Gullar savati (Fabergé tuxumi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gullar savati Fabergé tuxumi
Yetkazib berilgan yil 1901
Mijoz Nikolay II
Qabul qiluvchi Alexandra Feodorovna
Amaldagi egasi
Individual yoki muassasa Elizabeth II
Sotib olish yili 1953
Dizayn va materiallari
Ish ustasi Noma'lum
Foydalanilgan materiallar Kumush, marvarid, emal, oltin, yuzlab olmoslar va shaffof boʻlmagan turli xil rangli zumradlar
Boʻyi 230 mm
Eni 100 mm
Oʻziga xos xususiyati Noma'lum

Gullar savati tuxumi - 1901-yilda rus zargari Peter Carl Fabergé nazorati ostida tayyorlangan marvaridli sirlangan Pasxa tuxumi. Fabergé tuxumi Rossiya podshosi Nikolay II uchun tayyorlangan. Nikolay II Gullar savati tuxumini rafiqasi imperator Alexandra Feodorovnaga sovg'a qilgan[1][2].

Gullar savati tuxumining ichidagi sovg'a mavjud yoki yo'qligi noma'lum hisoblanadi. Gullar savati tuxumining ichidagi sovg'a haqida yoki u bilan birga biriktirilganligi to'g'risida hech qanday dalil yo'q hamda hech qanday hujjat yoki fotosurat topilmagan[3]. Gullar savati tuxumini Fabergé ustaxonasidagiustalardan biri tayyorlagan.Biroq ustaning ismi qayd etilmagan va tuxumning o'zida ishlab chiqaruvchining belgilari yoki ishlab chiqarishning boshqa belgilari mavjud emas. Bu esa bir nuqtada tuxumning haqiqiyligiga shubha tug'diradi. Gullar savati tuxumi tuxum shaklidagi kumushrang zarhal ustritsa gilyosi savati shaklida ishlab chiqilgan bo'lib, unga soxta apelsin, romashka, pansylar, makkajo'xori gullari va jo'xori gullari guldastasi sifatida joylashtirib chiqilgan. Gullar savati tuxumining old tomonida olmoslar yordamida "1901" sanasi ko'rsatilgan. Gullar savati tuxumi ko'k emallangan poydevor ustiga joylashtirilgan (poydevor asl emas - asl poydevor oq emal bilan ishlov berilgan. Bu poydevor rus inqilobi paytida buzilgan va hozirgi ko'k rangdagi poydevor bilan almashtirilgan) va oltindan yasalgan savat tutqichi bilan o'ralgan. Vaza va tuxum ham olmosdan yasalgan panjara bilan bezatilgan[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gullar savati tuxumining mavjudligi ishlab chiqarilganidan beri aniq bo'lsa-da, uning "imperator" tuxumi (ya'ni, Fabergé ustaxonasida tayyorlangan va podshohning xotini yoki onasi uchun Pasxa sovg'asi sifatida mo'ljallangan tuxum) haqiqiyligi ba'zilar uchun shubhali edi. 1949-yildan boshlab, ba'zi rasmiylar tuxumni imperator uchun tayyorlanmagan Fabergé ijodi sifatida aniqlashni boshladilar. 1979-yilda, boshqa rasmiylar bu butunlay boshqa zargarning ishi, Fabergéga taqlid qilgan Parijlik Boucheronning ishi, deb da'vo qila boshladilar. 1991-yilda mutaxassislar bu tuxum haqiqatan ham 1901-yilgi Rossiya podshosi Nikolay II ning xotiniga Pasxa sovg'asi ekanligi va Fabergé ustaxonasidagi ustalar tomonidan rasman imperator uchun tayyorlangan Fabergé tuxumiga aylantirilganiga rozi bo'lishdi.

1933-yilda tuxum Antikvariat ( Sovet muassasasi) tomonidan, ehtimol, londonlik antikvar sotuvchilar Wartski Emanuel Snowmanga sotilgan va u Meriy Teck tomonidan sotib olingan va 1953-yilda qirolicha Elizabeth II tomonidan meros qilib olingan. U Qirollik kollektsiyasida saqlanib qolgan[1].

1901-yilda Fabergé tomonidan chiqarilgan hisob-fakturada: "Pasxa tuxumi, oq emal. Yovvoyi guldastali savat, 4176 atirgul bilan kesilgan olmos va 10 ta marvarid" (o'zbek tiliga tarjimasi). Ko'p yillar davomida bu asarda marvaridlar yo'qligi va ular kutilmagan hodisalar bilan bog'liq bo'lishi mumkinligiga ishonishgan. 2019-yilda Fabergé ishqibozining iltimosiga ko'ra, Royal Collection Trust xodimlari tomonidan obyektni tekshirish tuxumda dastlab hisob-fakturada qayd etilgan o'nta marvarid borligini isbotladi[3].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 ''Fabergé in the Royal Collection. „Royal Collection - Basket of Flowers Egg“. Qaraldi: 2011-yil 2-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 „1901 Flower Basket Egg“. Mieks Faberge Eggs. www.wintraecken.nl. Qaraldi: 2016-yil 28-may.
  3. 3,0 3,1 Juan F. Déniz. Fabergé Basket of Flowers Egg: Mystery of pearls unveiled. Qaraldi: 2019-yil 10-avgust.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]