Ikki tilli taʼlim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bolalar maktabda

Ikki tilli taʼlimda,[1] talabalar ikki yoki undan koʻproq tilda oʻqitiladi. By ikkinchi tilni fan sifatida oʻrganishdan farq qiladi chunki, ikkala til ham matematika, ilm-fan va tarix kabi turli sohalarga koʻrsatmalar uchun ishlatiladi. Har bir tilni oʻrganishga ketadigan vaqt qanday usul qoʻllanishiga bogʻliq. Masalan, bir qancha usullarda ikkita til ham oʻquvchining butun taʼlim olayotgan vaqtida oʻzlashtiriladi qaysiki boshqalar faqat bir til bilan taʼlim olib tugatayotganda. Ikkitillilikning eng oliy maqsadi shuki, bu ikkita tilda ham tarjima qilish va qayta tuzish kabi strategiyalar orqali ravonlik va savodxonlikni oʻrganish.

Ikki tilli taʼlim dasturi modellari[tahrir | manbasini tahrirlash]

[2] Ikki tilli taʼlim modellarini tasniflashning bir necha turli yoʻllari bor, eng ommabop usullardan biri bu dasturlarni yakuniy maqsadi boʻyicha ajratish. Bu quyida ishlatiladigan usul, lekin bu yagona qoʻllaniladigan uslub emas. Ikki tilli taʼlimda turli xil usullarni yanada keng qamrovda koʻrib chiqish uchun butun dunyo boʻylab ikki tilli taʼlimni davlat(yoki viloyat) madaniyatlararo ikkitilli taʼlimga qarang

Ikki tilli taʼlimni saqlash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikki tilli taʼlim tizimini qoʻllab quvvatlashdan maqsad [3] talabalar taʼlimning aksariyat qismida ikkala tilda ham oʻraganishni davom ettirishdir. Ikki tilli taʼlim tizimini qoʻllab quvvatlash dasturidagi talabalar ikkala tilda ham har qanday sohadagi mavzuda munozara oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻlishlari kerak. Ikki tilli taʼlimni saqlashning ikkita keng tarqalgan turi bu ikki tomonlama/ikki tilli immersion(chuqur aqliy ishtirok)va rivojlanish(kechikib) ikki tillik taʼlimdir. Ushbu ikki loyiha ham immersion til dasturi deb qaraladi.

Ikki tilli dasturlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikki tilli dasturda, har bir til uchun ona tilida soʻzlashuvchilar muvozanatiga egalar bilan bir sinfda aralash oʻtirishadi. Ikki tilli dasturda yana bir keng tarqalgan uslub bu 90/10 modeli. Ushbu uslubda, 90% koʻrsatmalar boshlangʻich sinflarda oʻquvchilarning oʻz ona tilisida va 10%i esa ikkinchi tilda olib boriladi. Bu nisbiyat oʻquvchilar yoshi bilan har bir tilda bir xil vaqt sarflamaguncha oʻzgarib boradi. Buni 50/50 usuli bilan qarama-qarshi qoʻyish mumkin, qaysiki, oʻquvchining eng birinchi taʼlim tili orasida teng muvozanat bilan boshlanadi.

Kechiktirilgan chiqish dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

[4] Kechikish yoki rivojlanish dasturida oʻquvchilarning hammasi bir xil tilli boʻlishadi. Ular yuqorida aytilgan 90/10 uslubiga amal qilishadi va asta-sekin oʻz tillarida aksariyat koʻrsatmalar bilan boʻshlangʻich maktabda oʻzlashtirgan tillarda muvozanatni ajratishga oʻtishadi.

Bimodal-ikki tilli dasturlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bimodal ikki tilli dasturda

Oʻquvchilar ikkita tilda Ikki xil usulda oʻqitiladi, asosan yozish/gapirish tilda va imo-ishora bilan. Bu turdagi loyiha karlarga va eshitishi qiyin boʻlganlar oʻquvchilar uchun xizmat qiluvchi maktablarda keng tarqalgan.

Oʻtish davri ikki tilli taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻtish davri (erta-chiqish) ikki tilli taʼlim

loyihalarida, maqsad oʻquvchilar yangi tilni oʻrganish jarayonida matematika, ilm-fan(tabbiy fanlar)va ijtimoiy masalarda ortda qolmasliklari uchun oʻz ona tillari saqlanib qolinishi. Ikki tilli taʼlimni saqlab qolish usulidan farqli oʻlaroq, bola ikkinchi tilni bilishidan qoniqsa, u faqat shu tildan foydalanishga urunadi. Bu usul oʻz ona tilida oʻzlashtirgan koʻplab mahoratlarni keyinchalik ikkinchi tilda ham qila olishda *umumiy asosiy malaka* usuliga asoslangan. Bunda lingvistik maqsad oʻquvchilarning yagona tilli sinflarga oʻtishiga yordam bersa, savodxonlikni chiqarishda va akademik bilimlarni egallashda birinchi tildan foydalanish ona tilini tanazzulga uchrashining oldini oladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Wright, Wayne E.. The handbook of bilingual and multilingual education (en). Wiley, 9 April 2015 — 56 bet. ISBN 978-1-119-00549-0. OCLC 1064689899. 
  2. Baker, Doris Luft; Basaraba, Deni Lee; Polanco, Paul (2016). „Connecting the Present to the Past: Furthering the Research on Bilingual Education and Bilingualism“. Review of Research in Education. 40-jild. 821–883-bet. doi:10.3102/0091732X16660691. ISSN 0091-732X. JSTOR 44668638.
  3. „Bilingual Education“ (en-US). Renaissance. Qaraldi: 2022-yil 18-noyabr.
  4. „Program Models and Services“. Washington State Office of Superintendent of Public Instruction (2015-yil aprel).