Hindistonda Sherxon davlati (1540-1555)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

1540 yil 17 may kuni Sherxon bilan Kanaujdagi jangda mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng Humoyun Hindistonni tark etishga majbur bo‘ldi. O‘sha yili Shershoh Sur boburiylarning poytaxt shahri Agrada taxtga o‘tirdi. Humoyun najot istab ukasi – Qobul hukmroni Komron Mirzo huzuriga bormoqchi bo‘ladi. Ammo u Humoyunni Qobulga kiritmaydi. Humoyun ko‘p qiyinchiliklar bilan ukasi – Qandahor hokimi Askariy Mirzodan madad so‘raydi. Biroq Askariy Mirzo ham akasini shaharga qo‘y maydi, unga yordam berish o‘rniga asir olishga harakat qiladi. Humoyunning darbadarlik kunlari bosh lanadi, u viloyatdan bu viloyatga o‘tib, biridan marhamat ko‘rib, ikkinchisidan quvg‘in bo‘lib, sarson-sargardonlikda yuradi. Ayni paytda SHershoh Humoyunni taʼqib qilib, Loho‘rgacha keladi. Humoyun nochor ahvol ga tushib, dashtu-sahrolarda izg‘ib yurishga majbur bo‘ladi.

Humoyun 1541 yili ukasi Hindolning piri bo‘lmish Mir Ali Akbar Jomiyning qizi Hamida Bonuga uylanadi. 1542 yili Akbar tug‘iladi. Sind hokimi SHoh Husayn Humoyunning Qandahorga o‘tib ketishiga yordam beradi. Qandahorda o‘g‘li – go‘dak Akbarni ukasi Hindol (Bobur Hindistonni olgan chog‘ida tug‘ilgan bu o‘g‘liga “Hindol” deb ism qo‘ygan edi)ga qoldiradi.

Eron shohi Shoh Tahmasp Humoyunni yaxshi kutib oladi hamda unga izzat-ikrom ko‘rsatib, mablag‘ va qo‘shindan yordam berishga vaʼda beradi. Lekin bo‘lajak yordam beg‘araz emas edi. Shoh Humoyunga shia mazhabini qabul qilishni va boshqalarga ham shuni targ‘ib etishni shart qilib qo‘yadi. Humoyun og‘ir ah volda qoladi.

Humoyun Shimoliy Hindistondan chiqib ketgach, mamlakatda Shershohga qarshilik ko‘rsata oladigan katta kuch yo‘q edi. O‘z davrida afg‘onlarning qudrati oshganligini sezgan Komron Mirzo ham Panjob yerlarini Shershohga bo‘shatib berishga majbur bo‘ladi.

1542 yilning boshlariga kelib Shershoh Suriy hokimiyatining chegaralarini kengaytirish maqsadida qo‘shni davlatlarga yurish uyushtiradi.

Multon tomonga yuborilgan afg‘on qo‘shinlari 1542 yili Sind viloyatini egalladilar. 1540 yilning oxirlarigacha bo‘l gan davrda afg‘onlar hududi ancha kengaydi. Bu vaqtga kelib shimolda Panjob, Sind, markazda Dehli, Sambhal, Agra, sharqda Bengaliya va Bixar, g‘arbda Malva yerlari afg‘onlar tasarrufiga o‘tdi.

Afg‘on hukmdori Shershoh poytaxtda 8 oy jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandan so‘ng 1544 yil aprel oyida rojput xonlarini tor-mor kel tirish uchun Ajmir tomon yurish qildi. Afg‘onlar ning o‘z mamlakat chegaralarini kengaytirish uchun olib borgan harbiy yurishlari ichida eng jiddiy, eng og‘iri mana shu Ajmir yurishi bo‘ldi.

1544 yilning oxirida Shershoh boshliq afg‘on qo‘shinlari Kalonjorni zabt etish uchun harbiy yurish boshladi. 1545 yil 2 mayda Kalonjor qalʼasi qo‘lga kiritildi. Ammo bu vaqtda af g‘on hukmdori og‘ir jarohat azobidan vafot etgan edi.

