Han Jing

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hang Jing
Shaxsiy maʼlumotlar
Tugʻilishi— (1992-01-01) 30-noyabr 1973-yil (age 47)

Hefei, Anhui, Xitoy
Boʻyi— 1.62 m (5 ft 3 in)
Vazni— 60 kg (119 lb)
Sport
Sport turi — Ushu
Yoʻnalishi — Changquan, Jianshu, Duilian
Jamoa— Makau ushu jamoasi
Medallar
Vakillik  Macau
Ayollar ushusi
Olimpiada oʻyinlari (norasmiy)
Silver medal — second place 2008-yil Pekin Jianshu+Qiangshu
Jahon chempionati
Gold medal — first place 2003-yil Makau Jianshu
Gold medal — first place 2003-yil Makau Duilan
Gold medal — first place 2005-yil Hanoy Duilian
Silver medal — second place 2005-yil Hanoy Jianshu
Silver medal — second place 2005-yil Hanoy Qiangshu
Silver medal — second place 2007-yil Pekin Jianshu
Bronze medal — third place 2007-yil Pekin Duilian
Bronze medal — third place 2007-yil Pekin Qiangshu
Osiyo O'yinlari
Silver medal — second place 2002-yil Busan Changquan
Bronze medal — third place 2006-yil Doha Changquan
Osiyo Chempionati
Gold medal — first place 2004-yil Yangon Jianshu
Gold medal — first place 2008-yil Makau Duilian
Silver medal — second place 2004-yil Yangon Chanquan
Silver medal — second place 2008-yil Makau Qiangshu
Bronze medal — third place 2004-yil yangon Qiangshu
Sharqiy Osiyo oʻyinlari
Gold medal — first place 2001-yil Osaka Changquan
Gold medal — first place 2005-yil Makau Changquan
Silver medal — second place 2005-yil Makau Jianshu+Qiangshu

Han Jing (xitoycha: 韓靜 ; 1973-yil 30-noyabrda tugʻilgan) — Makao vakili boʻlgan, isteʼfodagi professional ushu taolu sportchisi[1].

Sportdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Han dastlab Pekin Ushu jamoasi aʼzosi boʻlgan va 2000-yilda Makaoga koʻchirilgan. Han Jingning xalqaro musobaqada olgan birinchi medali 2001-yilgi Sharqiy Osiyo oʻyinlarida boʻlib, u yerda ayollar oʻrtasidagi ushuning changquan yoʻnalishi musobaqasida oltin medalni qoʻlga kiritgan[2][3]. Bir yil oʻtgach, 2002-yilgi Osiyo oʻyinlarida Han ayollar changquan musobaqasida kumush medalga sazovor boʻldi. Keyin u 2003-yilda Makaoda boʻlib oʻtgan Ushu boʻyicha jahon chempionatida qatnashdi va jianshu yoʻnalishi boʻyicha jahon chempioni boʻldi. U shu tariqa Xitoyga qaytganidan keyin Makao SAR uchun birinchi oltin medalni qoʻlga kiritdi[4]. Han, shuningdek, duilian yoʻnalishi boʻyicha oltin medalga ham erishgan va 2005-yil Ushu boʻyicha Jahon chempionatida u xuddi shu musobaqada yana bir oltin medalni qoʻlga kiritdi. Oʻsha yilning oxirida Hang Jing 2005-yilgi Sharqiy Osiyo oʻyinlarida qatnashib, changquan boʻyicha oltin medal va jianshu va qiangshu kombinatsiyasida kumush medalga sazovor boʻldi[5][6]. Bir yil oʻtgach, Han 2006-yilgi Osiyo oʻyinlarida Makao bayroqdori boʻldi va ayollar oʻrtasidagi changqun musobaqasida bronza medalini qoʻlga kiritdi[7].

2007-yildagi Ushu boʻyicha jahon chempionatida[8] Han uch karra medal sohibi boʻlib, jianshu boʻyicha kumush medal va qiangshu va duilyan boʻyicha ikkita bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bu unga 2008-yilgi Pekin Ushu turnirida qatnashish huquqini berdi va u ayollar oʻrtasida jianshu va qiangshu musobaqalarida kumush medaliga ega boʻldi[9][10]. Keyinchalik Han musobaqalarni butkul tark etdi.

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Makao SAR tomonidan quyidagi unvonlar bilan taqdirlangan:

  • Faxriy unvon (2001-yil)[11]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „MAC_HAN Jing“. The official website of the BEIJING 2008 Olympic Games (2008). 2008-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-aprel 2021-yil.
  2. „2001 East Asian Games - Wushu“. Japanese Wushu Federation. Qaraldi: 1-may 2021-yil.
  3. „Wushu“. eagocweb.com (27-may 2001-yil). 2001-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentabr 2021-yil.
  4. „韓靜—澳門回歸後首位世界冠軍的情懷“ (zh-MO). Macau Convention & Exhibition Economy Journal (24-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 1-may 2021-yil.
  5. „2005 East Asian Games - Wushu“. Japanese Wushu Federation. Qaraldi: 1-may 2021-yil.
  6. „Power of Three“. South China Morning Post (29-sentabr 2005-yil). Qaraldi: 5-sentabr 2021-yil.
  7. „Macau“. 5-yanvar 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „图文:武术世锦赛女子剑术 澳门选手韩静飞跃起“ (xitoycha). Sohu (15-noyabr 2007-yil). Qaraldi: 1-may 2021-yil.
  9. „Jianshu & Qiangshu, Women“. Olympedia.
  10. „C14AK_Two Events Combined Results_Women's Jianshu & Qiangshu“. The official website of the BEIJING 2008 Olympic Games (22-avgust 2008-yil). 2008-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-fevral 2021-yil.
  11. Ho. „Boletim Oficial da Região Administrativa Especial de Macau 澳門特別行政區公報“ (pt, zh). Government of Macau (21-dekabr 2001-yil). Qaraldi: 31-avgust 2021-yil.