Integrallashgan tahrirlash muhiti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Integrallashgan tahrirlash muhiti(ITM) bu dasturiy taʼminotni ishlab chiqishga keng qamrovli imkon beruvchi dasturiy taʼminot hisoblanadi. ITM odatda eng kam holda manbaa kodini tahrirlagich, avtomat ishga tushirish qurilmalari hamda xatolarni tahlil qilish moslamasidan tashkil topgan boʻladi. Baʼzi ITMlar xususan NetBeans va Eclipse kompilyatordan, interpretatordan yoki ikkalasidan ham; boshqalari masalan SharpDevelop va Lazarus bulardan tashkil topmagan.

Umumiy tushuncha[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vim linting orqali tashqi qurilma vositasini avtomatik toʻldirishga integrallash

Integrallashgan tahrirlash muhitlari dasturchiga yuqori samaradorlikka ega foydalanuvchi interfeysi yaratishiga xizmat qiladi. ITM dasturiy taʼminot yaratilishida ishtirok etadigan hamma jarayonni oʻz ichiga olgan bitta dastur. Bu dastur autentifikatsiya qilish, rivojlantisih, kompilyatsiya qilish, ommaga taqdim qilish va xatolarni tuzatish jarayonlarini oʻz ichiga oladi. ITM ning bosh maqsadlaridan biri oʻrnatish vaqtini qisqartirish2, ishlab chiqaruvchilarning unumdorligini oshirishi mumkin. Dasturlashni oʻrganayotgan odam faqat ITM ni oʻrnatadi, kerakli narsalar u bilan qoʻshilib avtomatik ravishda oʻrnatiladi. Shuningdek, kodni yozayotgan vaqtda real vaqt rejimida tahrirlash imkonini beruvchi ITMlar bor, bunda agar dasturchi kod yozish jarayonida sintaksis xatolik qiladigan boʻlsa, ITM shu vaqtning oʻzida izoh beradi va toʻgʻirlab ketishni taklif qiladi. Baʼzi ITMlar aynan qaysidir dasturlash tillari uchun moslashtirilgan boʻladi va uning xususiyatlari ham oʻsha tilning imkoniyatlarida kelib chiqib yaratiladi. Lekin koʻp tillik ITMlar ham mavjud.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

ITMlarning kelib chiqish tarixi konsol va terminalda dasturlashga borib taqaladi. Eng boshida kompilyatorlarni tasdiqlashgacha boʻlgan davrda dasturlar qogʻoz va jadvallar koʻrinishida boʻlgan. Dartmouth BASIC ITM sifatida yaratilgan birinchi til hisoblanadi(shuningdek konsol va terminal qarshisida oʻtirib kod yozishga dizaynlashtirilgan birinchi til ham hisoblanadi).

Maestro I Softlab Munich kompaniyasi mahsuloti boʻlib, dunyoda eng birinchi integrallashgan tahrirlash muhiti hisoblanadi[1]. Maestro I dunyo boʻyicha 22000 dasturchi tomonidan oʻrnatilgan. 2023-yilning avgust oyi google qidiruv natijalariga qaraganda quyidagi ITMlar eng koʻp qidiruvga berilgan : Visual Studio, Visual Studio Code va Eclipse[2].

  1. „Interaktives Programmieren als Systems-Schlager“ from Computerwoche (German)
  2. „TOP IDE Top Integrated Development Environment index“. pypl.github.io. Qaraldi: 2023-yil 8-avgust.