Shershohning yer-soliq, moliya va maʼmuriy islohotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shimoliy Hindistonda qaror topgan Shershoh Suriy davlati ulkan hududni o‘z taʼsiri doirasiga o‘tkazdi. Shimolda Panjob, sharqda Bengaliya, markazda Ganga–Jamna vohasini qamrab olgan yerlar va shuningdek zafarli yurishlar tufayli g‘arbda qo‘l ga kiritilgan Sind, Multon, Rajaston yerlari afg‘on suriylariga tobe edi. Mazkur yerlar dehqonchilik uchun ancha qulay hisobla nib, yiliga ikki-uch marta hosil berardi. Mana shunday ulkan hudud to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlatga qarashli yerlar bo‘lib, Shershoh Suriy tomonidan feodallarga jogir tarzida hadya etildi.

Shershoh Suriy Shimoliy Hindistonning iqtisodiy hayotida ancha vaqtdan buyon hukm surib kelayotgan feodal yer egaligi – jogirga ayrim o‘zgartirish va tuzatishlar kiritdi. U kuchayib ketgan feodallar huquqini cheklash, ularning qudrati haddan tashqari oshmasligi uchun davlatga tobe bo‘lgan yerlarni feodallarga maʼlum shartlar asosida bo‘lib berdi. Yerlarning vorisiy bo‘lib qolishiga chek qo‘ydi.

Shershoh Suriy davlat markazidan turib viloyatlar qaramligini kuchaytirish, yagona soliq tartibiga ega bo‘lish uchun imperiya tizimini qayta tashkil etishga qaror qildi. Shu boisdan Panjobdan tortib Bengaliyagacha bo‘lgan yerlar qishloq, pargana va sarkorliklarga taqsimlandi.

Soliq tizimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hokimlikka qarashli bo‘lgan yerlardan keladigan soliqlarni aniqlash uchun mazkur sharoitda yaroqsiz, haydaladigan va haydal maydigan yerlarning aniq hisobini olish kerak edi. Bu, o‘z navbatida, dehqon xo‘jaligi manfaatlariga mos tushishi darkor edi. Chunki Hindiston sharoitida serhosil yerlarning ko‘pligi bilan birga mam lakatning baʼzi yerlari tog‘u tosh, o‘rmon va botqoqliklardan iborat bo‘lib, bu dehqonchilik uchun noqulayliklar tug‘diradi. Mana shunday yerlarga qanday ekin ekilishi lozimligini oydinlashtirish maqsadida hisob-kitob ishlari amalga oshirildi.

Shershoh Suriy davlati markaziy hukumat manfaatlarini himoya qilgan holda hisobga kirmagan yerlarga soliqlar solish maqsadida mamlakat yerlarini o‘lchab chiqish haqida qaror berdi.

Shershoh Suriy davlati feodal sinf manfaatlarini nazarda tutib, davlat xazinasiga tushadigan daromadni oshirish uchun soliq tizimiga o‘zgartirish va aniqliklar kiritdi. Chunonchi, davlat tomonidan har bir parganaga maʼmuriy boshliq sifatida soliq ishlarini nazorat qilib turadigan yagona shaxs – shiqdor tayinlandi.

Shiqdor yerlardan olinadigan soliq to‘g‘ridan-to‘g‘ri, to‘lali gicha markazga jo‘natgan. Shershoh Suriy davlati tadbirining o‘ziga xos tomoni yerdan keladigan foydaning ko‘p qismi feodal jogirdorga emas, balki markazga jo‘natilganligidadir.

Markaziy hukumat jogirdorga maʼlum miqdorda maosh berib turgan. Bunday tadbir Shershoh Suriygacha o‘tgan Shimoliy Hindiston sultonlari tartiblaridan farq qilib, feodal boshboshdoqlikka chek qo‘yar, markaziy hukumatning qudratini oshirar edi.

