Jason Lowe

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jason Lowe
Lowe 2012-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jason John Lowe[1]
Tavallud sanasi 2-sentyabr 1991-yil (1991-09-02) (32 yosh)[2]
Tavallud joyi Wigan, Angliya
Boʻyi 1.83 m[3]
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Salford City
Raqami 4
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2003—2010 Blackburn Rovers
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2017 Blackburn Rovers 173 (1)
2011Oldham Athletic (ijara) 7 (2)
2017—2018 Birmingham City 9 (0)
2018—2020 Bolton Wanderers 64 (0)
2020— Salford City 100 (2)
Milliy terma jamoa
2011

Angliyaning 20 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
5 (0)
2011—2013

Angliyaning 21 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
11 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 29-oktyabr (utc) uchun)

Jason John Lowe (talaffuzi: Jeyson Jon Lou) (1991-yil 2-sentyabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Jason Lowe „Salford City“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Jason Lowe faoliyatining koʻp qismini „Blackburn Rovers“ futbol klubi safida oʻtkazdi. Jason Lowe 2011-yilda klubning asosiy jamoasi safida debyut qildi va oʻsha yili asosiy jamoadagi oʻrnini mustahkamladi[4]. Jason Lowe 2017-yilda klubdan ketishiga qadar klubning asosiy jamoada maydonga tushgan. Jason Lowe 2017—2018-yilgi mavsumda „Bolton“ futbol klubiga qoʻshilgan. Shundan soʻng, Jason Lowe „Birmingham City“ futbol klubi jamoasiga qoʻshilgan.

Jason Lowe 2011-yilda Angliyaning 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi safida ilk xalqaro oʻyinini oʻtkazdi.Jason Lowe 2011-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida oʻz mamlakatining terma jamoasiga sardorlik qilgan. Oʻsha yili Jason Lowe Angliyaning 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi safiga ham chaqirilgan.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jason Lowe Angliyaning Wigan shahrida tugʻilgan. Jason Lowe Buyuk Manchester va Leigh shaharlarida oʻsgan[5]. Jason Lowe Leighdagi St Thomas CE boshlangʻich maktabida oʻqigan[6].

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jason Lowe oʻzining oʻyinlarda davomida ajoyib taassurot qoldirganidan soʻng, Angliyaning 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasining yigʻiniga chaqirildi va 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralash bosqichi uchun Ukrainaga yuborildi[7]. Jason Lowe 2010-yil iyul oyida 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati finalida Angliyaning 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi tarkibiga kiritilgan edi, ammo jarohati tufayli oʻyinni oʻtkazib yuborgan[8][9].

Jason Lowe 2011-yil 9-fevralda Fransiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Angliyaning 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy terma jamoasi safida debyut oʻyinini oʻtkazdi[10][11][12]. 2011-yil iyul oyida Jason Lowe 2011-yilda Kolumbiyada boʻlib oʻtgan FIFA U-20 Jahon chempionatida Angliyaning 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy terma jamoasiga sardorlik qildi[13].

Jason Lowe Angliyaning 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy terma jamoasida oʻynagach, Angliyaning 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy terma jamoasiga chaqirildi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Blackburn Rovers" futbol klubidagi olti yillik faoliyati davomida Jason Lowe Blackburn Rovers Community Trust tomonidan klubning birinchi raqamli oʻyinchi deb topildi[14].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Blackburn Rovers 2010—2011 Angliya Premer-ligasi 1 0 1 0 0 0 2 0
2011—2012[15] Angliya Premer-ligasi 32 0 1 0 4 0 37 0
2012—2013[16] Angliya chempionati 36 0 5 0 1 0 42 0
2013—2014[17] Angliya chempionati 39 1 2 0 1 0 42 1
2014—2015[18] Angliya chempionati 12 0 1 0 1 0 14 0
2015—2016[19] Angliya chempionati 10 0 0 0 0 0 10 0
2016—2017[20] Angliya chempionati 43 0 3 0 3 0 49 0
Jami 173 1 13 0 10 0 196 1
Oldham Athletic (ijara) 2010—2011 Angliya Birinchi ligasi 7 2 7 2
Birmingham City 2017—2018[21] Angliya chempionati 9 0 2 0 11 0
Bolton Wanderers 2018—2019[22] Angliya chempionati 35 0 2 0 0 0 37 0
2019—2020[23] Angliya Birinchi ligasi 29 0 1 0 1 0 3 0 34 0
Jami 64 0 3 0 1 0 3 0 71 0
Salford City 2020—2021[24] Angliya Ikkinchi ligasi 45 0 1 0 2 0 1 0 49 0
2021—2022[25] Angliya Ikkinchi ligasi 45 2 2 0 1 0 0 0 48 2
2022—2023[26] Angliya Ikkinchi ligasi 10 0 0 0 1 0 0 0 11 0
Jami 100 2 3 0 4 0 1 0 108 2
Jami 353 5 21 0 15 0 4 0 393 5

