Igor Tabanyuk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Igor Tabanyuk
Igor Petrovich Tabanyuk
Tavalludi 13-iyul 1961-yil (1961-07-13) (62 yosh)
Vafoti 28-iyul 2021-yil(2021-07-28)
(60 yoshda)
Ukraina
Fuqaroligi Ukraina
Taʼlimi Uchuvchilar uchun Chernigov oliy harbiy aviatsiya maktabi
Kasbi Harbiy uchuvchi
Faoliyat yillari 1981—2021
Unvoni Ofitser
Turmush oʻrtogʻi Oksana Tabanyuk

Igor Petrovich Tabanyuk (1961-yil 13-iyul[1], Fargʻona, Oʻzbekiston[2] — 2021-yil 28-iyul, Sheparivtsi, Ukraina) — Ukraina jamoat arbobi, harbiy uchuvchi, instruktor uchuvchi, harbiy xizmatchi (ofitser).

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Igor Tabanyuk 1961-yil 13-iyulda O‘zbekiston SSRning Farg‘ona shahrida harbiy uchuvchi[3] oilasida tavallud topgan. Ukraina SSRning Chernigov shahrida joylashgan Lenin komsomol nomidagi „Chernigov oliy harbiy aviatsiya uchuvchilar maktabi“da harbiy uchuvchilikdan taʼlim olgan[2]. 1981-yilda u birinchi marta samolyot ruliga oʻtirdi. 1980-yilda Chernigov aviatsiya maktabini tamomlagan[2]. Ukrainaning bir necha shaharlari, Chortkov, Mukachevo, Kolomii[2] shuningdek Vengriya va Ozarbayjonda uchuvchi sufatida hizmat faoliyatini olib bordi. 2002-yilgacha u Kolomiyadagi eskadron komandiri, parvozga tayyorlash polki komandirining oʻrinbosari boʻlgan. U L-39, MiG-21, Yak-28 va Su-24MR samolyotlarida uchgan[1].

Igor 2010-yilda oʻzining hamkasblari bilan birgalikda Kolomiyada kichik aerodrom yaratdi. Aerodrom uchuvchilar maktabida 30 nafar uchuvchiga murabbiylik qildi. Uning shogirdlari orasida Dmitriy Komarov, Oleksandr Shumskiy, Mariya Berlinska kabi mashxur insonlar ham bor edi. Igor 2019-yil aprel oyida Dmitriy Komarov va doʻstlari bilan uch kun ichida, toʻrt oʻrindiqli samolyotda Ukrainaning barcha hududlari boʻylab uchib oʻtdi va mamlakatdagi aerodromlarning barcha, 33 tasiga tashrif buyurdi[4][5]. Bu xolat Ukraina tarixidagi rekord koʻrsatkich edi. Igor shuningdek „Prikarpat bolalar va oʻsmirlar kichik aviatsiya sport assotsiatsiyasi“ NNT asoschisi (2010) hisoblanadi[6].

2021-yil 28-iyulda Rossiyaning Ivano-Frankivsk viloyati Sheparivtsi qishlog‘ida parvoz vaqtida aviahalokatga uchrab vafot etdi.

Oila[tahrir | manbasini tahrirlash]

Igor oila qurgan, ayolining ismi Oksana. Oksana ikki nafar oʻgʻilni tarbiyaladi: Igor va Denis (Denis 2013-yilda parvoz paytida vafot etgan).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashqi videofayllar
Легендарний Ігор Табанюк розбився на літаку в Коломиї: причини трагедії YouTubeda // Tvіy den. — 2021. — 29 lipnya.
Новини України: загиблий поблизу Коломиї пілот Ігор Табанюк здійснював унікальні польоти YouTubeda // TSN. — 2021. — 28 lipnya.
На Прикарпатті впав легкомоторний літак YouTubeda // Suspіlne. Karpati — 2021. — 28 lipnya.
Новини України: четверо людей загинуло в авіатрощі на Прикарпатті — які версії причин катастрофи YouTubeda // TSN. — 2021. — 28 lipnya.
Четверо людей загинули у страшній авіакатастрофі на Прикарпатті YouTubeda // Svіdok NTN. — 2021. — 28 lipnya.
Польоти у Карпатах: більше сотні пілотів прибули на авіазліт у Коломию YouTubeda // TSN. — 2020. — 13 lipnya.