Shershoh Suriy davlatida soliqning pul shaklida foydalanishning maʼlum sabablari bor edi. Avvalo, bu tadbir mamlakatni ichki va tashqi dushmanlardan himoya qilish uchun maʼlum miqdorda lashkar saqlash uchun lozim bo‘lgan. Bunday lashkarni esa yaxshi qurol lantirish, kiyintirish, maosh bilan taʼminlash talab qilinardi. Shu bilan birga feodal separatizmiga barham berish, feodallarning o‘zboshim chaliklari, lavozimlarini suis teʼmol qilishlarini tiyib qo‘yish, soliqdan tushadigan pul miqdo rining to‘la-to‘kis davlat xazinasiga berilishiga ham bog‘ liq bo‘lgan. Demak, soliqning pul shakli asosan davlatning siyosiy talablarini hisobga olgan holda joriy etilgan.

Mamlakatning pul-tovar munosabatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

XVI asrning birinchi yarmi oxirlaridagi siyosiy voqealar mamlakatning pul-tovar munosabatlariga ham o‘z taʼsirini ko‘rsatdi. Urush harakatlarini qoplash uchun feodallar tomonidan ko‘plab pullar chiqarilishi uning qiymatini tushirib yuborgan edi. Shuningdek, mamlakatdagi sharoit savdoni rivojlantirish uchun moliya islohoti o‘tka zishni taqozo etardi. Shu bois Shershoh Suriy davlati markaziy hukumat manfaatlarini himoya qilgan holda Shimoliy Hindistonda moliya islohotini o‘tkazishga qaror qildi. Mamalakatning yirik sha harlarida pul zarb etadigan korxonalar bunyod etildi. Dehli, Loho‘r, Jounpur va Patna shaharlarida davlat nazorati ostida pullar chiqarila boshlandi. Mazkur korxonalarda zarb etilgan 20 dan ortiq turli og‘irlik va qiymatga ega bo‘lgan oltin, kumush va mis pullar rupiya, dam, paysa deb nomlangan. U pullar o‘zining sofligi, og‘irligi hamda badiiy bezagi bilan ajralib turgan. Shershoh Suriy davrida zarb etilayotgan pullarning har ikkala tomonida arab va mahalliy tillarning birida yozuvlar mavjud bo‘lib, Shimoliy Hindiston xalqlari va chet el savdogarlarining mazkur pullardan bemalol foylanishida qo‘l kelgan.

Soliqning pul shakliga o‘tishi, pulning isloh qilinishi, shubhasiz, mamlakatda ichki va tashqi savdoning rivojlanganidan dalolat beradi.

Shershoh Suriy davlati markaziy hukumatning manfaatlarini ko‘zda tutgan holda, feodallarning taʼsir doirasini cheklash, davlat xazinasiga tushadigan daromadning to‘laligini taʼ minlash uchun davlatning maʼmuriy tuzilishini qayta ko‘rib chiqdi va unga tuzatishlar kiritdi. Avvalo, Shershoh Suriy davlatiga tobe bo‘lgan shimolda Panjob yerlaridan tortib, to sharqda Bengaliyagacha bo‘lgan mam lakatning hududi maʼmuriy jihatdan bir necha bo‘laklarga bo‘lindi. Shimoliy Hindistonda uzoq yillar mavjud bo‘lgan subaviloyat hokimligi tartibi bekor etildi.

Maʼmuriy ishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamlakatning hamma yerlari maʼmuriy jihatdan sarkor (viloyat), pargana (tuman) va qishloqlarga bo‘lib tashlandi. Mazkur maʼmuriy birliklarni boshqarish uchun markaziy hukumat har bir sarkor, pargana va qishloqlarga davlatning ishonchli rasmiy kishilarini tayinladi.

