Ijtimoiy tarbiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

IJTIMOIY TARBIYA —butun jamiyatga, xalqqa millat, tabaqaga koʻrsatilgan maqsadga muvofiq tarbiyaviy taʼsir. Ijtimoiy tarbiya yordamida fuqarolarning xulq- atvori, xatti-harakati yagona maqsad tomon yunal- tiriladi. Xuddi shuning uchun ham I.t. — tarbiyaviy tasirning yagona dastur asosida amalga oshirila- digan ongli kismdir. I.t. tizimining samaradorli- gini oshirish ushbu jarayon tashkilotchilari va tar- gʻibotchilari, eng avvalo, uning maqsadi va vazi- falari, ustuvor yoʻnalishlari va sohalari omilla- ri va vositalari, uslublari va usullari haqida m kutubxoasi tinik tasavvurga ega boʻlishiga bogʻliq. Chunonchi, mamlakatimizda yangi jamiyat qurilayotgan hoz, sha- roitda I.t.ning asosiy maqsadi insonparvar de- mokratik jamiyat, huquqiy davlat, yagona umummil- liy goya atrofida fuqarolarni birlashtirishdan iborat. I.t.ning asosiy vazifasi jismoniy baquv- vat, madaniy-maʼnaviy yetuk, ruhan tetik, musta- kil fikrlash, ishlash va yashash qobiliyatiga ega boʻlgan, zamonasining ilmiy-texnika tarakkiyoti talablariga mos kasb-kor mahoratini oʻzida mujas- samlashtirgan barkamol insonni shakllantirish- dan iboratdir. Barkamol inson shaxsini qaror top- tirish borasidagi tarbiyaviy ishlar 5 asosiy: aqliy, axloqiy, mexnat, estetik va jismoniy yoʻnalish- larda amalga oshiriladi. I.t.ning asosiy Iuna- lishlari orasidagi oʻzaro aloqadorlik: huquqiy, si- yosiy, vatanparvarlik, umumbashariy, jinsiy va ekologik koʻrinishlarda namoyon boʻladi. Xuddi shu- ning uchun ham yuqorida biz sanab oʻtgan koʻrinish- lar I.t.ning tarkibiy sohalaridir. I.t.ning sama- radorligi ikki omilning — ish vaqti va ishdan keyingi bush vaktning tarbiyaviy taʼsiri bilan be- vosita boglik. I.t.ning maqsadi va vazifalari omma ongiga fan, adabiyot, matbuot, radio, televideniye, kino, muzey, targʻibot va tashviqot kabi vositalar yordamida singdiriladi. I.t. taʼsirchanligini oshi- rishda turli uslublar (tushuntirish, ishontirish, majbur qilish) va usullar (alohida, jamoaviy, ommaviy)dan okilona foydalanish zarur. I.t. tizi- mida eng asosiy oʻrinni umumiy taʼlim maktabla- ri egallaydi, chunki, endigina oila va uning yalov- bardorlari boʻlmish ota, ona, bobo, momolarning individual tarbiyasi taʼsirida boʻlgan yosh nihol, umumiy taʼlim maktablarining rejalashtirilgan tarbiyaviy, yaʼni mafkuraviy taʼsir doirasiga ki- radi. Oʻsha kundan eʼtiboran, murgʻak qalb faoliya- tini jamiyat, millat manfaati tomon burish uchun dastlabki qadam tashlanadi. Umumiy taʼlim mak- tablarida amalga oshirilayotgan tarbiyaviy ishlar jamiyatning boshqa ijtimoiy in-tlari, oila, mak- tabgacha tarbiya muassasalari, oʻrta maxsus va oliy ukuv yurtlari, mehnat jamoalari, turli jamoat tashkilotlari, madaniy-maʼrifiy muassasalar, uyushmalar amalga oshirayotgan bir butun, tarbiya- viy taʼsir doirasida boʻlib, oʻsha maqsadli, ongli faoliyatning davomidir. Jamiyatning turli ijti- moiy in-tlari, aniq dastur, reja asosida amalga oshirayotgan tarbiyaviy ishlarining hammasi yaxlit, bir butun tizimni tashkil etadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Falsafiy qomusiy lugʻat „OʻZBEKISTON FAYLASUFLARI MILLIY JAMIYaTI NAShRIYoTI“ „ShARQ“ NAShRIYoT-MATBAA AKSIYaDORLIK KOMPANIYaSI BOSh TAHRIRIYaTI TOShKENT — 2004