Ha Ji Won

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ha Ji Won

Ha Ji Won 2023-yil
Tavalludi 1978-yil 28-iyun
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Taʼlimi Dankook Universiteti
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1996-yildan-hozirgacha

Jeon Hae Rim (koreyscha:전해림; 1978-yil 28-iyun) – Janubiy Koreyalik aktrisa. Sahna ismi Ha Ji Won bilan tanilgan. U „Damo“(2003), „Hwang Jini“(2006) va "Empress Ki "(2013-2014) kabi tarixiy dramalaridagi rollarii bilan mashhur. Undan tashqari „Something Happened in Bali“(2004), „Secret Garden“(2010), „ The King 2 Hearts“(2012) va „Hospital Ship“(2017) teleseriallarda ham ishtirok etgan.

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jeon Hae Rim 1978-yil 28-iyunda Janubiy Koreyaning Seoul shahrida tugʻilgan[1]. Aktrisa shunday dedi: „Kichikligimdan aktrisa boʻlishni orzu qilardim. Oʻrta maktabda oʻqiyotganimda, fotostudiyada suratimni koʻrib, agentlik men bilan bogʻlangan“. Keyinchalik u Dankook universitetining Kino va televideniye (BFTV) bakalavriatini tamomlagan. 2012-yilda aktrisa debyutidan oldin 100 dan ortiq imtihonlardan oʻta olmaganini aytdi: „Men kollejga kirish va yozma imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtdim, teatr va kino boʻlimiga qabul qilindim. Debyutimdan oldin men 100 ga yaqin loyihalar uchun imtihondan oʻtmagandim va xech qanaqa rollarni ololmagandim“.

Ha Ji Won 1996-yilda „New Generation Report: Adults Donʼt Understand Us“ nomli oʻsmirlar dramasida rol ijro etgan. 1998-1999-yillarda mos ravishda „Dragonʼs Tears“ va „Dangerous Lullaby“ dramalarida ikkinchi darajali rollarni oʻynashni davom ettirgan. U muammoli oʻsmir rolini oʻynagan mashhur „Shcool 2“ dramasi orqali aktrisa sifatida shuhrat boshlagan. 2007-yilda ji Won „Miracle on 1st Street“ komediya filmida bokschi ayol rolida oʻzini sinab koʻrgan. Bu film oʻsha yilning eng mashhur filmilaridan biriga aylandi[2]. Keyin u „Miracle of a Giving Fool“ filmida pianinochi rolini oʻynagan va 44th Baeksang Arts Awardsda Mashhurlik mukofotiga sazovor boʻlgan[3].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Popular Star Award(2008)
  • Best New Actress – Television(2001)
  • Best Supporting Actress(2000)
  • Best Actress(2011)
  • Best Couple Award(2006)
  • Style Icon(2016)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „[SC 페이퍼진 하지원 "흥행배우 부담가지만 기분 짱!"“] (ko). Sports Chosun (2010-yil 27-iyul). 2022-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-noyabr.
  2. „Ha Ji-won: 'I Might Have Been Warrior in My Past Life'“. KBS World (2011-yil 2-avgust). 2018-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-oktyabr.
  3. „Local films foray into Chinese market“. The Korea Times. 2015-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-aprel.