Indoneziya ayollar 1-ligasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Indoneziya ayollar 1-ligasi
Davlat Indoneziya
Konfederatsiya AFC
Futbol tuzilmasidagi oʻrni Eng nufuzli turnir
Tashkil etilgan 25-iyul, 2019-yil (4 yil avval) (2019-07-25)
Jamoalar soni 10 ta
Amaldagi chempion Persib Putri
Eng koʻp marta chempion Persib Putri (1 marta)
TV hamkorlar TVRI
Mola telekanallari
Veb-sayt Rasmiy sayti
Amaldagi oʻyin 2022-yilgi Liga 1 Putri mavsumi

Indoneziya ayollar 1-ligasi (indoneziya tilida: Liga 1 Putri, inglizcha: Womenʼs League One), Indoneziyadagi ayollar futbolining yuqori ligasi hisoblanadi. PSSI (Indoneziya futbol assotsiatsiyasi tomonidan nazorat qilinadigan bu ligada oʻnta klub ishtirok etadi[1]. Indoneziya ayollar 1-ligasining ilk mavsumi 2019-yil 5-oktabrda boshlangan[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 25-iyul kuni Jakartadagi barcha Liga 1 klubi vakillari bilan umumiy yigʻilishda PSSI raisi vazifasini bajaruvchi Ivan Budianto yangi Indoneziya ayollar 1-ligasi tashkil etilganini eʼlon qildi[3]. 2006-yildan beri Pertiwi kubogi Indoneziya ayollar futbol assotsiatsiyasining eng yaxshi musobaqasi edi. Biroq, Indoneziya ayollar 1-ligasi bilan solishtirganda, Pertiwi kubogi uchun klublar emas, Indoneziya provinsiyalaridan kelgan tanlov jamoalari bahslashardi. Indoneziya ayollar 1-ligasi Indoneziya ayollar terma jamoasiga oʻyinchilarni tanlashda yordam berish va oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasidagi futbol raqobati muvozanatli boʻlishi uchun tashkil etilgan[4].

2019-yilda ariza bergan 18 ta jamoadan 10ta jamoa Indoneziya ayollar 1-ligasining birinchi mavsumida ishtirok etishini eʼlon qildi. BU jamoalar: Persija, PSM, Persib, TIRA-Persikabo, Bali United, Arema, PSIS, Persipura, PSS, Persebaya[5].

Formati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Indoneziya ayollar 1-ligasida birinchi davra uchun ikki guruhga boʻlingan holda oʻynaydigan 10 ta jamoa bor. Birinchi bosqichda barcha guruhlar har bir seriyasi beshta oʻyindan iborat toʻrt seriyali uy turnirini oʻtkazadilar. Eng yaxshi ikki jamoa yarim finalga yoʻl oladi. Yarim final va final oʻyinlari uy va safar formatida oʻtkaziladi[6].

Indoneziya ayollar 1-ligasi chempion jamoalari roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Indoneziya ayollar 1-ligasi finallari
Mavsum Uy jamoasi Hisob Mehmon jamoa Joy
2019 Persib Putri 3-0 TIRA-Persikabo Kartini Jalak Harupat stadioni, Bandung
TIRA-Persikabo Kartini 1-3 Persib Putri Pakansari stadioni, Cibinong
Persib Putri umumiy hisobda 6:1 hisobida gʻalaba qozondi
2020 COVID-19 pandemiyasi[7] tufayli mavsum oʻtkazilmadi.
2021 COVID-19 pandemiyasi[8] tufayli mavsum oʻtkazilmadi.

Jamolar reytingi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Reyting Jamoa Chempion Ikkinchi oʻrin Chempion boʻlgan mavsum Ikkinchi oʻrinni olgan mavsum
1 Persib Putri 1 0 2019
2 TIRA-Persikabo Kartini 0 1 2019

Futbolchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eng yaxshi toʻpurar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Toʻpurar Klub Gollar soni
2019 Indoneziya Inshafadya Salsabillah TIRA-Persikabo Kartini 14

Eng yaxshi futbolchi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Oʻyinchi Klub
2019 Indoneziya Reva Octaviani Persib Putri

Eng yaxshi yosh futbolchi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Oʻyinchi Klub
2019 Indoneziya Helsya Maeisyaroh TIRA-Persikabo Kartini

Teleradiokompaniyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Indoneziya ayollar 1-ligasi oʻyinlari hozirda TVRI va Djarum Media kompaniyalarining kanallarida bepul efirga uzatiladi[9][10]. Indoneziya ayollar 1-ligasidagi jonli oʻyinlarni Indoneziyadan tashqarida ham TVRI veb-sayti va TVRI Klik ilovasi orqali tomosha qilish mumkin.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „10 Tim Komitemen Ikuti Liga 1 Putri 2019“ (id-ID). PSSI - Football Association of Indonesia. Qaraldi: 31-iyul 2019-yil.
  2. „Kick Off Liga 1 Putri Dimulai 6 Oktober 2019“ (id-ID). PSSI - Football Association of Indonesia. Qaraldi: 8-sentabr 2019-yil.
  3. „10 Tim Komitemen Ikuti Liga 1 Putri 2019“ (id-ID). PSSI - Football Association of Indonesia. Qaraldi: 31-iyul 2019-yil.
  4. Media. „10 Klub Indonesia Bersedia Ikut Liga 1 Putri 2019 Halaman all“ (id). KOMPAS.com. Qaraldi: 8-sentabr 2019-yil.
  5. „10 Tim Komitemen Ikuti Liga 1 Putri 2019“ (id-ID). PSSI - Football Association of Indonesia. Qaraldi: 31-iyul 2019-yil.
  6. „Kick Off Liga 1 Putri Dimulai 6 Oktober 2019“ (id-ID). PSSI - Football Association of Indonesia. Qaraldi: 9-sentabr 2019-yil.
  7. „Top Skorer Liga 1 Putri Dapat Tawaran dari Klub Timor Leste“ (9-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 17-avgust 2022-yil.
  8. „PSSI: Liga 1 Putri tak digelar pada 2021“. antaranews.com (29-may 2021-yil). Qaraldi: 17-avgust 2022-yil.
  9. „Mola TV dan TVRI Komitmen Siarkan Sepak Bola Tanah Air“ (id). KOMPASIANA. Qaraldi: 4-noyabr 2019-yil.
  10. Media. „Mola TV Kini Gaet PSSI Halaman all“ (id). KOMPAS.com. Qaraldi: 1-oktabr 2019-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]