Inagajon Xidir-Aliyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Inagajon Xidir-Aliyev
Tavalludi 1891-yil
Pop qishlog‘i, Farg‘ona viloyati, Rossiya imperiyasi
Vafoti 1-yanvar 1929-yil
Моskva, SSSR
Fuqaroligi

Rossiya imperiyasi

RSFSR  SSSR
Xizmatdagi yillari 1923 — 1925
Jang/urush Bosmachilarga qarshi kurash

Inagajon Xidir-Aliyev (1891 — 1929) — sovet harbiy va iqtisodiy arbobi, SSSR Inqilobiy Harbiy Soveti aʼzosi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1919-yil fevraldan RKP (b) aʼzosi. Bosmachilarni bostirish ishtirokchisi boʻlgan. Inagajon Xidir-Aliyev voqea joyidan shunday deb yozgan: ,,1920-yil sentabr oyida bosmachilar soni 70 ming kishiga yetgan va dahshatli boʻlgan". 1922-yil oktabrdan 1924-yil 1-yanvargacha Muxtor Turkiston SSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi raisi[1]. 1922—1923-yillarda Muxtor Turkiston SSR qishloq xoʻjaligi xalq komissari. 1923-yil 28-avgustdan 1925-yil 21-noyabrgacha SSSR Inqilobiy Harbiy Soveti aʼzosi. 1924-yildan Muxtor Turkiston SSRning Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi Prezidiumi huzuridagi doimiy vakili. 1924-yil 18-noyabrdan 1925-yil 13-fevralgacha Oʻzbekiston SSR Inqilobiy qoʻmitasi[2] aʼzosi, soʻngra 1924-yildan 1925-yil noyabrigacha Oʻzbekiston SSR Qishloq xoʻjaligi xalq komissari. 1926-yil iyuldan 1928-yil noyabrgacha Oʻzbekiston respublika qishloq xoʻjaligi banki boshqaruvi raisi. 1928-yil noyabrdan 1929-yil 1-yanvargacha SSSR Markaziy qishloq xoʻjaligi banki boshqaruvi aʼzosi. Yangi yil arafasida Inagajon Xidir-Aliyev poytaxtda oʻz joniga qasd qilgan. Donskoy qabristoniga dafn etilgan[3].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1923-yil, Qizil Bayroq ordeni.[4]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Postanovlenie XII Vseturkestanskogo Sʼezda Sovetov.
  2. Postanovlenie I Vseuzbekskogo Sʼezda Sovetov
  3. Donskoe kladbiщe Moskva Fotoarxiv — Kolumbariy № 1 (zakritiy)/Xidir-Aliev[sayt ishlamaydi]
  4. Prikaz RVS SSSR № 2430.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]