Halkett qayigʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Halkett qaiyq-plashi ishlatilishi.

Halkett qayigʻi puflanma qayiqning bir turi boʻlib, 1840-yillarda leytenant Peter Halkett (1820—1885) tomonidan loyihalangan. Halkett uzoq vaqt Kanada Arktikasida sayohat qilish qiyinchiliklari va notekis yerlarda koʻtarib yurish uchun qulay, yengil, biroq ekstremal ob-havo sharoitlarida ishlatish uchun yetarlicha mustahkam qayiq yasash muammolari bilan qiziqib kelgan.

Halkett birinchi loyihasi rezina shimdirilgan matodan tayyorlangan yigʻiluvchi va puflab shishiriluvchi qayiq edi. Dami chiqarilganida esa qayiq korpusini plash qilib kiyish, eshkagini hassa, yelkanini esa soyabon qilib ishlatish mumkin edi. Keyingi loyiha ikki kishilik qayiq boʻlib, dami chiqarilganida rukzakka solinishi yoki suv oʻtmas koʻrpa qilib ishlatilishi mumkin edi.

Kanada tadqiqotchilari tomonidan maqtovlarga erishishiga qaramay, Halkett loyihalariga koʻp xaridor topilmagan, uning oʻzi esa Qirollik Flotini qayiqlar dengiz xizmatida asqotishiga ishontira olmagan. Ularni baliqchi va oʻrdak ovlovchilarga sotish natijasiz boʻlib, tijoiy muvaffaqiyatsizlikka olib keldi. Bugungacha faqat ikki, biri orkneylik tadqiqotchi John Rae, boshqasi Manitoba muzeyiga tegishli Halkett qayiqlari yetib kelgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Izohlar

Manbalar