Hakeeb Adelakun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hakeeb Adelakun
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Hakeeb Adeola Abiola Ayinde O. O. J. Adelakun[1]
Tavallud sanasi 11-iyun 1996-yil (1996-06-11) (27 yosh)
Tavallud joyi Hackney, Angliya
Boʻyi 1.90 m[2]
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Gillingham (ijara)
Raqami 21
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
  • West Ham United
  • Professional faoliyati*
    Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
    2012—2018 Scunthorpe United 139 (16)
    2018—2021 Bristol City 7 (0)
    2020Rotherham United (ijara) 9 (0)
    2020—2021Hull City (ijara) 14 (3)
    2021 Lincoln City 25 (2)
    2022Gillingham (ijara) 12 (0)
    *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
    (2022-yil 29-oktyabr uchun)

    Hakeeb Adeola Abiola Ayinde O.O.J. Adelakun (talaffuzi: Hakib Adeola Abiyola Ayinde) (1996-yil 11-iyunda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Hakeeb Adelakun „Gillingham“ futbol klubida oʻynaydi.

    Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

    Scunthorpe United[tahrir | manbasini tahrirlash]

    Hakeeb Adelakun „Crystal Palace“ va „West Ham United“ futbol klublarining yoshlar jamoalarida tarbiyalangan[3]. Keyinchalik, yoshlar futboli „Scunthorpe United“ futbol klubi tarkibiga qoʻshilgan. Hakeeb Adelakun klub safidagi ilk oʻyinini 2012-yilning 29-dekabrida Prenton Parkda „Tranmere Rovers“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan[4]. Hakeeb Adelakun 16 yosh-u 201 kunligida maydonga tushgan klubning eng yosh futbolchisiga aylandi[5].

    Hakeeb Adelakun 2013—2014-yilgi mavsumda 28 ta oʻyinda maydonga tushgan va 2 ta gol urgan. Bu mavsumda „Scunthorpe“ futbol klubi Birinchi ligaga koʻtarilgan edi. 30-noyabr kuni Hakeeb Adelakun „Scunthorpe“ klubi uchun oʻzining birinchi golini „Torquay United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (3:1) kiritgan[6]. Hakeeb Adelakun 2017-yil dekabr oyida EFL ligasida oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan[3].

    Bristol City[tahrir | manbasini tahrirlash]

    2018-yil iyul oyida, „Scunthorpe“ klubidagi shartnoma muddati tugaganidan soʻng, Hakeeb Adelakun chempionat vakili „Bristol City“ futbol klubiga uch yillik shartnoma asosida qoʻshilgan[7].

    Hakeeb Adelakun 2020-yilning 9-yanvarida „Rotherham United“ futbol klubi bilan 2019—2020-yilgi mavsum oxirigacha amal qiladigan kelishuv imzolashga erishgan[8]

    2020-yilning 24-sentyabrida Hakeeb Adelakun „Hull City“ futbol klubi bilan mavsumiy ijara shartnomasini imzolagan[9]. Hakeeb Adelakun 2020-yilning 26-sentyabr kuni „Northampton Town“ klubi mehmoni boʻlib, „Hull City“ klubi safida birinchi oʻyinini oʻtkazgan[10]. Hakeeb Adelakun klubdagi birinchi golini 2020-yil 3-oktyabrda „Plymouth Argyle“ futbol klubiga qarshi (1:0 hisobida gʻalaba) oʻyinda kiritgan[11]. 2021-yil 4-yanvarda Hakeeb Adelakun „Bristol City“ futbol klubi tomonidan chaqirib olingan.Shu bilan Hakeeb Adelakunning „Hull City“ klubidagi ijara shartnomasi muddati nihoyasiga yetgan[12].

    2021-yilning 14-mayida Hakeeb Adelakun shartnoma muddati tugaganidan keyin „Bristol City“ futbol klubini tark etgan[13].

    Lincoln City[tahrir | manbasini tahrirlash]

    2021-yil 26-iyulda Hakeeb Adelakun uzoq muddatli shartnoma asosida „Lincoln City“ futbol klubi jamoasiga qoʻshilgan[14]. Hakeeb Adelakun „Lincoln City“ klubidagi debyut oʻyinini mavsumning birinchi kunida, „Gillingham“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan[15]. Hakeeb Adelakunning klubdagi birinchi goli 2021-yil 31-avgust kuni „Bradford City“ futbol klubi darvozasiga urilgan.

