Jidda shartnomasi (2000)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Saudiya Arabistoni bilan yakunlangan shimoliy chegarani koʻrsatuvchi Yaman xaritasi

2000-yilgi Jidda shartnomasi Saudiya Arabistoni va Yaman oʻrtasidagi 1934-yilda Saudiyaning chegaraviy daʼvolaridan kelib chiqqan chegara bahsini hal qildi[1].

Uzoq davom etgan kelishmovchilik 1934-yilda Yaman va yangi tashkil etilgan Saudiya Arabistoni oʻrtasida imzolangan Toif shartnomasi va uch yildan soʻng chegarani belgilashdan kelib chiqqan. Chegarani joylashtirishdagi noaniqlik Saudiya Arabistoni va Yamanning XX asrning qolgan qismida anʼanaviy mustamlakachilikdan oldingi daʼvolar, notoʻgʻri chegara belgilarini joylashtirish va dastlabki shartnomada koʻrsatilgan togʻ choʻqqisiga nisbatan noaniqlik bilan murakkablashgan daʼvolariga olib keldi[1]yu Chegarada ikkita urush boʻlib oʻtdi: 1934-yilda va 1969-yilda. 1990-yillarning oʻrtalariga kelib, har ikki davlat hukumatlari aniq va oʻzaro kelishilgan chegara zarurligini tan oldilaryu Avvaliga 1995-yil fevraldagi oʻzaro anglashuv memorandumi, keyin esa 1997-yilning yozida Italiyaning Komo koʻlida vaqtinchalik „Komo liniyasi“ ni yaratgan uchrashuv yuzasidan koʻrishdilar.

Biroq, keyingi uch yil ichida taraqqiyot toʻxtab qoladi, qisman davlatlar Qizil dengiz bilan uchrashganda chegaraning dengiz qismining aniq joylashishiga bahslashdilar. Bu 1998-yil iyul oyida Yaman va Saudiya Arabistoni qurolli kuchlari oʻrtasida Duvayma oroli (Faroson orollaridan janubda joylashgan) ustidagi qarama-qarshiliklarni oʻz ichiga olgan qator chegara toʻqnashuvlariga olib keldi[2].

Imzolanish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2000-yil may oyida Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Abdulloh birinchi marta Yamanda Shimoliy va Janubiy Yaman birlashganining oʻn yilligini nishonlash uchun tashrif buyurdi. Ushbu uchrashuv va bir qator intensiv diplomatik muzokaralardan koʻp oʻtmay, ikki hukumat Saudiyaning port shahrida 2000-yil 12-iyunda keyingi oy kuchga kirishi uchun Jidda shartnomasini imzoladilar. Shartnomani ikki davlat tashqi ishlar vazirlari hamda Yaman bosh vaziri oʻrinbosari Abdurrahmon Bagammal imzolagan. Shartnoma quruqlik va dengiz chegarasining aniq koordinatalarini belgilab berdi va qurolli kuchlarni joylashtirish va chegara boʻylab kelajakda tabiiy boyliklarni qazib olish qoidalarini oʻz ichiga oldi[1][3].

Oqibat[tahrir | manbasini tahrirlash]

2003-yilda Saudiya Arabistoni uyushgan kontrabanda va xavfsizlik nuqtai nazaridan Yaman bilan chegara devori qurishni boshladi. Xalqaro diplomatik bosim va bu 2000-yilgi shartnomada yaylovlar uchun ajratilgan 20 km bufer zonani buzganligi haqidagi ayblovlardan soʻng Saudiya Arabistoni qurilishni toʻxtatishga rozi boʻldi va 2004-yilning fevralida ikkala tomon ham shartnomani qoʻllab-quvvatlashga rozi boʻldi[4]. Biroq Saudiya Arabistoni devorni 2009-2010-yillar oraligʻida qurib bitkazishi kerak edi. 2011-yilgi Yaman inqilobining beqarorlashtiruvchi oqibatlari va Saudiya Arabistonining davom etayotgan Yaman fuqarolar urushidagi ishtiroki ortidan chegarada tobora koʻproq askarlar saqlanmoqda va oʻtish joylari cheklangan[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Askar Halwan Al-Enazy (January 2002). „"The International Boundary Treaty" (Treaty of Jeddah) Concluded between the Kingdom of Saudi Arabia and the Yemeni Republic on 12-iyun 2000-yil“. American Journal of International Law. 96-jild, № 1. 161–173-bet. doi:10.2307/2686133. JSTOR 2686133.
  2. „Saudi Arabian-Yemeni Relations: Implications for U.S. Policy“. Middle East Policy Council. 2023-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-iyul.
  3. „The Treaty of Jeddah, 2000“.
  4. „Yemen says Saudis will stop fence“. BBC News (18-fevral 2004-yil).
  5. Al Zahrani, Mohammed H.; Omar, Abdiasiis I.; Abdoon, Abdelmohsin M. O.; Ibrahim, Ali Adam; Alhogail, Abdullah; Elmubarak, Mohamed; Elamin, Yousif Eldirdiry; AlHelal, Mohammed A.; Alshahrani, Ali M. (26–iyun 2018–yil). „Cross-border movement, economic development and malaria elimination in the Kingdom of Saudi Arabia“. BMC Medicine. 16-jild, № 1. 98-bet. doi:10.1186/s12916-018-1081-z. PMC 6019222. PMID 29940950.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()