Shershoh Suriy davlat hokimligining diniy ishlarida ham muhim tadbirlar joriy etdi. Davlatning diniy ishlari bilan shug‘ullanuvchi bosh idorasi – sadru-sudur mavjud bo‘lib, uni islom dinining hamma qonun-qoidalarini o‘zida mujassamlashtirgan Sadr boshqarar edi.

Shershoh Suriy davlati aloqa vositalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida davlat markazini mamlakatning turli burchaklari bilan bog‘ laydigan yo‘llarda mavjud bo‘lgan karvon saroylarda aloqani tez lashtirish uchun ikkitadan ot saqlangan. Bu esa davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan turli xabarlarni zudlik bilan markazga yetkazishda qo‘l kelgan.

Shershoh Suriy davlati o‘z davrining ana shunday talablarini hisobga olgan holda tashqi va ichki savdoning taraqqiy etishi uchun yo‘llar qurish, savdogarlar uchun mo‘ljallangan karvonsaroylar, mehmonxonalar, oshxonalar bunyod etishga kirishadi. Mamlakatning turli joylarida 1700 ga yaqin karvonsaroy hamda mehmonxonalar bunyod etilgan.

Savdogarlarni yo‘l azobidan qutqarish va ularga qulaylik tug‘dirish maqsadida biri musulmonlar, ikkinchisi hindular uchun ikki turdagi oshxonalar, quduqlar, hovuzlar, otlar uchun yem-xashak zahiralari mavjd bo‘lgan. Yangidan-yangi yo‘llarni hamda ko‘priklarni qayta tiklash borasida tadbirlar ko‘rildi.

Afg‘on hukmdorining qisqa hukmronligi davrida bunday ijobiy tadbirlarning amalga oshirilishi diqqatga sazovordir.

Shershoh Suriyning yuqoridagi choralardan ko‘zda tutilgan maq sadi, avvalo, markaziy hukumatning tomiriga bolta uruvchi, mam lakatning siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy hayotiga salbiy taʼsir ko‘r satuvchi, hokimlikda siyosiy va iqtisodiy parokandalikka olib keluvchi feodal o‘zboshimchalikni tiyib qo‘yish, davlatning qudratini har tomonlama oshirish, markaziy huku mat xazinasiga tushayotgan foy dani ko‘paytirish, umuman hukm ron feodal-zodagon sinflar manfaatlariga mos tushuvchi siyosatni amalga oshirish edi.

Tarixchilarning taʼkidlashicha, SHershoh Suriy davlatining ayrim yuqori mansablarida hindular ham faoliyat olib borishgan.

Shershoh Suriy davlati markaziy hukumat manfaatini ko‘z da tutgan holda, jogirdorlarni doimiy nazorat o‘rnatish uchun feodal harbiy boshliqlar suvoriylari otiga tamg‘a bosish tizimini qayta tikladi. Bunga binoan har bir feodal o‘ziga biriktirilgan suvoriylarni bel gilangan joyda olib kelib tamg‘a bostirishi va ro‘yxatdan o‘tkazishi shart edi. Aks holda Shershoh davlati feodallarni jogirdan mahrum etib, suvoriylarga beriladigan oylik maoshini to‘xtatib qo‘yardi. Bu tizim feodallarning suvoriylar soniga qarab kerakli qurol-aslahalar va anjomlar bilan taʼminlashi, yaʼni davlatning daromad va hara jatlarining mutanosib bo‘lishini ko‘zda tutgan edi. Shershoh Suriy qo‘shini chiniqqan, intizomli, muntazam lashkar edi. U lashkarlarining o‘ziga xos jangovarlik tomonlaridan yana biri deyarli uning bir elat vakillari, yaʼni afg‘onlardan iboratligidadir.

Shershoh Suriy qo‘shinlarining asosiy qismini otliq askarlar tashkil etgan. Tarixiy maʼlumotlarga ko‘ra, Shershoh davlatining lashkari 150 ming otliq, 25 ming piyodalardan tashkil topgan. Shuningdek, afg‘on lashkarida 5 mingga yaqin jangovor fillar hamda anchagina zam baraklari ham bo‘lgan. Bunday katta armiya faqatgina afg‘on hukm dorining ixtiyoridaedi. Shershoh qo‘shinlarida suvoriylar bilan birga artilleriya ham muhim o‘rin egallab, uni asosan og‘ir zambaraklar tashkil etgan.