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Club list of registered players: As at 18th May 2019: Bolton Wanderers“. English Football League. Qaraldi: 2-iyul 2019-yil.
  2. „Jason Lowe: Overview“. ESPN. Qaraldi: 8-aprel 2020-yil.
  3. „Jason Lowe“. Bolton Wanderers F.C.. 2-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyul 2019-yil.
  4. „Kean eager to give Blackburn Rovers youngsters every chance“. Lancashire Telegraph (24-sentabr 2011-yil). Qaraldi: 10-iyun 2017-yil.
  5. Norris. „Jason Lowe named as Wanderers' PFA Community Champion for 2018/19“. Bolton Wanderers F.C. (10-aprel 2019-yil). Qaraldi: 2-iyul 2019-yil.
  6. „'Getting Personal' with Jason Lowe“. Blackburn Rovers F.C. (4-fevral 2015-yil). Qaraldi: 2-iyul 2019-yil.
  7. „Jason Lowe“. The Football Association. 18-noyabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-oktabr 2011-yil.
  8. Nicholas Veevers. „Lowe's World Cup reflections“. The Football Association (12-avgust 2011-yil). Qaraldi: 28-oktabr 2011-yil.
  9. „Lowe forced out for England“. Lancashire Telegraph (14-iyul 2010-yil). Qaraldi: 10-iyun 2017-yil.
  10. Nicholas Veevers. „Lowe's World Cup reflections“. The Football Association (12-avgust 2011-yil). Qaraldi: 28-oktabr 2011-yil. Nicholas Veevers (12 August 2011).
  11. Matt Phillips. „VIDEO: U20s sunk in Shrewsbury“. The Football Association (9-fevral 2011-yil). Qaraldi: 28-oktabr 2011-yil.
  12. „Jason Lowe profile“. Blackburn Rovers F.C.. 21-mart 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-mart 2011-yil.
  13. „Morris joins Lowe in England under 20 squad“. Lancashire Telegraph (12-iyul 2011-yil). Qaraldi: 10-iyun 2017-yil.
  14. „In Jason We Trust“. Blackburn Rovers F.C. (1-aprel 2013-yil). 2017-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyun 2017-yil.
  15. „Games played by Jason Lowe in 2011/2012“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 30-avgust 2017-yil.
  16. „Games played by Jason Lowe in 2012/2013“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 30-avgust 2017-yil.
  17. „Games played by Jason Lowe in 2013/2014“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 30-avgust 2017-yil.
  18. „Games played by Jason Lowe in 2014/2015“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 30-avgust 2017-yil.
  19. „Games played by Jason Lowe in 2015/2016“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 30-avgust 2017-yil.
  20. „Games played by Jason Lowe in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 30-avgust 2017-yil.
  21. „Games played by Jason Lowe in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 7-may 2018-yil.
  22. „Games played by Jason Lowe in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 15-iyul 2019-yil.
  23. „Games played by Jason Lowe in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 8-aprel 2020-yil.
  24. „Games played by Jason Lowe in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 27-may 2022-yil.
  25. „Games played by Jason Lowe in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 27-may 2022-yil.
  26. „Games played by Jason Lowe in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 29-oktabr 2022-yil.