Habib Abdullayev mahallasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Habib Abdullayev mahallasi — Mirzo Ulugʻbek tumanidagi mahallalardan biri. „Shaxrisabz“, „Umid“, „Baxor“, „Olimlar“ mahallalari bilan chegaradosh. 1993- yil dekabrda tashkil etilgan. Akademik A.Abdullayev nomi bilan nomlangan. Axolisi 3200 kishi, aksariyati ruslar (2240 kishi), shuningdek, oʻzbeklar (680) va 13 millat vakillari yashaydi. Mahalla hududida „Sitora savdo“ MCHJ aholiga xizmat qilib kelmoqda[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent ensiklopediyasi 2009, s. 751.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 780 bet.