    Gillingham FC[tahrir | manbasini tahrirlash]

    2022-yil 15-avgustda Hakeeb Adelakun mavsum uchun ijara asosida „Gillingham“ futbol klubiga oʻtgan[16].

    Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

    Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
    Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
    Scunthorpe United 2012—2013 Birinchi liga 2 0 0 0 0 0 0 0 2 0
    2013—2014 Ikkinchi liga 28 2 1 0 0 0 0 0 29 2
    2014—2015 Birinchi liga 32 6 5 0 1 0 2 0 40 6
    2015—2016 Birinchi liga 21 2 3 1 1 0 1 0 26 3
    2016—2017 Birinchi liga 17 2 0 0 2 0 4 2 23 4
    2017—2018 Birinchi liga 39 4 3 1 2 0 5 0 49 5
    Jami 139 15 12 2 6 0 12 2 169 19
    Bristol City 2018—2019 Chempionat 5 0 0 0 0 0 5 0
    2019—2020 Chempionat 0 0 0 0 0 0 0 0
    2020—2021 Chempionat 2 0 2 0 0 0 4 0
    Jami 7 0 2 0 0 0 8 0
    Rotherham United (ijara) 2019—2020 Birinchi liga 9 0 9 0
    Hull City (ijara) 2020—2021 Birinchi liga 14 3 0 0 0 0 3 0 17 3
    Lincoln City 2021—2022 Birinchi liga 23 2 1 0 1 0 3 1 30 3
    2022—2023 Birinchi liga 2 0 0 0 0 0 0 0 2 0
    Jami 25 2 1 0 1 0 3 1 32 3
    Gillingham 2022—2023 Ikkinchi liga 12 0 0 0 1 0 3 0 16 0
    Jami 206 21 16 2 8 0 21 3 251 26

    Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

    1. „EFL: Club retained and released lists published“. English Football League (23-iyun 2016-yil). Qaraldi: 6-oktabr 2017-yil.
    2. „Hakeeb Adelakun - Midfielder - First Team - Rotherham United“. Rotherham United F.C.. 2020-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-mart 2020-yil.
    3. 3,0 3,1 „Hakeeb Adelakun: Scunthorpe United winger wins EFL Young Player of the Month award“. BBC Sport (20-dekabr 2017-yil).
    4. „Tranmere 1–0 Scunthorpe“. BBC Sport. Qaraldi: 21-fevral 2013-yil.
    5. „Scunthorpe United newcomer Hakeeb Adelakun already a record breaker“. This is Scunthorpe. 2013-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2013-yil.
    6. „Scunthorpe 3–1 Torquay“. BBC Sport (30-noyabr 2013-yil). Qaraldi: 7-iyul 2014-yil.
    7. „Hakeeb Adelakun: Bristol City sign former Scunthorpe United midfielder“. BBC Sport (2-iyul 2018-yil). Qaraldi: 2-iyul 2018-yil.
    8. „Hakeeb Adelakun: Rotherham United sign winger on loan from Bristol City“. BBC Sport (9-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 9-yanvar 2020-yil.
    9. „Hakeeb Adelakun joins Hull City on season-long loan“. Hull City A.F.C. (24-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 24-sentabr 2020-yil.
    10. „Northampton Town v Hull City“. BBC (26-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 26-sentabr 2020-yil.
    11. „Hull City v Plymouth Argyle“. BBC (3-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 3-oktabr 2020-yil.
    12. „Adelakun Recalled By Bristol City“. Hull City A.F.C. (4-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2021-yil.
    13. „Bristol City Announce Retained List“. Bristol City F.C. (14-may 2021-yil). Qaraldi: 14-may 2021-yil.
    14. „Creative winger Adelakun signs for Imps“. Lincoln City F.C. (26-iyul 2021-yil). Qaraldi: 26-iyul 2021-yil.
    15. „Match report: Gillingham 1 Imps 1“. Lincoln City F.C. (7-avgust 2021-yil).
    16. „Adelakun joins Gillingham on loan“. Lincoln City FC (15-avgust 2022-yil). Qaraldi: 15-avgust 2022-yil.