Ja`mun daraxti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jaʼmun (jomun; Eugia jambolona) - Hindistonda oʻsadigan daraxt. „Boburnomada“da Hindistonning oʻsimligi sifatida tilga olingan: „Yana jaʼmundir, bargi tol bargli filjumla oʻxshash… mevasi qora uzumga oʻxshash“. Bobur zikr qilgan oʻsimlik qalampirmunchoq (Caryophyllus aromaticus) — mirtadoshlar (Murtacease) oilasiga mansub, boʻyi 10–12 m ga yetadigan, Tropik Osiyoda oʻsadigan hamisha yashil daraxt boʻlishi yoki Janubiy Osiyo togʻlarida oʻsadigan Yava olxoʻrisi boʻlishi istisno emas.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1]

  1. Zaxiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi. Toshkent: "Sharq" nashriyoti, 2014-yil — 243 bet.