Jodulangan (film)
| Jodulangan | |
|---|---|
Poster |
|
| Rejissor | Kevin Lima |
| Prodyuser | Barry Josephson Barry Sonnenfeld |
| Ssenariy muallifi | Bill Kelly |
| Sharhlovchi | Julie Andrews |
| Rollarda | Amy Adams Patrick Dempsey James Marsden Timothy Spall |
| Bastakor | Alan Menken |
| Kinematografiya | Don Burgess, ASC |
| Muharrir | Stephen A. Rotter Gregory Perler |
| Distribyutor | The Walt Disney Company |
| Premyera sanasi | 20 oktabr, 2007 (London) 21 noyabr, 2007 |
| Davomiyligi | 107 daq. |
| Mamlakat | |
| Til | Inglizcha |
| Mablagʻ | $85 million |
Jodulangan (ingl. Enchanted) — oʻzida kino, fotorealistik kompyuter effektlari va anʼanaviy animatsiyani jamlagan Disney studiyasining filmi. AQShdagi taqdimoti 2007-yil 21 noyabrda boʻlib oʻtgan.
[tahrir] Sujet
Giselle (Amy Adams) hayvonlar gapira oladigan va har bir harakatga musiqa joʻr boʻladigan ertaklar mamlakati — Andalaziyada yashaydi. U haqiqiy muhabbat uchratishni orzu qiladi va tushida koʻrgan shaxzodasining haykalini olmaxon Pip hamda boshqa oʻrmon hayvonlari bilan birgalikda yasaydi. Giselle asl muhabbat boʻsasi haqida qoʻshiq aytadi va uning ovozini Andalaziya taxtining valiahdi, Qirolicha Narissa (Susan Sarandon)ning oʻgay oʻgʻli Shaxzoda Edward (James Marsden) eshitib qoladi. Edward Giselleni bahaybat troll hujumidan halos qiladi, u bilan birga qoʻshiq kuylaydi va ular ertasi kuni ertalab turmush qurishga ahd qilishadi. Ammo hammasi ham shaxzoda bilan uzoq va baxtli yashashni orzu qiluvchi Gisellening rejasi boʻyicha ketmaydi. Yovuz qirolicha Narissa badbashara kampirga aylanib olib, Giselleni quduqqa itarib yuboradi — Giselle uzoq va baxtli yashalmaydigan joyga, zamonaviy Nyu Yorkka, tushib qoladi. Gisellening atrofi olam haqidagi koʻngilchan tasavvurlari katta shahar fuqarolarining shafqatsizligi bilan toʻqnashadi. Ammo uni kichik qizi bor, turmushidan ajralgan advokat Robert oʻz uyiga olib keladi. Robert Giselleni ozgina aqldan ozgan deb hisoblasa ham, baribir uni yoqtirib qoladi.