Ibrohimjon Ahmadaliyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ahmadaliyev Ibrohimjon — 6660-sonli ish bo‘yicha otuvga hukm qilingan. 1908-yili tug‘ilgan, Andijon shahridan, o‘zbek, sobiq quloq, savdogar. 1932-yili uchlik o‘g‘irlangan molni sotib olgani uchun 5 yil qamoq jazosiga hukm etgan, lagerdan qochib kelgan. 1934-yili ushlab olingan va lagerga qaytarilgan, jazoni o‘tagan. SVE (ijtimoiy zararli unsur — R.Sh .). Lagerlardan bo‘shab kelgach 1937-yil fevral oyidan boshlab bozorlarda dallolchilik qilgan va yashirin hayvon so‘yib sotish bilan shug‘ullangan, jinoyatchi unsurlar bilan bog‘lanib, qishloqlarda chayqovchilik narxida go‘sht sotib yurganlikda ayblangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 82 bet. ISBN 978-9943-00-240-1.