Hugo Rodríguez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hugo Rodríguez
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Hugo Isaác Rodríguez de la O
Tavallud sanasi 8-iyun 1990-yil (1990-06-08) (33 yosh)
Tavallud joyi Guadalajara, Jalisco, Meksika
Boʻyi 1.83 m (6 ft 0 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Santos Laguna
Raqami 20
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2012 Atlas 51 (5)
2013—2015 Tigres UANL 7 (0)
2014 → Pachuca (ijara) 13 (0)
2015—2016 Pachuca 17 (1)
2016—2017 → Morelia (ijara) 8 (0)
2017 → Zacatecas (ijara) 18 (1)
2017—2018 → Puebla (ijara) 42 (1)
2019- Santos Laguna 77 (6)
Milliy terma jamoa
2011—2012 Meksika U23 10 (0)
2014 Meksika 2 (0)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(16-oktabr 2022-yil uchun)

Hugo Isaac Rodríguez De la O (talaffuzi: Ugo Isaak Rodriges de la O) 1990-yil 8-iyunda Meksikaning Gvadalaxara shahrida tavallud topgan. Meksikalik futbolchi „Puebla“ klubi va Meksika terma jamoasi yarim himoyachisi.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hugo Isaac Rodríguez „Atlas“ klubidagi faoliyatini vatani Gvadalaxaradan boshlagan. 2010-yil 11-aprelda Hugo Isaac Rodríguez Meksika Primer ligasida „Pachuca“ga qarshi debyut qildi[1]. Yuqori raqobat tufayli Gyugo ikkinchi mavsumdagina bazada mustahkam oʻrin egallay oldi. 2011-yilning 31-iyulida „Cruz Azul“ga qarshi kechgan bahsda Hugo Isaac Rodríguez „Atlas“ uchun birinchi golini urdi[2].

2012-yil boshida Hugo Isaac Rodríguez „UANL Tigres“ga koʻchib oʻtdi. Transfer summasi 2,5 million dollarni tashkil qildi. Hugo Isaac Rodríguez „Yoʻlbarslar“ safidagi debyutini 21-aprel kuni „Pachuca“ga qarshi oʻtkazdi[3]. Hugo Isaac Rodríguez Hugo Ayala va Juninyoning raqobatida gʻalaba qozona olmadi va oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun „Pachuca“ga ijaraga berildi. 2014-yilning 26-yanvarida Hugo Isaac Rodríguez yangi jamoa safida „Leon“ga qarshi bahsda debyut qildi[4]. 20-aprel kuni „Puebla“ga qarshi bahsdaHugo Isaac Rodríguez „Pachuca“ uchun birinchi golini urdi[5]. Mavsum oxirida Hugo Isaac Rodríguez jamoaga chempionlik kumushini qoʻlga kiritishga yordam berdi. Ijara muddati tugagach, Hugo Isaac Rodríguez „Tigres“ga qaytdi.

Xalqaro karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilda Meksika yoshlar jamoasi tarkibida Hugo Isaac Rodríguez oʻzining tugʻilgan Gvadalahara shahrida boʻlib oʻtgan Panamerika oʻyinlarida gʻolib chiqdi. 2012-yilda Gyugo Tulondagi turnir chempioni boʻldi.

2014-yil 12-noyabrda Gollandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Hugo Isaac Rodríguez ikkinchi boʻlim oxirida Xuan Vaskesning oʻrniga Meksika terma jamoasida debyut qildi[6].

Jamoalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mamlakat Mavsum
Atlas Fútbol Club Meksika bayrogʻi Meksika 2010 - 2012
Tigres UANL Meksika bayrogʻi Meksika 2012 - 2014
Club de Fútbol Pachuca Meksika bayrogʻi Meksika 2014
Tigres UANL Meksika bayrogʻi Meksika 2015
Club de Fútbol Pachuca Meksika bayrogʻi Meksika 2015 - 2016
Monarcas Morelia Meksika bayrogʻi Meksika 2016
Mineros de Zacatecas Meksika bayrogʻi Meksika 2017
Club Puebla Meksika bayrogʻi Meksika 2017 - 2018
Club Santos Laguna Meksika bayrogʻi Meksika 2019 - hozirga

qadar

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa   Mavsum Liga Milliy kubok (1) Xalqaro turnir (2) Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Atlas F. C.Meksika bayrogʻi Meksika B 2010 3 0 - - - - 3 0
2010–2011 9 0 - - - - 9 0
2011–2012 25 4 - - - - 25 4
AP 2012 14 1 1 0 - - 15 1
Jami 51 5 1 0 - - 52 5
Tigres U.A.N.L.Meksika bayrogʻi Meksika CL 2013 3 0 - - 1 0 4 0
AP 2013 3 0 1 0 - - 4 0
Jami 6 0 1 0 1 0 8 0
C. F. PachucaMeksika bayrogʻi Meksika CL 2014 15 3 - - - - 15 3
AP 2014 13 0 - - 3 0 16 0
Jami 28 3 - - 3 0 31 3
Tigres U.A.N.L.Meksika bayrogʻi Meksika CL 2015 1 0 - - 1 0 2 0
Jami 1 0 - - 1 0 2 0
C. F. Pachuca

Meksika bayrogʻi Meksika

2015 - 2016 17 1 10 1 - - 27 2
Jami 17 1 10 1 - - 27 2
Monarcas Morelia

Meksika bayrogʻi Meksika

2016 - 2017 2 0 - - - - 2 0
Jami 2 0 - - - - 2 0
Umumiy karyerasida 105 9 12 1 5 0 122 10

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Пачука VS. Атлас 0:2“ (inglizcha). soccerway.com (11-aprel 2010-yil). 26-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-fevral 2015-yil.
  2. „Крус Асуль VS. Атлас 2:1“ (inglizcha). soccerway.com (31-iyul 2011-yil). 26-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-fevral 2015-yil.
  3. „УАНЛ Тигрес VS. Пачука 3:1“ (inglizcha). soccerway.com (21-aprel 2012-yil). 26-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-fevral 2015-yil.
  4. „Леон VS. Пачука 1:3“ (inglizcha). soccerway.com (26-yanvar 2014-yil). 23-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-fevral 2015-yil.
  5. „Пачука VS. Пуэбла 1:2“ (inglizcha). soccerway.com (20-aprel 2014-yil). 26-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-fevral 2015-yil.
  6. „Нидерланды VS. Мексика 2:3“ (inglizcha). soccerway.com (12-noyabr 2014-yil). 28-mart 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-fevral 2015-yil.