ICar 03

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
iCar 03
Asosiy maʼlumotlar
Ishlab chiqaruvchi Chery
Model yili 2023

iCar 03Chery avtomobilsozlik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariluvchi avtomobil. Avtomobil ilk bor Chendu avtosalonida taqdim etilgan[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yilning aprel oyida Shanxay avtosalonida Chery oʻzining yangi ICAR subbrendini va birinchi model — ICAR 03 ixcham elektr yoʻltanlamasini namoyish qilindi. Ammo koʻrgazmaga ushbu avtomobilni konseptkar sifatida olib kelishdi. Keyinchalik elektromobilning seriyali versiyasi namoyish etiladi[2].

Avtomobil logotipidagi „i“ harfi ustida Guanchjou sanʼat Akademiyasining bosh dizayneri Tsao Tsyue ishlagan. Shuningdek u 2022-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarining talismanlari muallifi hamdir[3]. Avtomobil yukxonasi juda kichik boʻlgani sababli beshinchi eshikda qoʻshimcha quti oʻrnatilgan[2].

Texnik koʻrsatkichlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avtomobilning umumiy uzunligi 4200 mm, kengligi 1830 mm, balandligi 1700 mm va gʻildirak bazasi 2700 mm ni tashkil qiladi. Kuzovi poʻlat va alyuminiydan tayyorlangan, qoʻshimcha haq evaziga suriluvchi seksiyali panoramali tom oʻrnatib berilishi mumkin. Old va orqa podveskalari oʻzaro bir-biridan mustaqil. Gʻildiraklar oʻlchami 19 dyuymni tashkil qiladi[2].

Chery iCar 03 elektr stantsiyasi elektron boshqariladigan gʻildiraklari toʻliq tortuvchi 185 ot kuchiga ega dvigatel va CATL batareyasidan iborat. ICar 03 ning maksimal tezligi soatiga 150 km/s, batareyasining harakatlanish zaxirasi 500 km ga yetishi mumkin. Bundan tashqari, shuni taʼkidlash kerakki, avtomobil masofani oshirish uchun tomida oʻrnatilgan quyosh panellari bilan jihozlangan[1].

Interyeri[tahrir | manbasini tahrirlash]

ICar 03 Markaziy konsoli yumshoq qoplama bilan qoplangan, markazda katta ekran joylashgan, asboblar panelida tugmalar yoʻq, barcha boshqaruv ekrandan va ruldagi tugmalar yordamida amalga oshiriladi[1].

Galireya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]