Investitsiya shartnomasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Investitsiya shartnomasi - investor bilan investitsiya faoliyati ishtirokchilari oʻrtasida tuzilgan investitsiya buyurtmasini bajarish toʻgʻrisidagi oʻzaro kelishuv hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 2-vagustdagi 180-son qarori bilan tasdiqlangan „Investitsiya shartnomalarini tuzish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida“gi nizomda keltirilganidek, investitsiya shartnomasi qoʻshimcha kafolatlar shu bilan birgalikda himoya choralari beriladigan chet ellik investorlar tomonidan majburiyatlarni bajarilishini taʼminlash maqsadida investor bilan tuziladigan rasmiy hujjat hisoblanadi. [1] Investitsiya shartnomasi investitsiya faoliyati sub’yektlarining investitsiya faoliyati obyektlariga nisbatan huquqlari shuningdek majburiyatlari hamda javobgarligini belgilaydi. Investitsiya shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan chet ellik investorga qonun hujjatlarida belgilangan qoʻshimcha imtiyozlar shu bilan birgalikda himoya choralari berilgan taqdirda majburiy tartibda tuziladi. Bunday kafolatlar va himoya choralari Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlar berishni, maxsus bojxona, soliq hamda toʻlov rejimi yaratishni, loyihalarni amalga oshirish davlat monitoringini yuritishni, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga koʻmaklashishni, investitsiya dasturiga kiritishni yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilganidek boshqa chora-tadbirlarni oʻz ichiga olishi mumkinligini qayd etish joiz. Investitsiya shartnomasida quyidagilar koʻrsatilishi muhim sanaladi:

investitsiyalar obyekti hamda hajmi;

tomonlarning investitsiya shartnomasi shartlariga rioya qilmaganligi uchun nazarda tutilgan javobgarligi;

investitsiya shartnomasining amal qilish muddati shu bilan birgalikda shartnoma shartlari;

chet ellik investitor tomonidan uning majburiyatlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etish tartibi hamda muddatlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining, shu bilan birgalikda, qonun hujjatlarida belgilanganlarga qoʻshimcha kafolatlar hamda himoya choralari berish boʻyicha huquq shuningdek majburiyatlari;

investitsiya shartnomasining amal qilishini toʻxtatish tartibi;

oʻzgarishlar kiritish tartibi;

loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, pudrat ishlariga shartnomalar tuzish muddati, moliyalashtirish manbalari, loyihani amalga oshirish jadavllari shuningdek investitsiya loyihasini amalga oshirilishini texnik nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi axborotlar;

investitsiya shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etish tartibi hamda uni koʻrib chiqish joyi;

investitorning, shu jumladan investitsiyalsh hajmi, ishlab chiqarishning muayyan hajmini taʼminlash, mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish shu bilan bir qatorda sifatning kafolatlangan darajasi, oʻzi ishlab chiqargan tovarlar eksportlari va koʻrsatadigan xizmatlari hajmi, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida jalb etiladigan kreditlarning qaytarilishini taʼminlash, mehnat qonunchiligiga hamda texnika xavfsizligiga rioya qilish, ishlab chiqarish faoliyatininh boshqa sohalari boʻyicha huquq shuningdek majburiyatlari hisoblanadi [2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Investitsiya shartnomalarini tuzish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida“gi nizomi
  2. Toychiyev, N., ed (2009). "Investitsiya shartnomasi". Oʻzbekiston yuridik ensiklopediyasi. Toshkent: „Adolat“ nashriyoti. p. 210.