Guliston davlat pedagogika instituti akademik litseyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akademik litsey haqida maʼlumot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Guliston davlat pedagogika instituti akademik litseyi
(GDPIAL)
Xalqaro nomi Academic lyceum of Gulistan state pedagogical institute
Asos solingan 2022-yil
Manzili Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani, Navro'z mahallasi, Mustaqillik ko'chasi, 1-uy.
Vebsayti https://gdpial.uz


Guliston davlat pedagogika instituti akademik litseyi (GDPIAL) – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi „Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-289-son qaroriga muvofiq tashkil etildi.[1]

Taʼlim muddati 2 yil. Akademik litsey oʻrta maxsus maʼlumot beradi. Akademik litseyda oʻquvchilar oʻzlari tanlab olgan taʼlim yoʻnalishi (gumanitar, texnika va boshqa sohalar) boʻyicha bilim saviyalarini oshirish hamda fanlarni chuqur oʻrganishga qaratilgan maxsus bilim olish imkoniyatiga ega boʻladilar. Akademik litseyni bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan diplom beriladi va u taʼlimning keyingi bosqichlarida oʻqishni davom ettirish yoki egallagan ixtisoslik boʻyicha ishlash imkoniyatini beradi.

Guliston davlat pedagogika instituti akademik litseyining 3 qavatli binosi 2001 yil qurib, foydalanishga topshirilgan. Jami 540 nafar oʻquvchi taʼlim olishi uchun moʻljallangan.

Oʻquv binosining 1-qavati 9 ta fan xonalarida akademik litseyining „Aniq fanlar“, „Tabiiy fanlar“, „Ijtimoiy gumanitar“ va „Xorijiy tillar“ yoʻnalishlari boʻyicha toʻrtta guruhda jami 86 nafar oʻquvchilar kichik guruhlarga boʻlib dars mashgʻulotlari oʻtilmoqda, hamda 12 ta xonada akademik litseyning maʼmuriyat xodimlari ish faoliyatini yuritmoqda. 2024/2025 oʻquv yilida akademik litseyga 200 nafar umumtaʼlim maktabi oʻquvchilarini qabul qilish rejalashtirilgan.

Oʻquvchilar yotoqxonasi 3 qavatdan iborat, 200 oʻringa moʻljallangan boʻlib, 1-qavatida hozirda 65 nafar akademik litsey oʻquvchilari yashamoqda.

Oʻquv bino va oʻquvchilar turar joyi binosining 3 ta qavatida ham isitish moslamalari toʻliq, hamda oʻquvchilar turar joyi binosining 1 va 2-qavatlari xonalari toʻliq taʼmirlangan.

Rahbariyat va professor oʻqituvchilar tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akademik litsey ijrochi direktori v.v.b. – Maxmudov Qaxramon Baxtiyorovich

Moliya-iqtisod ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari – Najmiddinov Abduvoxid Abdurazzoqovich

Yoshlar bilan ishlash boʻyicha direktor oʻrinbosari – Joʻraboyev Doston Alijon oʻgʻli

Boʻlim boshligʻi – Qurbonov Jamshid Shavkativich

Bosh hisobchi – Botirov Javoxirbek Xayrullo oʻgʻli

Xodimlar boʻlimi inspektori – Xalikova Nargiza Botir qizi

Akademik litseyda jami 18 nafar pedagog xodim, 4 nafari asosiy va 12 nafari oʻrindoshlik asosida faoliyat yuritib kelmoqda. Shulardan, 4 nafari katta oʻqituvchi, 4 nafari yetakchi oʻqituvchi va 10 nafari oliy maʼlumot oʻqituvchilarni tashkil etadi.

Akademik litseyning asosiy oʻqituvchilari:

Xaydarov Xusniddin Baxriddin oʻgʻli

Gʻaniyev Baxrillo Baxtiyor oʻgʻli

Ibragimova Shahnoza Tojiddin qizi

Asqarov Baxtiyor Erkin oʻgʻli

Taʼlim yoʻnalishlari va oʻquvchilar haqida maʼlumot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi kunda akademik litseyda 4 ta yoʻnalishda 86 nafar oʻquvchilar tahsil olishmoqda. Ular:

Taʼlim yoʻnalishi nomi Oʻquvchilar soni
1 Aniq fanlar-1 17 nafar
2 Tabiiy fanlar-1 21 nafar
3 Ijtimoiy-gumanitar fanlar-4 22 nafar
4 Xorijiy tillar 26 nafar

Talabalar hayoti va yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023 yil sentabr oyida akademik litsey oʻquvchilar jamoasi „Zakovat“ intellektual oʻyinining viloyat bosqichida 3-oʻrinni qoʻlga kiritib, Toshkent shahrida oʻtkazilgan Respublika bosqichida faxrli oʻrinni egallashdi.

Akademik litseyning „Xorijiy filologiya“ yoʻnalishi 104-guruh oʻquvchisi Raxmatullayeva Asal Xayrulla qizi Nemis tili fanidan fan olimpiadasining uchinchi viloyat bosqichida 1-oʻrinni egallab, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Joriy yil 15-22 iyul kunlari Germaniyaning Goʻttingen shahrida „Ilm kelajak poydevori“ shiori ostida xalqaro nemis tili olimpiadasining 2024 yil 16-fevralda Toshkent shahridagi Gyote institutidagi saralash bosqichida qatnashib, sovrinli oʻrinni egalladi.

Guliston davlat pedagogika instituti akademik litsey oʻqituvchi-xodimlari va oʻquvchi-yoshlari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32-yilligi munosabati bilan „Huquqiy savodxonlik oyligi“ doirasida „Yangi Oʻzbekiston va inson huquqlari“ mavzusiga bagʻishlangan maʼruza darsi boʻlib oʻtdi.

