Ijtimoiy siyosiy g'oyalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

IJTIMOIY-SIYoSIY GʻOYaLAR har bir xalq va umuman bashariyatining orzu-umidlari, maqsad muddaolarini ifodalovchi, erkin hayot va adolatli tuzumni tarannum etuvchi umuminsoniy gʻoyalar. Ozodlik va mustaqillik, adolat va haqiqat, tenglik va hamkorlik, tinchliksevarlik va insonparvarlik goyalari shular jumlasidandir. Asrlar mobaynida bunday buyuk, oʻlmas gʻoyalar xalqlarga kuch- quvvat va ilhom bagʻishlab, ularni oʻz erki uchun kurashga safarbar etib kelgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Falsafiy qomusiy lugʻat „OʻZBEKISTON FAYLASUFLARI MILLIY JAMIYaTI NAShRIYoTI“ „ShARQ“ NAShRIYoT-MATBAA AKSIYaDORLIK KOMPANIYaSI BOSh TAHRIRIYaTI TOShKENT — 2004