Umuman, Shershoh Suriy yuqorida zikr etilgan barcha islo hotlar, bir tomondan, mamlakat ichida bo‘ladigan xavf-xatarni daf qilish, yaʼni davlatning xavfsizligini taʼminlashda o‘z davriga nisbatan to‘g‘ri tadbirlar bo‘lsa, ikkinchi tomondan, mamlakatning barcha aholisi ustidan qattiq nazorat o‘rnatib, unga qarshi bo‘lgan chi qishlarni bostirib oladigan yagona markazlashgan kuchli davlat tuzumini tashkil etishga qaratilgan edi.

Shuningdek, Shershoh Suriy davlati mamlakatda maʼmuriy islohotlar joriy etish orqali hukmron feodal sinfning manfaatlariga mos tushuvchi boshqarish apparatiga ega bo‘lishi bilan hukmron sinfning cho‘ntaklariga oqib kelayotgan boyliklarga boylik qo‘shish, yangidan-yangi yerlarni qo‘lga kiritish va qo‘sh ni xalqlar yerlarini o‘z hududi tarkibiga qo‘shib olish asosiy maqsadlardan biri edi.

Ammo Shershoh Suriy davlati tomonidan Shimoliy Hin diston xalqlari hayotiga tatbiq etilgan islohotlarni Islomshoh (1545–1554) o‘z otasi SHershohga nisbatan bo‘lgan g‘arazgo‘y ligi oqibatida bekor qildi. SHershoh Suriy vafotidan keyin uning tomonidan joriy etilgan ko‘pgina islohotlarning bekor etilishi keyinchalik Shimoliy Hindistonda Islomshoh hukumatiga qarshi feodal guruhlari ko‘targan isyonlar natijasida mamlakatda qirg‘inbarot avj oldi. Islomshoh davlat xavfsizligini taʼminlash maqsadida afg‘on feodallarining ko‘pchilik qismini isyonkorlikda gumon qilib, katta qirg‘inbarotlar uyushtiradi. Podshoning buyrug‘i bilan xizmat qilib kelgan ko‘p harbiy boshliqlar qamoqqa olinadi va Gvalior qalʼasi zindoniga tashlanib, ulardan baʼzilari qatl etiladi.

Ammo afg‘on hukmdorining bu siyosati mamlakatda davom etayotgan feodal isyonga chek qo‘ya olmadi. Keyingi davrlarda taxt daʼvogarlari bo‘lib yangi shaxslar, jumladan, Dehli hokimi Muborizxon, Chunor hokimi Ibrohim Suriy va Panjob hokimi Ahmadxonlar kurash maydoniga chiqdilar. 1554 yili 22 noyabrda Islomshoh vafot etib, uning o‘rniga 12 yoshli o‘g‘li Feruzxon podsho qilib ko‘tarildi.

Yangi shahzodaning taxtga chiqqaniga bir oy to‘lmasdan Islomshohga qarshi bo‘lgan afg‘onlarning Muborizxon boshliq gu ruhlari tomonidan Feruzxon o‘ldirildi. SHunday qilib, 1554 yilning dekabrida Muborizxon Odilshoh nomi bilan o‘zini shoh deb eʼlon qildi. 1554 yili Odilshohga qarshi qaratilgan ulkan feodal chiqishlari sodir bo‘ldi.

1555 yilning boshlarida Junaidxon boshliq isyonchilar Gvaliorni qo‘lga kiritib, uni talon-toroj qildilar. Odilshoh tomonidan jo‘natilgan Xemu bu isyonni bostirishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, Xemu o‘sha yilning o‘zida Ujayn rojasining isyonini ham muvaffaqqiyatli bostirib, taxt uchun kurashni boshlab yubordi.

1555 yilning 18 martida Odilshoh Agra atrofida Ibrohim Suriy qo‘shinlarini tor-mor qildi. Bu g‘alabadan so‘ng u zudlik bilan Dehlini bosib olib, Iskandarshoh nomi bilan o‘zini shoh deb eʼlon etdi va o‘z nomiga xutba o‘qitib, tangalar zarb ettira boshladi.

Shunday qilib, Shershoh o‘limidan keyin Shimoliy Hindistonda boshlanib ketgan feodal nizolar mamlakatni siyosiy ji hatdan parchalab tashladi. 1555 yilning may oylariga kelib, bir vaqtning o‘zida Shimoliy Hindistonda uch afg‘on hukmdori davlati qaror topgan edi. Odilshoh Agradan Jounpurgacha bo‘l gan yerlarda, Iskandarshoh Dehli, Roxtas hamda Panjob va, ni hoyat, Ibrohim Suriy Himolay tog‘lari etaklarida hokim bo‘lib olgan edilar.

Shimoliy Hindistonda afg‘on o‘rtasida taxt uchun kurash qi zib ketgan ana shunday sharoitlardan to‘g‘ri xulosa chiqargan Humoyun Hindistonga qayta yurish boshladi.

Mamlakatda uzoq davom etgan feodal urushlar aholi boshiga chidab bo‘lmas og‘ir jafolar solgan edi. Shaharlarning vayron bo‘lishi, qishloqlarning talanishi, ekinzor yerlarning payhon etilishi Shimoliy Hindistonning iqtisodiy hayotiga jiddiy putur yetkazdi. Shahar hunar mandlari, kosiblar, dehqonlar, savdogarlar, umuman keng xalq ommasining tinimsiz ichki kurashlardan tinkasi qurigan edi.

Bu vaziyat Hindistonda feodal adovatlarning yangidan avj olishiga, mamlakatning siyosiy jihatdan parchalanib ketishiga va nati jada afg‘on suriylari davlatining tanazzulga yuz tutib, o‘rniga boburiylar hukmronligining tiklanishiga olib keldi.

O‘sha damlarda Eronda darbadarlikda kezib yurgan Humoyun Mirzo Eron shohi Taxmaspdan harbiy yordam so‘raydi. Shoh Taxmasp (1524–1576) Qandahorni Eronga qo‘shib olish ilinjida Humoyunga 14 piyoda askar beradi.

Humoyunshoh Qobulga ukasi Komron Mirzoga qarshi yurish boshlaydi. Bu xabarni eshitgan Komron Mirzo Badaxshonga qochadi. Humoyunshoh Komron Mirzoning qarorgohi Toliqonni qamal qiladi.

Humoyunshoh ukasining gunohini kechirib, unga Kulob viloyatini beradi. Komron yana qo‘shin to‘plab, Humoyunga qarshi urush boshlaydi, ammo akasi tomonidan asir olinadi. Bu safar Humoyunshoh ukasi Komronning ikkala ko‘ziga mil tortib, ko‘r qilish haqida farmon berdi.

1555 yil 27 may kuni Sirhindda Iskandarshoh bilan Humo yun o‘rtasida bo‘lib o‘tgan shiddatli jangda afg‘onlar yengildilar.

