Horst Bulau

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Horst Bulau
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi  Kanada
Tavallud sanasi 14-avgust 1962-yil (1962-08-14) (61 yosh)
Ottawa, Ontario, Kanada
Sport
Qaysi sport (Changʻida sakrash)

Horst Hardy Bulau — (1962-yil 14-avgustda tugʻilgan) Kanada terma jamoasi uchun kurashgan kanadalik sobiq changʻichi[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faoliyatining oxirigi yilllaridagi sarhoblarga koʻra, Hardy Jahon kubogida oʻn uchta gʻalabaga erishgan, bu Kanada tarixidagi changʻichilar orasidagi eng koʻp natija hisoblanadi. U yigirma toʻqqizta Jahon kubogi musobaqalarida kuchli uchlikdan oʻrin olgan, shuningdek, koʻplab eng yaxshi oʻntalikdan joy olgan. Bulay 1981-yildan 1983-yilgacha turli darajadagi jahon kubogida oʻzining oʻn uchta gʻalabasini qoʻlga kiritgan va umumiy Jahon kubogi jadvalida 3 (1981-yil), 3 (1982-yil) va 2 (1983-yil) oʻrinlarini egallagan. Uning 1979-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati kanadalik uchun birinchi Shimoliy musobaqada chempioni boʻlgani alohida etiborga loyiq.

Bulau 4 karra olimpiyachi hisoblanadi, chunki u 1980-yil (Leyk Plasid, AQSh), 1984-yil (Sarayevo, Yugoslaviya), 1988-yil (Kalgari, Alberta, Kanada) va 1992-yil (Albertvil, Fransiya) Qishki Olimpiya oʻyinlarida qatnashgan . 1988-yilda Kalgarida boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiada oʻyinlarida u katta tepalikdagi yakka tartibli musobaqada yettinchi oʻrinni egallagan, bu kanadalik changʻidan sakrash sportchi uchun eng yaxshi olimpiada koʻrsatkichidir.

Bulau 1993-yilda Kanada Olimpiya shon-shuhrat zaliga, 1994-yilda Kanada changʻi shon-shuhrat zaliga taklif etilgan va 1998-yilda Ottava sport shon-shuhrat zaliga taklif etilgan[2]. 2014-yil 22-oktyabrda Horst Bulau Kanadaning sport shon-shuhrat zaliga taqdirlash marosimiga taklif etilgan[3], Oilasi katta boʻlib Hoest uning rafiqasi Kerri va uchta farzandi Kifer, Zofiya va Raynerlardan iborat.

Bulau Ottava janubidagi Blossom parkida oʻsgan, u yerda otasi Otto (1926—2005-yillar) Sharqiy Prussiyadan qochqin sifatida Kanadaga kelgan va urushdan keyin rafiqasi Xelene (1928—1995-yil) bilan Ottavaga joylashishgan. Oilada toʻrt farzand boʻlishgan, ulardan Horst uchinchisi — yagona oʻgʻli farzand hisoblangan.

Horst koʻk togʻli Jozo Weider Alp poyga jamoasining maxsus maslahatchisi sifatida havaskor sport bilan shugʻullanishda davom etmoqda.

Jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turnir jadvali[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Umumiy natijalar 4H SF
1979—1980-yil 38 58 Yoʻq
1980—1981-yil 3rd 10 Yoʻq
1981—1982-yil 3rd 24 Yoʻq
1982—1983-yil 2nd 3rd Yoʻq
1983—1984-yil 8 25 Yoʻq
1984—1985-yil 19 11 Yoʻq
1985—1986-yil 12 33 Yoʻq
1986—1987-yil 47 67 Yoʻq
1987—1988-yil 30 17 Yoʻq
1990—1991-yil 31 52
1991—1992-yil 74

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Horst Hardy Bulau“. 2021-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-oktyabr.
  2. „Ottawa Sports Hall of Fame“. ottawasporthalloffame.ca. 2021-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-oktyabr.
  3. „Canada's Sports Hall of Fame“. sportshall.ca. 2018-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-oktyabr.