Jinoyatchilikning oldini olish obyektlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jinoyatchilikning oldini olish obyektlari - jinoyatchilikni keltirib chiqaruvchi turli xil jarayonlar va omillar; huquq shuningdek ijtimoiy hamkorlik normalariga mos kelishi shart bo'lgan faoliyat; jinoyatchi shaxsi; mansabdor shaxslar, yuridik hamda jismoniy shaxslarga xos hislatlar.

Jinoyatchilikni oldini olish tizimida profilaktika shakllariga mos keladigan turli jihatlar mavjud. Profilaktikaning umumijtimoiy darajasiga kiradigan davlat va jamiyatning faoliyati faqat iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi ziddiyatlarni hal qilish; axloqiy-maʼnaviy sohadagi ziddiyatlarni hal qilish; tashkiliy-boshqaruv sohasidagi ziddiyatlarni hal qilishni oʻz ichiga oladi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi