Hayratiy mahallasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hayratiy mahallasi — Uchtepa tumanidagi mahallalardan biri. „Taqachi“, „Latifguzar“, Abdulla Qodiriy va „Beshqayragʻoch“ mahallalari bilan chegaradosh. 1992-yilda „Beshqayragʻoch“ mahallasidan ajralib chiqqan. Mahalla 19—20- asrlarda (1870-1964) yashab ijod etgan shahrixonlik shoir va huquqshunos Mulla Soli Xoshim oʻgʻli — Hayratiy nomi bilan ataladi. Aholisi 2000 kishi, mahallada asosan oʻzbeklar istiqomat qilishadi. Mahallada Oʻzbekiston xalq ustasi Mahmud Usmonov yashab oʻtgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent ensiklopediyasi 2009, s. 754.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 780 bet.