Ijtimoiy tabaqa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

IJTIMOIY TABAQA — tub maqsad-manfaatlari turlicha boʻlgan odamlar guruhlarining ijtimoiy sinf, tabaqa qatlamlarga boʻlinib ketganligi u yoki bu jamiyat ijtimoiy tizimini keltirib chiqaradi. Ijtimoiy tabaqa ijtimoiy sinf tarkibida yoki oʻzi mustaqil maqomga ega boʻlgan holda amal qiladigan ijtimoiy tizimidagi oʻrni, maqomi, salmogʻi bilan ijtimoiy nodirlikni tashkil etadi. Jamiyat moddiy va maʼnaviy boyliklarini yaratishga koʻshgan hissalari, ular taqsimotidagi ulushlari mezon-oʻlchovla- riga koʻra ijtimoiy tabaqa jamiyat tizimidagi oʻz oʻrniga va maqomiga ega boʻla oladi. Ijtimoiy tabaqalar qatorida ziyolilar, tadbirkorlar, siyosiy elita, xizmatchi xodimlar va sh.k. tabaqalar har birining alohidalik, nodirlik, oʻziga xos xususiyatlarini eʼtirof etib, mazkur belgi-xususiyatlar bashariyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida, umuminsoniy manfaatlar va qadriyatlar ustuvorligiga amal qilinayotgan sharoitda tobora oʻsib borayotganligini eʼtibordan koʻchirmaslik maqsadga muvofiqdir.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Falsafa qomusiy lugʻat"OʻZBEKISTON FAYLASUFLARI MILLIY JAMIYaTI NAShRIYoTI" „ShARQ“ NAShRIYoT-MATBAA AKSIYaDORLIK KOMPANIYaSI BOSh TAHRIRIYaTI TOShKENT — 2004