Jack Monroe

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jack Monroe

Monroe in 2015
Tavalludi 17-mart 1988-yil (1988-03-17) (36 yosh)
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi Yozuvchi, jamoatchi, bloger
Faoliyat yillari 2012-yildan hozirgacha
Bolalari 1 nafar

Jack Monroe (1988-yil 17-martda tugʻilgan) – britaniyalik mashhur pishiriq retseptlar yozuvchisi, jurnalist hamda faol jamoatchi. U oʻz davlatidagi qashshoqlik muammolaridan, xususan, ocharchilikdan xalos boʻlish kompaniyasi bilan mashhur. Bloger [lower-alpha 1] oʻzining Jack deb (hozirda Bootstrapda Cooking deb oʻzgartirilgan) blogidagi posti tez suratlarda aylanganidan keyin mashhurlikka erishdi. U „ austerity recipes“ va kam masalliqlar bilan tayyorlanishi mumkin boʻlgan taomlarni oʻrgatuvchi yettita kitobi nashr etdi. Kitoblarni The Echo, The Huffington Post va The Guardian kabi nashrlar uchun yozgan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Monroe 1988-yilda Sauthend-on-Sea shahrida David Hadjicostas va hamshira boʻlib faoliyat olib borgan Evelyn Hadjicostas oilasida tugʻilgan[1]. Uning otasi yetti yil mobaynida Britaniya armiyasida, keyin esa 30 yil davomida oʻt oʻchirish boʻlimida xizmat qilgan[2][3][4]. U 2007-yilda jamiyatga munosib xizmatlari uchun maxsus mukofot bilan taqdirlangan. Monroening uch nafar ukasi bor[3][5]. Monroega bolaligida autizm va DEHB tashxisi qoʻyilgan boʻlsa-da, u voyaga yetguniga qadar bu haqida xabardor boʻlmagan[6].

Monroe orzusidagi dargohda oʻqish uchun jami 11 ta imtihondan oʻtdi va Westcliff-on-Sea shahridagi qizlarning oʻrta maktabida tahsil olish imkoniyatiga ega boʻldi. U 16 yoshiga yetganda esa oʻsha maktabni tark etdi, chunki maktab taʼlimidan uning hafsalasi pir boʻlgandi[7].

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jack Monroe turli ishlarda, jumladan savdo doʻkonida[1], keyin esa Starbucksda faoliyat olib borgan[8]. 2007-yilda u Essex okrugi yongʻin va qutqaruv xizmatida qoʻngʻiroqlarni boshqarish boʻlimidan ish oldi[1]. Farzandli boʻlganidan keyin esa u bolalarga gʻamxoʻrlik qilish mas’uliyati sababli atrofidagi ishni tartibga sola olmadi. Monroe 2011-yil noyabrida lavozimidan isteʼfoga chiqdi[9]. 2012-yil dekabr oyida Daily Mirror nashrida uning ishsizligi, ish qidirayotgani va qashshoqlikda yashayotgani haqida xabar berilgan edi[10].

Blogi haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Monroening 2012-yilning iyul oyida A Girl Called Jack nomi ostidagi blogida „Hunger hurts“ posti ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketish orqali mashhur boʻldi[11]. Xabarda uning kambagʻallik tajribasi, imtiyozlarga tayanganligi hamda oʻzini va farzandini haftalik £ 10 oziq-ovqat byudjetidan boqish uchun kurashayotgani haqida batafsil maʼlumot berilgan[11] va mana shu maʼlumotlar koʻpchilikni qiziqtirib qoʻya olgan. Blog dastlab mahalliy siyosat haqidagi postlar uchun moʻljallangan edi, ammo kam byudjetli odamlar uchun mos arzon retseptlar taklif qilish orqali rivojlandi[12]. 2015-yil dekabr oyida blog nomi „Cooking on a Bootstrap“ deb oʻzgartirildi[13].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Buyuk Britaniyadagi qashshoqlik
  • Buyuk Britaniya hukumati tejamkorlik dasturi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Christie, Janet. „Jack Monroe, Bootstrap Cook interview - spilling the beans on tins, Twitter and talking about gender“. The Scotsman (2019-yil 22-fevral). Qaraldi: 2023-yil 18-iyun.
  2. Olivia Blair. „Jack Monroe sues Katie Hopkins for vandalism accusation tweet“. The Independent (2016-yil 19-yanvar). 2017-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-noyabr.
  3. 3,0 3,1 „ESAB Introducing...David Hadjicostas MBE – Essex County Fire & Rescue Service“. The safeguarding blog. 2015-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-iyul.
  4. „Death threats, sexism and online abuse...three Essex women tell us of the downside to overnight success on TV“. The Echo (2013-yil 12-noyabr). 2015-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-iyul.
  5. Moorhead, Joanna. „The toughest love“. The Guardian (2004-yil sentyabr). 2017-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-dekabr.
  6. Hamilton, Chloe. „Jack Monroe on defeating Katie Hopkins and why low-cost recipes matter“ (en). inews.co.uk (2018-yil 24-avgust). Qaraldi: 2020-yil 5-sentyabr.
  7. Butler, Patrick. „Jack Monroe: the face of modern poverty“. The Guardian (2013-yil 23-iyul). 2016-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-dekabr.
  8. Hattenstone. „'I've heard it all: she's a fraud, a liar, a thief': Jack Monroe on alcohol, addiction and answering her critics“ (en). the Guardian (2023-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 7-yanvar.
  9. Monroe, Jack. „Unemployed Mum Sells Off Belongings“. Essex Enquirer (2012-yil 23-avgust). 2013-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-iyul.
  10. Layton. „Living in poverty: Young mum has just £10 a week for food“. The Mirror (2012-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 18-iyun.
  11. 11,0 11,1 Martin, Jessica. "Jack Monroe and the cultural politics of the austerity celebrity". European Journal of Cultural Studies 25 (4): 1156–1173. https://journals.sagepub.com/doi/pdf/10.1177/13675494211030938. 
  12. Godwin, Richard. „Austerity’s poster girl Jack Monroe, and a storm over her very middle class recipe for kale pesto“. Evening Standard (2013-yil 11-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 20-iyun.
  13. Bains. „Katie Hopkins 'battling crippling debts' after losing Twitter libel case to food writer Jack Monroe“. Birmingham Mail (2018-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 19-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Monroe uses she/her and they/them pronouns. This article uses she/her pronouns for consistency.