Grigoriy Shuxovtsov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shuxovtsov Grigoriy Sergeyevich
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud sanasi 10-iyun 1983-yil (1983-06-10) (40 yosh)
Chinoz, Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 211 sm
Vazni 120 kg
Sport
Qaysi sport Basketbol
Pozitsiyasi Markaz

Shuxovtsov Grigoriy Sergeyevich (1983-yil 10-iyunda tugʻilgan, Chinoz, Oʻzbekiston SSR) – rossiyalik professional basketbolchi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shuxovtsov faoliyatini Moskvaning „Dinamo“ klubi yoshlar jamoasida boshlagan. Birinchi mavsumida u oʻrtacha 5 ochko va 5,8 ribaund toʻplagan. Keyingi yillarda har bir oʻyinda 9,1 ochko va 7,3 ribaund toʻplagan. Mavsum davomida 50ta oʻyinda 48 ta zarba yoʻllagan.

2006—2007-yilgi mavsumda Grigoriy „Dinamo“ning asosiy jamoasida debyut qilgan, biroq 6ta oʻyinda maydonga tushgan. Mavsum davomida oʻrtacha 1,7 ochko va 2 ta ribaund qayd etgan. U mavsumning koʻp qismini „Dinamo-2“da oʻtkazgan va yoshlar oʻrtasidagi chempionatni 56,8% otish aniqligi bilan yakunlagan.

2008-yil yanvar oyida Shuxovtsov „Dinamo“dan Litvaning „Neptunas“ klubiga ijaraga berilgan va u yerda 9 oʻyinda oʻrtacha 7,9 ochko va 7,6 ribaund toʻplagan[1].

Litva chempionatining 2008—2009-yilgi mavsumida birinchi marta toʻliq harakat qilgan. Basketbolchi „Sakalay“ klubiga koʻchib oʻtgan va klub safida chempionatning 22 oʻyinida ishtirok etgan. Oʻshanda Grigoriy oʻrtacha 9,7 ochko va 7,6 ribaund qayd etgan.

2009-yilda Grigoriy Rossiyaga qaytib kelgan va „Lokomotiv-Kuban“dagi birinchi mavsumdan soʻng mamlakat terma jamoasiga taklif olgan.

Keyingi mavsumda Shuxovtsov ikki marta koʻproq (36 ta) oʻyinda qatnashgan. Oʻrtacha koʻrsatkich har bir oʻyinda 4,5 ochkogacha pasaygan, ammo otish foizi 50 dan pastga tushmagan (2011—2012-yilgi mavsumda 54,1).

2012-yil sentyabrda tizzasining oldingi xochsimon bogʻlami yorilib ketgan. Garastas kubogi oʻyinida Neptunas oʻyinchilaridan biri bilan baxtsiz toʻqnashuvda oyogʻini shikastlab olgan[2]. Oʻyin vaqti oz boʻlishiga qaramay, Grigoriy „Lokomotiv-Kuban“ga yevrokubokda gʻalaba qozonishga yordam bergan va 9ta oʻyinda oʻrtacha 4,1 ochko toʻplagan.

Shuxovtsov 2013—2014-yilgi mavsumni „SSKA“ klubida oʻtkazgan. Armiya jamoasi tarkibida Grigoriy 16 ta rasmiy oʻyinda qatnashgan (1 tasi boshlangʻich beshlikda), maydonda jami 66,5 daqiqa oʻtkazgan hamda shu vaqt ichida u 21 ochko, 16 ta toʻp, 2 ta pas amalga oshirgan[3].

2016-yilning fevral oyida Shuxovtsov 2015—2016-yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzolab, „Lokomotiv-Kuban“ga qaytgan[4].

2016-yilning iyun oyida u „Krasnodar“ klubi bilan shartnomasini 1 yilga uzaytirgan[5].

2017-yil iyul oyida Shuxovtsov „UNICS“ klubiga koʻchib oʻtgan[6]. Qozon jamoasi tarkibida u VTB Birlashgan ligasining 13 ta uchrashuvida qatnashib, 6 daqiqa davomida 1,9 ochko va 1,8 ribaund toʻplagan.

Grigoriy 2018-yilning oktyabr oyidan faoliyatini „Parma“da davom ettira boshlagan[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]