Husni ta’lil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Husni ta’lil - (arabcha حسن تعليل - chiroyli dalillash) mumtoz adabiyotdagi she’riy san’at, chiroyli dalillash. Husni ta’lilda shoir o’zi aytayotgan fikr (tasvir, holat) dalili uchun shunday asos keltiradiki, aslida, u haqiqiy dalil bo’lolmaydi. U faqat badiiy jihatdangina dalil sifatida qabul qilinadi. Masalan: Lutfiyning

Yuzingdin lola rang eltib, uyolib shaharga kirmas,

Aning bo’ynin kishi bog’lab keturmag’uncha sahrodin.

baytida aytilishicha, lola rangini yorgan o’g’irlagan, shu sababli uyalib shaharga kirolmaydi. Ya’ni lola haqiqatdan cho’lda, kengliklarda o’sadi, buning sababi yuqoridagicha chiroyli tarzda badiiy dalillanadi, aslida esa bu haqiqiy sabab emas. Husni ta’lil san’ati tashbeh asosida yuzaga chiqadi, aksar hollarda tajohuli orif, tamsil, mubolag’a kabi san’atlar bilan qorishiq holda voqe bo’ladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Adabiyotshunoslik lug’ati. D. Quronov, Z. Mamajonov, M. Sheraliyeva Toshkent- 2013. 405- bet.