinadi. Lekin ikki kundan keyin Osvaldning oʻzi Dallas politsiya boʻlimining podvalida Jek Rubi ismli shaxs tomonidan otib oʻldirilgan. Suiqasdda Italiyada ishlab chiqarilgan Manlicher Carcano snayper miltigʻidan foydalanilgani eʼlon qilinadi. Kennedi oʻzining kabrioleti bilan ommani kutib olayotganda, birinchi oʻq boʻyniga kirib, galstuk tugunidan chiqadi, ikkinchi oʻq Dallas gubernatori Connallyning orqa koʻkragiga ogʻir jarohat yetkazadi, uchinchi va halokatli zarba Kennedyning boshiga kelib tegadi. Shu tariqa, mashina toʻgʻridan-toʻgʻri kasalxonaga yoʻnaltiriladi, biroq prezident Kennedyni barcha sa’y-harakatlarga qaramay qutqarib boʻlmaydi. Birinchi oʻq uzulishi va oxirgi oʻq uzulishi oʻrtasida taxminan 5,6 soniya bor. Biroq, hodisani tekshirayotgan FQB agentlarining hech biri, hatto nishonga olmasdan ham xuddi shunday tarzda oʻqqa tuta olisholmadi. Bu oxirgi marta 1945-yilda ishlab chiqarilgan qurol boʻlib, oʻqlar kameraga birma-bir kiritiladigan tutqich mexanizmi bilan ishlaydi. Uchta oʻqni alohida-alohida oʻqlash va nishonga olishga bunchalik tez vaqt davomida erishib boʻlmasdi. (Shuningdek, suiqasd paytida 5 ta oʻq uzilgan, ammo ular aks-sadodan kelib chiqqan deb taxmin qilingan).

Amerika Qoʻshma Shtatlarining oʻsha paytdagi vitse-prezidenti Lyndon B. Johnson Kennedyning oʻrniga 36-prezident sifatida qasamyod keltiradi. Kennedyning oʻldirilishi ortida Isroil turgani haqida daʼvolar bor. Buning sababi Kennedyning Isroil yadroviy dasturiga qarshi boʻlganligidir. Mordehay Vanunu ismli isroillik yadroviy inshoot ishchisi oʻz bayonotida shunday deydi: „Amerika inspektorlari ob'ektlarga kelganlarida, qurollar buyurtma qilingan devorlarga yashirilgan edi“. Bu bayonoti ortidan katta tahdidlarga uchragan Vanunu bu mavzuda boshqa bayonot bermadi. Biroq, Kennediga suiqasd boʻyicha ofitserning isroillik millatchi tomonidan oʻldirilishi bu ish ortida Mossad turgan boʻlishi mumkin degan shubhalarni kuchaytiradi. Chunki Kennedyning Isroil yadroviy dasturini tanqid qilishi va uni qoʻllab-quvvatlamasligi bu suiqasdning boshlanish nuqtasi boʻlishi mumkin. Tabiiyki, bularning barchasi isbotlanmagan taxminlardir. Kennedyning oʻlimi ortida turli xil gepotiza va farazlar bor va bularning aksaryati isbotlanmagan.

Yana bir daʼvo shundaki, Pentagon, FBI, Markaziy razvedka boshqarmasi va Yashirin operatsiyalar boʻlinmalari tuman prokurori Jim Garrison tomonidan ilgari surilgan qoʻshma suiqasdni rejalashtirlgani haqida boʻlib. Jim Garrison suiqasd sung darxol vitse-prezident Lyndon B. Johnson prezident etib tayinlanishi tufayli hukumatga yashirin toʻntarish amalga oshirilganini daʼvo qiladi. U suiqasdda 3 snayper borligini iddao qiladi va suiqasdda qoʻli borligi sabab Clay Shaw ismli tadbirkorni sudlanuvchi sifatida koʻrsatadi. Biroq Kley Shou dalillar yoʻqolgani, voqea sodir boʻlgan kuni koʻpchilik guvohlarning koʻrsatmalari qayd etilmagani, milliy arxivdagi dalillar milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan koʻrsatilmagani uchun aybsiz deb topiladi. .

1963-yilda Yashirin operatsiyalar boʻlimi boshligʻi boʻlgan Richard Helms 1979-yilda Clay ShawMarkaziy razvedka boshqarmasida ishlaganini tan oladi. Vakillar palatasining suiqasd boʻyicha tergov qoʻmitasining fayllari 2029-yilgacha muhrlanadi va bu ish yopiladi.

Kennedy gastrol safarida boʻlib, voqea sodir boʻlgan kuni himoya nimchasini kiygan holda boʻlgan, chunki oʻq kasık va qovurgʻalarini jarohatlagan. Birinchi oʻq kelib tekgach, u shu sababdan mashinaga engasha olmaydi va tik turadi, bu uning boshiga kelib tekgan va bosh suyagini sindirib tashlagan ikkinchi oʻqning aniq nishoniga aylanishiga sabab boʻladi.

Shu kungacha koʻrib chiqilayotgan qotillikka oydinlik kiritilmagan. Hatto uzoqdan qarindosh boʻlgan yoki qotilliklar haqida maʼlumotga ega boʻlgan barcha odamlar hech qanday dalil qoldirmasdan birin-ketin olib tashlandi. Abraham Lincoln oʻlimidan keyin Jon Kennedyning oʻldirilishi Amerika tarixida katta voqiylikga aylanib chuqur iz qoldirdi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Zapruder film
  • Babushka xonim

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „JFK Kennedy suikastı, Zapruder audiovideo“. 27 şubat 2013da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27 ocak 2010.
  2. „Zapruder Film“. 15 ekim 2007da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27 ocak 2010.