Grozdana Oluich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Grozdana Oluich
Tavalludi 30-avgust 1934-yil
Vafoti 16-mart 2019-yil(2019-03-16)
(84 yoshda)
Belgrad, Serbiya
Kasbi
  • Yozuvchi
  • tarjimon
  • muharrir
  • tanqidchi
Ijod qilgan tillari Serbian[1] va Ingliz tili
Fuqaroligi Yugoslaviya qirolligi, Territory of the Military Commander in Serbia, Democratic Federal Yugoslavia, Federal People's Republic of Yugoslavia, Socialist Federal Republic of Yugoslavia, Federal Republic of Yugoslavia, Serbiya va Chernogoriya va Serbiya
Alma mater Belgrad universiteti filologiya fakulteti

Grozdana Oluich (serbcha: Гроздана Олујић) — zamonaviy serb adabiyotining eng muhim namoyandalaridan biri, yozuvchi, tarjimon, tanqidchi, antolog. Romanlar, hikoyalar toʻplamlari, romanlar, bolalar va yoshlar uchun asarlar muallifi. Yarim asrdan ortiq adabiy faoliyati davomida Oluich Serbiya va Yugoslaviyaning eng nufuzli adabiy mukofotlari laureati va adabiy yutuqlari uchun Danebrog ordeni bilan taqdirlangan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Grozdana Oluich 1934-yil 30-avgustda Serbiyaning Yerdevik qishlogʻida tugʻilgan va maktabni Bechey shahrida tugatgan. Belgrad universitetining falsafa fakultetida ingliz tili va adabiyoti boʻyicha magistrlik darajasini olgan. Shon-sharaf Grozdana Oluichga erta keldi. 1958-yil 24 yoshida ilk romani „Izlet u nebo“ ashr etilgan. Kitob bestsellerga aylangan, bir qancha Yevropa tillariga tarjima qilingan va Yugoslaviya Respublikasining eng yaxshi romani uchun Xalq maʼrifati mukofotiga sazovor boʻlgan. Roman sahnaga moslashtirilgan va 1962-yilda kitob asosida Yugoslaviya rejissyori Yovan Zivanovich „Chudna devojka“ („Ajoyib qiz“) melodramasini yaratgan[2].

60-yillarda nashr etilgan „Glasam za ljubav“, „Ne budi zaspale pse“ va „Divlje seme“ romanlari, Grozdana Oluichni Yugoslaviya adabiyotining yetakchi mualliflaridan biri sifatida tanitgan.

1985-yilda nashr etilgan „Africka ljubičica“ toʻplamidagi „Igra“ qisqa hikoyasi Arnsberg (Germaniya) xalqaro tanlovining bosh mukofotiga sazovor boʻlgan. Toʻplamdagi deyarli barcha hikoyalar xorijiy tillarga tarjima qilingan va butun dunyo boʻylab (Germaniya, AQSh, Ukraina, Rossiya, Isroil, Hindiston, Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqalar) qisqa nasriy antologiyalariga kiritilgan. 2009-yilda yozuvchi „Glasovi u vetru“ romani bilan Serbiyaning asosiy adabiy mukofoti — NIN haftalik mukofoti laureati boʻlgan[3] .

Grozdana Oluich bolalar va yoshlar uchun bir qancha mashhur kitoblar muallifi. Uning qalamidan „Volshebnaya metla“ ertaklar toʻplami SSSRda 1985-yilda yuz ming nusxada nashr etilgan.

Ijodiga boʻlgan baholar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilda Tel-Avivda boʻlib oʻtgan „Mapping Boundaries, Identities and Contention: Twenty years after the fall of Yugoslavia“ simpoziumida isroillik tanqidchi va esseist Dina Katan Ben-Sion „Golosa na vetru“ romaniga: "Bundan buyon serb adabiyotining oʻziga xos „Yolgʻizlikning yuz yili“ bor deya taʼrif bergan[4][5].

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Romanlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Izlet u nebo (1958)
  • Ne budi zaspale pse (1964)
  • Divlje seme (1967)
  • Glasovi u vetru (2009)

Hikoyalar toʻplamlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Afrička ljubičica (1985)
  • La Violette Africaine (1992)

Bolalar va yoshlar uchun asarlar, ertaklar toʻplamlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Glasam za ljubav (1963)
  • Sedefna ruža i druge bajke (1980)
  • Nebeska reka i druge bajke (1984)
  • Zvezdane Lutalice (1987)
  • Snezni cvet i druge bajke (2004)
  • Jastuk koji je pamtio snove i druge bajke (2007)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (unspecified title)
  2. „Čudna devojka“. www.filmovi.com. 2011-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-noyabr.
  3. „GROZDANI OLUJIĆ NINOVA NAGRADA“ (sr-RS). City Magazine - Besplatni magazin za urbani životni stil. Qaraldi: 2018-yil 2-noyabr.
  4. „Des voix dans le vent“ (fr). Gaia (2013-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 2-noyabr.
  5. Radmima Gorup. Grozdana Olujic, Glasovi u vetru. Journal of the North American Society for Serbian Studies, 2009, vol.23, No.1