Habibullo Tursunmatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Habibullo Tursunmatov
Tavalludi 1-iyul 1943-yil

Habibullo Tursunmatov — 1943-yil 1-iyulda Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanida tugʻilgan. 1973-yili Andijon davlat pedagogika institutining Iqtisod yoʻnalishini tamomlagan[1].Uning nasriy, publitsistik va tarjima asarlari mahalliy, respublika va xorijiy matbuotda hamda bir qator toʻplamlarda eʼlon qilingan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Habibullo Tursunmatovning ilk ijod namunalari 1969-yili „Sharq yulduzi“ jurnalida „Xayolimda Diloromim“ sarlavhasi bilan bosilgan. 1975-yili „Dilroz“, 1977-yili „Dars“, 1980-yili „Kelinchak“, 1985-yili „Visol umidi“ nomli kitoblari chop etilgan. Adib mustaqillik yillarida ham faol ijod qildi. 1998-yili „Qon sachragan oy“ qissasi, 2000-yili „Yolqin“ va 2016-yili „Tikansiz gul zahri“ romanlari oʻz muxlislarini topgan. „Yolqin“ tarixiy romani 2013-yili qirgʻiz tiliga tarjima etilib, Bishkek shahrida nashr qilingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

³