Humoyunshoh o‘zining 15 minglik lashkari bilan Iskandarshoh Suriyning 80 ming navkar va bir necha yuz fildan tashkil topgan qo‘shinini yanchib, Dehliga, so‘ngra Agraga kirdi, 15 yillik tanaf fusdan keyin Hindiston poytaxtiga g‘alaba qozonib qaytdi. Bu g‘alaba Shim  o‘rnatilishini taʼminladi. Mazkur janglarning hammasida yillar davomida unga hamroh bo‘lgan Bayramxon Humoyunga nihoyatda katta yordam ko‘rsatdi. Panjob qo‘lga kirgandan so‘ng, unga “xonlar xoni” nomi berildi, o‘g‘li Akbarni Panjobga hokim qilib yuborar ekan, Bayramxonni unga maslahatchi etib tayinladi. Lekin Humoyunning kuni bitgandek edi. “Tarixi farishta” kitobida uning hayotini oxirgi soatlari shunday tasvirlanadi: “U o‘z kutubxonasidan tushib kelayot ganda azon tovushini eshitadi. Zinaga o‘tirib, u ham azonni ichida qaytara boshlaydi. So‘ngra hassasiga tayanib o‘rnidan turayotganda hassa toyib ketib, Humoyunshoh chalqancha siga yiqiladi. Xizmat korlari uni podshoh haramiga olib o‘tishadi.

Lekin tabiblar hech nima qila olmaydilar. 1556 yilning rabiul-av valida (yanvarida) vafot qiladi”. Uning qabri ustiga o‘g‘li Akbarshoh tarafidan qurilgan maqbara (1565 yilda) eng yirik madaniy yod gorliklardan hisoblanib, shu paytgacha hatto hindlarning o‘zlari ham u bilan fahrlanadilar.

U ham o‘zining qisqa umri davomida juda ko‘p zahmatlar chekdi. Lekin noumid bo‘lmadi. Hindistondek ulug‘ mamlakat hukmronligini o‘z qo‘lida saqlab qoldi. Javoharlaʼl Neru yozgandek, Humoyunshoh madaniyatli va o‘qimishli kishi edi, ammo u otasi kabi jangchi emasdi.

Humoyunshoh ham otasi Bobur kabi oz yashadi, atigi qirq sakkiz yil umr ko‘rdi, ammo shu qisqa hayoti mobaynida o‘z sanʼati va Hindiston uchun, uning xalqi uchun ko‘p yaxshi ishlar qilishga ulgurdi, mamlakatning iqtisodiyoti, obodonligi, meʼmorchiligiga katta hissa qo‘shdi. Humoyunshoh sanʼatni g‘oyat sevar, ilm ahlini eʼzozlar, fors va turkiy tillarda nazm bitgan shoir ham edi. U Hindistonda miniatyura sanʼatining yuzaga kelishi va shakllanishiga rahbarlik qildi. Ilgari otasiga xizmat qil gan bo‘lsa, endilikda o‘z mulklarini mustahkamlashda katta jon bozlik ko‘rsata boshladi. U tufayli katta boyliklar to‘plandi, mamlakatda norozilik harakatlari bostirildi.

O‘sha davrda siyosiy ahvol juda murrakab edi. Humoyun ishlarini tugatmay to‘satdan vafot qilgani sababli Bengaliyadagi afg‘onlar davlatining katta yerlarini egallashni davom ettirdilar. Iskandarshoh Suriy hamon qo‘shin to‘plab, boburiy podshohga zarba berishni mo‘ljallar, Odiljon Suriy o‘zining vaziri Xemu bilan Agra va Dehlini qaytarib olishga fursat poylar, bundan foydalangan kichik hokimlar esa saltanatning yemirilishi, o‘zlarining esa mustaqil bo‘lishlarini orzu qilishayotgan edi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbek tilida:

1.Бойназаров Ф. Қадимги дунё тарихи. Дарслик. 2004.

2. Лафасов М. Жаҳон тарихи (1918-2008). –Т., 2010.

3. Ғофуров А. Ҳиндистон. ФарДУ. 2009.

Rus tilida:

1.Васильев Н. История Востока. 1-2 том. М., 2004.

2. Вигасин А., Дандомаев М. История Древнего Востока. -М., 2001.

3. Новейшая история стран Азии и Африки. ХХ век. -М., 2000.

