Hans Vanaken

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hans Vanaken
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Hans Vanaken[1]
Tavallud sanasi 24-avgust 1992-yil (1992-08-24) (31 yosh)
Tavallud joyi Pelt, Belgiya
Boʻyi 1.95 m[2]
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Club Brugge
Raqami 20
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002—2008 PSV Eindhoven
2008—2010 Lommel United
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2013 Lommel United 80 (21)
2013—2015 Lokeren Oost-Vlaanderen 76 (19)
2015— Club Brugge 275 (84)
Milliy terma jamoa
2012 Belgium U20 2 (0)
2013—2014 Belgiya U21 3 (0)
2018— Belgiya 23 (5)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(13-noyabr uchun)

Hans Vanaken (talaffuzi: Xans Vanaken; 1992-yil 24-avgust) — belgiyalik futbolchi, „Brugge“ futbol klubi va Belgiya terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vanaken Gollandiyaning „PSV“ va „Lommel United“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2010-yil 17-oktyabrda „Mons“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Belgiya ikkinchi divizionida soʻnggi tarkibida debyut qildi[3]. 13-noyabr kuni „Brussel“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Xans „Lommel United“ futbol klubi safida birinchi golini urdi[4]. Keyingi ikki mavsumda u kamida 10 ta gol urdi va chempionatning eng yaxshi futbolchilaridan biri boʻldi.

2013-yilning yozida Vanaken Lokeren futbol klubiga koʻchib oʻtdi. 28-iyul kuni „Anderlecht“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Yupilligada debyut qildi[5]. Xuddi shu oʻyinda Xans „dubl“ni amalga oshirib, „Lokeren“ futbol klubi safida birinchi gollarini urdi. 2014-yilning 27-noyabrida Yevropa ligasi doirasida Polshaning „Legiya“ jamoasiga qarshi o‘yinda u gol urdi[6]. Oʻsha yili Xans Belgiya kubogini qoʻlga kiritdi.

2015-yilning yozida Vanaken „Brugge“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. 1-avgust kuni „Mechelen“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[7]. 29-noyabr kuni „Mechelen“ futbol klubiga qarshi bahsda Xans „Brugge“ futbol klubi safidagi ilk golini urdi[8]. Debyut mavsumida u jamoaga chempion boʻlishiga yordam berdi. 2018-yilda Vanaken yana Belgiya chempioni boʻldi, shuningdek, yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi. 2018-yil 6-noyabr kuni Chempionlar ligasi doirasida Fransiyaning „Monaco“ jamoasiga qarshi o‘yinda u „dubl“ni amalga oshirdi[9]. 2018-yilda Vanaken 21 ta gol urdi va 21 ta golli uzatmani amalga oshirdi va jamoasiga Belgiya Superkubogida 15-marta chempion boʻlishiga yordam berdi. 2019-yil 16-yanvar kuni Wanaken Belgiyada yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini oldi. Vanaken „Brugge“ bilan 2019-yilning 9-avgustida 2024-yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzoladi.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning 7-sentyabr kuni Shotlandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Vanaken Belgiya terma jamoasida ikkinchi bo‘limda Eden Hazard o‘rniga maydonga tushdi[10].

2022-yilning 10-noyabr kuni Belgiya terma jamoasining Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCh-2022 o‘yinlarida ishtirok etish uchun rasmiy tarkibga kiritilgan[11].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Belgiya kubogi UEFA kubogi Boshqa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Lommel United 2010—2011 16 1 0 0 - - 16 1
2011—2012 32 10 2 0 - - 34 10
2012—2013 32 10 0 0 - - 32 10
Jami 80 21 2 0 - - 82 21
Lokeren 2013—2014 39 11 6 1 - - 45 12
2014—2015 37 8 3 0 6 2 1 0 47 10
Jami 76 19 9 1 6 2 1 0 92 22
Club Brugge 2015—2016 36 10 6 2 8 0 1 0 51 12
2016—2017 39 9 2 1 6 0 1 0 48 10
2017—2018 39 11 5 3 4 0 0 0 48 14
2018—2019 40 14 1 0 8 2 1 1 50 17
2019—2020 29 13 6 0 12 4 - 47 17
2020—2021 36 11 3 2 6 3 - 45 16
2021—2022 39 11 5 1 6 3 0 0 50 15
2022—2023 17 5 1 0 6 0 1 0 25 5
Jami 275 84 29 9 56 12 4 1 364 106
Umumiy faoliyatida 431 124 40 10 62 14 5 1 538 149

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „FIFA World Cup Qatar 2022 – Squad list: Belgium (BEL)“. FIFA (2022-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 15-noyabr.
  2. „Hans Vanaken“ (2017-yil 10-iyul).
  3. „Ломмел Юнайтед VS. Монс 1:1“ (en). soccerway.com (2010-yil 17-oktyabr).
  4. „Брюссель VS. Ломмел Юнайтед 2:3“ (en). soccerway.com (2010-yil 13-noyabr).
  5. „Андерлехт VS. Локерен 2:3“ (en). soccerway.com (2013-yil 28-iyul). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
  6. „Локерен VS. Легия Варшава 1:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 27-noyabr). 2018-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
  7. „Брюгге VS. Мехелен 3:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 1-avgust). 2018-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
  8. „Мехелен VS. Брюгге 1:4“ (en). soccerway.com (2015-yil 29-noyabr). 2018-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
  9. „Монако VS. Брюгге 0:4“ (en). soccerway.com (2018-yil 6-noyabr). 2018-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-noyabr.
  10. „Шотландия VS. Бельгия 0:4“ (en). soccerway.com (2018-yil 7-sentyabr). 2018-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
  11. „ROBERTO MARTINEZ SELECTS 26 DEVILS FOR THE WORLD CUP“ (en). Королевская бельгийская футбольная ассоциация (2022-yil 10-noyabr). 2022-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-noyabr.