Xabibulla Akilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Habibullo Oqilovdan yoʻnaltirildi)
Akilov Xabibulla Ataullaevich
Tavalludi 1959-yil
Fuqaroligi Sovet IttifoqiOʻzbekiston
Sohasi Tibbiyot

Akilov Xabibulla Ataullaevich (1957-yilda tugʻ.) — Tibbiyot fanlari doktori, professor. Tibbiyot xodimlari kasbiy alakasini rivojlantirish markazi (TXKMRM) direktori.

Taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

1980-yilda Osiyo Pediatriya tibbiyoti institutini (SAMPI) (hozirgi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti) tamomlagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mehnat faoliyatini 1980-yilda SAMPIning „Normal anatomiya“ kafedrasi assistenti sifatida boshlaydi va u yerda 1982-yilgacha ishlaydi. 1983-yildan V.Vohidov nomidagi RIJIATMda klinik ordinator, 1985-yildan ilmiy xodim, 1991-yildan katta ilmiy xodimisifatida faoliyatini davom ettiradi. 1998-yilda ushbu muassasa direktori etib tayinlanadi.

2003-yildan ToshVMOIda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor etib tayinlanadi..

2017-yildan hozirgi kungacha Tibbiyot xodimlari kasbiy malakasini rivojlantirish markazi (TXKMRM) direktori boʻlib ishlamoqda[1].

Siam egizaklari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilning 19-dekabr kuni O‘zbekiston Respublika perinatal markazi qoshidagi Neonatal xirurgiya o‘quv-davolash-metodik markazi shifokorlari qirg‘izistonlik siam egizaklarni jarrohlik yo‘li bilan ajratib oldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi tarqatgan xabarga ko‘ra[2][3], bu ilk bor to‘liq o‘zbek shifokorlari o‘tkazgan o‘ta murakkab amaliyot hisoblanadi[4].

Neonatal xirurgiya markazi shifokorlari tanasining qorin qismi birlashgan qirg‘izistonlik siam egizaklarini jarrohlik yo‘li bilan ajratib oldi. Bu amaliyotda Baxtiyor Ergashev ham qatnashdi[4].

Fotima va Zuhra ismlk siam egizaklari tanasining qorin qismi, jigari bilan birlashgan edi. Bitta ichki aʼzolarga ega egizaklarni ajratish murakkab va xavfli amaliyot hisoblanadi.

Egizaklar 2022-yil 31-mayda dunyoga kelgan bo‘lib[5], tug‘uruqdan 10 kun o‘tgach, ota-onaga bolalarning yashab qolish imkoni umuman yo‘qligi aytilib, uyiga ruxsat berilgan. Ammo farzandlarining yashab ketishidan umid uzmagan ota-ona oradan bir oy o‘tgach, O‘zbekistondagi Respublika perinatal markazi qoshidagi neonatal xirurgiya markazi rahbari Baxtiyor Ergashevga telefon orqali murojaat qilishadi[6].

Baxtiyor Ergashev ularni yanada chuqur tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish zarurligini aytadi. Ammo O‘sh shahrida buning imkoni yoʻq edi. Lekin, Ergashev egizaklarni har oy onlayn tarzda tibbiy nazorat qilib boradi. 2022-yilning oktyabr oyida chaqaloqlar Respublika perinatal markazining Neonatal xirurgiya o‘quv-davolash-metodik markaziga olib kelinadi. Bu vaqtda ular 5 oylik edi[6].

Egizaklari bir-biridan ajratilgach, Fotimaxonni Baxtiyor Ergashev, Nasriddin Ergashev va Nurbek Egamnazarov operatsiya qilgan boʻlsa, Zuhraxonni esa Habibullo Oqilov, Javlon Muxtorov va Abdujamil Abdug‘aniyevdan iborat neonatal xirurglar jamoasi operatsiya qildi[6].

O‘zbekistonda siam egizaklarini ajratish boʻyicha amaliyot avval faqat bir marta Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida oʻtkazilgan va chet eldan chaqirilgan mutaxassis boshchiligida va bevosita ishtirokida kechgan[4].

Yoʻnalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xabulla Akilov faoliyatining asosiy yoʻnalishi jigar va oʻt yoʻllarining jarrohligi, portal gipertenziya asoratlarini jarrohlik yoʻli bilan davolash, qorin boʻshligʻi aʼzolarining endoskopiyasi hisoblanadi. U bolalar jarrohligida koʻzga koʻringan olim hisoblanadi.

Ilmiy ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xabibulla Akilov 6 ta monografiya, 450 dan ortiq nashrlar, 250 dan ortiq ilmiy maqolalar (45 tasi xorijiy nashrlarda), 13 ta patentlar, bir qator mualliflik guvohnomalari, ratsionalizatorlik takliflari, uslubiy tavsiyalar muallifi. Xalqaro Web of Science maʼlumotlar bazasida nashrlari mavjud.

Deputatlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga deputat etib bir necha marta saylangan va ozirda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi (to‘rtinchi chaqiriq) deputati.

Aʼzolik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilmiy jurnallar tahririyati aʼzosi, Oliy attestatsiya komissiyasi ekspertlar kengashi aʼzosi, Jahon jarrohlar assotsiatsiyasi, Pirogov nomidagi Xalqaro jarrohlar assotsiatsiyasi aʼzosi, O‘zbekiston Respublikasi Shoshilinch tibbiy yordam shifokorlari assotsiatsiyasi boshqaruvi aʼzosi, Rossiya va MDH davlatlari gepatologlari xalqaro assotsiatsiyasi boshqaruvi aʼzosihisoblanadi

O‘zbekiston bolalar jarrohlari ilmiy jamiyati raisi, Rossiya tibbiyot va texnika fanlari akademiyasi akademigi.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash aʼlochisi (2000), „O‘zbekiston mustaqilligiga 10 yil“, „O‘zbekiston mustaqilligiga 20 yil“, „O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil“ ko‘krak nishonlari, Georgiy nomidagi „Shon-sharaf, mehnat“ medali sohibi (Ukraina). „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni[7] sohibi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]