2023-yilning 29-sentabrda Guliston davlat pedagogika instituti akademik litseyining oʻgʻil bolalari oʻrtasida „Besh tashabbus olimpiadasi“ doirasida futbol boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.

2023 yil 21 oktabrda Akademik litseyida Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan Guliston davlat pedagogika instituti „Oʻzbek tili va tillarni oʻqitish“ kafedrasi mudiri B.Qurbonov, oʻqituvchilar R.Ubaydullayeva, S.Boboyevalar bilan birgalikda talaba yoshlar uchun ochiq maʼruza oʻtkazildi.

2023 yil 13 oktabrda Akademik litseyida „Besh tashabbus olimpiadasi“ doirasida qizlar oʻrtasida voleybol boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.

„Yashil makon“ umummilliy loyihasi doirasida akademik litsey hududidagi 0.85 ga yer maydoni texnika yordamida haydalib, 0.20 ga yer maydoniga 285 tup manzarali va 465 tup mevali koʻchatlar ekildi. 850 metr beton ariqlar tozalandi. 200 metr bardyorlar oqlandi. 2500 tup daraxtlarga shakl berilib, oqlandi. 3,5 tonna chiqindi chiqarildi. 

2023 yil 13 noyabrda Akademik litseyda „Besh tashabbus olimpiadasi“ doirasida oʻgʻil bolalar oʻrtasida voleybol boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.

2023 yil 18 noyabrda Akademik litseyida „Muqaddasdir Vatan bayrogʻi“ shiori ostida Guliston davlat pedagogika instituti „Ijtimoiy fanlar va sanʼatshunoslik“ kafedra oʻqituvchisi A. N. Tursunkulov ishtirokida tadbir boʻlib oʻtdi.

Akademik litseyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-noyabridagi "Umumiy oʻrta maxsus, professional taʼlim va oliy taʼlim muassasalarida oʻquvchi va talabalarga „Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun – mohiyatini oʻrganish“ maxsus kursini oʻqitishini tashkil etish toʻgʻrisida"gi 3/18-72-sonli sonli buyrugʻini ijrosini taʼminlash maqsadida oʻquvchilariga oʻquv kursi tashkil etildi.

2023 yil 6 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-yilligi munosabati bilan Guliston davlat pedagogika instituti akademik litseyi oʻquvchi yoshlar oʻrtasida „Konstitutsiya bilimdoni“ olimpiada bellashuvi oʻtkazildi.

2023 yil 15 dekabrda „Biz OITSga- qarshimiz“ mavzusida maʼnaviy va maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

2023 yil 19 dekabrda Guliston davlat pedagogika institutidan „Pedagogika“ kafedrasi mudiri S. I. Qulmamatov, kafedra dotsentlari p.f.n R. N. Ergashev, p.f.n. A. A. Bolibekov va katta oʻqituvchi U. Q. Xoliqovlar, „Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi“ kafedrasi oʻqituvchilari D. I. Ilxomjonovich, B. R. Joniqulov va D. U. Umaraliyevlar akademik litsey oʻquvchilarni kasbiy yoʻnalishi boʻyicha ochiq darslar oʻtishdi.

2023 yil 21 dekabrda Guliston davlat pedagogika instituti akademik litseyida „Besh tashabbus olimpiadasi“ doirasida oʻquvchilar oʻrtasida tennis boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.

2023 yil 13 yanvarda Guliston davlat pedagogika instituti akademik litseyida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda 14 yanvar – „Vatan himoyachilari kuni“ munosabati bilan „Mard oʻgʻlon“ shiori ostida guruhlar oʻrtasida musobaqa boʻlib oʻtdi.

2024 yil 9 fevralda Guliston davlat pedagogika instituti akademik litseyida buyuk mutafakkir olim, gʻazal mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bagʻishlangan „Gʻazal mulkining sultoni“ nomli badiiy ochiq maʼruza tadbiri tashkil etildi.

2024 yil 14 fevralda Guliston davlat pedagogika instituti akademik litseyida oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat arbobi, sarkarda va boburiylar sulolasi asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bagʻishlangan tadbir tashkil etildi.

Axborot resurs markazi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Guliston davlat pedagogika instituti akademik litseyi Axborot –kutubxonasi fondi 10140 ta kitobni tashkil etadi, shundan darslik va oʻquv qoʻllanmalar 78 nomda 8220 nusxada, badiiy adabiyotlar −217 nomda 699 nusxada, ilmiy-ommabop adabiyotlar −23 nomda 47 nusxada, siyosiy adabiyotlar – 49 nomda 893 nusxada, boshqa turdagi adabiyotlar 500 ta, shulardan rus adabiyotlari 496 ta, oʻzbek adabiyotlari 193 tani tashkil etadi. Toʻrtta yoʻnalishdagi jami 102 nafar oʻquvchilar va 5 nafar asosiy 13 nafar oʻrindosh oʻqituvchilar aʼzo boʻlishgan. Kitob aylanma fondi bir oyda 250 tani tashkil etadi. 120 nomdagi elektron adabiyotlar mavjud. Yoʻnalishlar kesimida oʻquvchilarga fanlar boʻyicha barcha oʻquv darsliklarga ehtiyoj mavjud. 2024-2025 oʻquv yili uchun 1 kurslar uchun 5 nomda 780 ta, 2 kurslar uchun 15 nomda 1530 ta oʻquv darsliklarga buyurtma berilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI“ (oʻzbekcha). www.lex.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi „Adolat“ milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi (21-iyun 2022-yil). Qaraldi: 13-mart 2024-yil.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akademik litseyning rasmiy veb sayti