Hind tilida:

1/\. शैलेन्द्र सेंगर “प्राचीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक:अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर डिस्ट,२००५

रोमिला थापर “भारत का इतिहास” प्रकाशक:राजकमल प्रकाशन,२००८

2. विपिन चन्द्र “आधुनिक भारत का इतिहास” प्रकाशक:ओरिएंट ब्लेकस्वान,२००९   

3. द्दिजेन्द्र्नारायण झा ओर श्रीमाली “प्राचीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक: हिंदी माध्यम कार्यन्वय निदेशालय दिल्ली विश्वविधालय,२०१५  

4. मानिक लाल गुप्त “मध्यकालीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक: अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर दिस्त्रिबुतोर्स पवत ल्टड ,२००२

Urdu tilida:. 6ڈاکٹر مبارک علی  "جدید تاریخ"،  فکشن ہاؤس ،لاہور ، ٢٠٠١. 7محمد علی چراغ  "تاریخ ِ پاکستان "  سنگ ِ میل ،  ٢٠١٢. 8  رماشنکرترپاٹھی  "قدیم ہندوستان کی تاریخ " ، قومی کونسل براۓ  فروغ  اردو زبان ، نئی دہلی ، ١٩٩٨   مترجم :سید سخی حسن نقوی. 9 شیخ محمد رفیق  مسعود حیدر بخاری ڈاکٹر  عصمت نانر  "تاریخ ِپاکستان و ہند "، مسلم دو حکومت ، عہد سلاطین ، نئی دہلی ٢٠٠٠

پاتھی "تاریخ ِ قدیم ہندوستان " نگارشت پبلش.10

11.ڈاکٹر مبارک علی  "تاریخ اور آج کی دنیا "، فکشن ہاؤس ،لاہور ٢٠٠٥. 12 ڈاکٹر مبارک علی  "بر صغیر میں تاریخ نویسی کے رجحانات "، پاکستان  اسٹڈی سینٹر جامعہ کراچی ٢٠٠٧. 13   محمد علی چراغ  "پاکستان : تاریخ ، جمہوریت ، سیاست "، مکتبہ جدید ٢٠١٠. 14مولانا ابو ا لکلام  آزاد  "آزادی ہند " ، مکتبہ جمال ،لاہور ٢٠٠٣

Ingliz tilida

1.Avari Burjor. Islamic Civilization in South Asia: A History of Muslim Power and Presence in the Indian Subcontinent, Routledge, 2013.

2. Faruqui Munis D. The Princes of the Mughal Empire (1504-1719), Cambridge University Press, 2012.

3. Gandhi M.K. Hind Swaraj or Indian Home Rule, Ahmedabad: Navajivan Publishing House, 2014.

4. Nazir Ahmad Chaudhry. Harappa. Sang-e-meel Publications, Lahore, 2002.

5. Hameed.  Political Role of Religious Communities in Pakistan. Policy Research Institute.  Islamabad, Pakistan, 2008.

6. Afzal Husain. The nobility imder Akbar and Jahangir. A study of Family Groups. -New Delhi, 1999

7. Ali K. A new history of Indo-Pakistan (up to 1526) Karachi, 1993.

8. Burton Stein. A history of India, -Wiley-blackwell, 2010

9. Hermann Kulke, Dietmar Rothermund. A history of India, -London and New York, 2002

10.Mahmood T. The Durand line: South Asias next trouble spot. Monterey.: Naval Postgraduate School, 2005.

11. Peter Lyon. Conflict between India and Pakistan, -Oxford, 2008

Davriy nashrlar:

Bajpai Sh. K. Untangling India and Pakistan // Foreign Affairs. 2003. - Vol. 82. -№ 3. - P. 112-128.

2. Burns R.N. Americaʼs Strategic Opportunity with India. The New U.S. India Partnership // Foreign Affairs. - 2007. - Vol. 86. - № 6. - P. 37-44.

3. Burns R.N. Americaʼs Strategic Opportunity with India. The New U.S. India Partnership // Foreign Affairs. - 2007. - Vol. 86. - № 6. - P. 37-44.

4. Kashmir Dispute: Background // The Ministry of Foreign Affairs of Pakistan. URL: http://www.mofa.gov.pk/Pages/Brief.htm