Ion kanallari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ion kanallari, ion oʻtkazuvchi kanallar —tirik xujayra va hujayra organoidlarining lipopro-teid tabiatli membranalarida, mem-brananing har xil modda va ionlarga boʻlgan tanlab oʻtkazuvchanlik xossasini taʼminlovchi molekulyar sistemalar (Na+, K+ va Sa2+ kanallari, mitoxondriya va bakteriya hujayrasi membranasidagi proton kanallari). I. k. dastlab nerv hujayrasi membranasida, keyinchalik boshqa toʻqimalarda hamda sitoplazmik membranalar komplekslari, sitoxromoksidazalar, rodopsin va b. tarkibida qayd etilgan. Oksillar membranani "teshib oʻtib", ion oʻtkazuvchi sistema hosil qiladi. I. k. ning tanlab oʻtkazish xususiyati uning geometrik parametrlari, ichki devori va boʻshligʻida joylashgan kimyoviy guruxlar xususiyatiga bogʻliq. I. k. orqali transport faol (energiya sarfi orqali) va passiv (membrananing ikki tomonidagi elektrokimyoviy potensiallar farqi orqali) boʻladi. Bitta ion kanali orkali bir sek. da 107 — 10" ion oʻta oladi. Bir qancha birikmalar ion kanali elementlari bilan birikib, kanalning chala oʻtkazuvchanlik xususiyatini buzadi (chayonlar va ilonlar zaharidagi toksinlar, ayrim baqalar terisidan ajraladigan batroxotoksin, tet-radotoksin va tetraetilammoniy). Ayrim tuban molekulali birikmalar, mas, antibiotiklar (gramitsidin A, alametitsin, amfoteritsin) yordamida membranada I. kanallarini hosil qilish mumkin. Bu birikmalarning zahar sifatida taʼsiri membrana oʻtkazuvchanligining oshib ketishi tufayli hujayradagi ion muvozanatining buzilishi bilan bogʻliq. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil