Habibullo Joʻrayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Habibullo Joʻrayev — (1961, Fargʻona viloyati) adabiyotshunos, Filologiya fanlari nomzodi (1993), doktori (2008). Habibullo Jo’rayev 1961-yil 13-martda Fargʻona viloyatidagi Beshariq tumanida tug’ilgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fargʻona davlat pedagogika instituti (hozirda Fargʻona davlat universiteti)ning oʻzbek filologiyasi tamomlagan (1984). „Pedagog“ (hozirgi „Fargʻona taʼlim xabarlari“)gazetasining mas’ul kotibi va muxarriri (1986-1989). Oʻzbek adabiyotshunosligi kafedrasida oʻqituvchi (1989). Fargʻona davlat universiteti Tahririyat va nashriyot markazi boshligʻi (2002-yildan). Bir qator ilmiy monografiya va ilmiy-ommabop risolalar muallifi.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Eng yaxshi voiz“ Respublika koʻrik-tanlovi gʻolibi (2001). Oʻrta asrlar Sharq adabiyoti namoyondalari ilmiy-adabiy merosini oʻrganish va targʻib qilish boʻyicha amalga oshirgan ishlari uchun Xalqaro „Antik dunyo“ akademiyasining professori unvoniga sazovor boʻlgan (2008)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. XX asr Oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Toshkent: «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» [2016] — 456 bet.