Ginni Rometty

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ginni Rometty
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 29-iyul 1957-yil (1957-07-29) (66 yosh)
Chikago, Illinoys, AQSH
Turmush oʻrtogʻi Mark Rometty
Taʼlim Shimoliy-g'arbiy universiteti (BS)

Ginni Rometty (1957-yil 29-iyul, AQSh) — Amerikalik ishbilarmon ayol[1][2], IBM korporatsiyasining toʻqqizinchi bosh direktori va kompaniyaning birinchi ayol direktori[3]. 2012-yil yanvar oyida Ginni Rometty IBMning prezidenti lavozimiga tayinlanadi. Rometty IBMning prezidenti boʻlishdan oldin IBMda savdo, marketing va strategiya boʻyicha ijrochi direktor, shuningdek, katta vitse-prezident[4][5][6], 1981-yilda IBMda kompaniyaning Detroitdagi ofisida tizim muhandisi lavozimlarida ishlagan[7]. Ginni Rometty ketma-ket oʻn yil davomida Fortune jurnalining „Biznesdagi eng kuchli 50 ayol“ roʻyxatida 2012, 2013 va 2014-yillari birinchi oʻrinni egalladi[8][9]. U shunga oʻxshash baʼzi jurnallarning roʻyxatiga kiritilgan[10][11][12]. Shunga qaramay, uning hayoti bir qator boshqa matbuot faoliyatlari tomonidan tanqid qilingan[13][14][15]. 2017-yilda Forbes jurnali Ginni Romettyni birinchi marta dunyodagi 100 ta eng kuchli ayollari roʻyxatida 10-oʻringa munosib deb topildi[16].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ginni Rometty 1957-yil 29-iyulda Virginiyaning Illinoys shtatida tugʻilgan[17]. Rometty italyan-amerikalik oilada yashagan. Oilada Rometty toʻrt farzand edi[18]. Uning ota-onasi ajrashishadi va oʻn besh yoshli Rometty onasi bilan birga qoladi[19]. Romettyning onasi oilani boqish uchun bir nechta ishlarga joylashadi[20]. Rometty esa kechqurun uy ishlarida onasiga yordam beradi. 1979-yilda Ginni Rometty Shimoliy-G'arbiy Universiteti qoshidagi Robert MakKormik muhandislik va amaliy fanlar maktabini kompyuter fanlari va elektrotexnika boʻyicha bakalavr darajasi bilan tugatdi[21]. U Rensselaer politexnika instituti (2014) va Shimoli-gʻarbiy universitetining (2015) faxriy doktori unvoniga sazovor boʻladi. Shuningdek, u Shimoliy Karolina shtat universitetini qizil diplom bilan bitiradi. Ginni Rometty Kappa Kappa Gamma birodarligining aʼzosi edi, keyinchalik, uning prezidenti boʻldi[22].

Prezident Donald Tramp IBMning bosh direktori Ginni Rometty bilan

1979-yilda universitetni tugatgach, Rometty General Motorsda ishlay boshladi. 1981-yilda u IBM kompaniyasining Detroitdagi ofisida tizim muhandisi lavozimida ishladi[23]. 1991-yilda u IBM Consulting Group kompaniyasida ishlay boshladi. 2002-yilda u „PricewaterhouseCoopers Consulting“ biznes konsulting kompaniyasini 3,5 milliard dollarga sotib oldi[24]. 2009-yilda Rometty katta vitse-prezident va savdo, marketing va strategiya boʻyicha ijrochi direktor lavozimiga tayinlandi[23][25]. 2002-yilda Time uni xalqaro biznesning nufuzli biznesmenlari roʻyxatiga kiritdi. 2005-yildan 2009-yilgacha u IBMda Global Business Servicesning bosh vitse-prezidenti boʻlgan. Rometty 2009-yilda bosh vitse-prezident va savdo, marketing va strategiya boʻyicha guruhning ijrochi direktori boʻldi va asosiy eʼtiborni kompaniyaning „tez rivojlanayotgan tahlil boʻlimi“ga qaratdi. 2009-yil yanvar oyida u IBMning savdo boʻlimini boshqardi. 2010-yilda Rometty xalqaro savdo va tarqatish boʻyicha vitse-prezident lavozimiga tayinlandi.

2011-yil 25-oktabrda Rometty kompaniyaning 2012-yil 1-yanvaridan boshlab boshqaruv kengashi raisi boʻlib qoladigan Sem Palmisano oʻrniga kompaniyaning keyingi prezidenti va bosh direktori boʻlishini eʼlon qildi. Rometty IBMning tarixida bosh direktori etib tayinlangan birinchi ayol boʻldi[3] . Palmisano oʻzining lavozimga koʻtarilishi haqida shunday dedi: „Bu lavozimga ega boʻldi, chunki u bunga erishdi“[24].

2012-yilning 26-sentabrida IBM, Sem Palmisanoning 2012-yil oxirida isteʼfoga chiqish qarori tufayli Rometty qoʻshimcha ravishda IBM raisi lavozimini egallashini eʼlon qildi. 2012-yil 1-oktabrdan Rometty IBM kompaniyasining raisi, prezidenti va bosh direktori lavozimlarida ishlay boshladi .

Uning maqsadlaridan biri kompaniyani Watson kabi bulutli va kognitiv hisoblash tizimlariga aylantirish boʻlgan[26].

2020-yil 31-yanvarda IBM Direktorlar kengashi Arvind Krishnani korporatsiyaning bosh ijrochi direktori (bosh direktori) lavozimiga tayinladi. Krishna 2020-yil 6-apreldan boshlab Ginni Romettyning oʻrnini egallaydi. Ammo, Rometty 2020-yil oxirigacha kompaniyaning direktorlar kengashining ijrochi raisi boʻlib qoladi. Shundan soʻng, Rometty kompaniyaning direktorlar kengashining ijrochi raisi lavozimini tark etadi[27].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rometty tashqi aloqalar boʻyicha kengash aʼzosi, Shimoli-gʻarbiy universitetining vasiylik kengashi, Memorial saraton markazining vasiylik kengashi va direktorlar kengashi aʼzosi hisoblandi. Shuningdek, u Sloan-Kettering, Lotin Amerikasi tabiatni muhofaza qilish kengashi, Nature Conservancy boʻlimida ishlagan. 2006-2009-yillarda AIG direktorlar kengashi aʼzosi hisoblangan[28][29]. 2014-yilda Rometty PBS telekanalining The Boomer List nomli hujjatli filmida suratga tushdi. Oʻsha yili u Augusta milliy golf klubining aʼzosi boʻldi[30][31]. Rometty Rensselaer Politexnika Instituti (2014) va Shimoli-gʻarbiy universitetlarining (2015) faxriy doktori unvoniga ega[32][33].

Fortune jurnalining 2015-yil 15-sentyabrdagi sonida Rometty eng kuchli ayollar roʻyxatida 3-oʻrinni egalladi[26]. 2019-yil Tomas Edison mukofotini qoʻlga kiritdi.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rometty Bam Oil kompaniyasining asosiy investori Mark Entoni Rometty bilan turmush qurgan. Er-xotinning farzandlari yoʻq[34].

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vikiomborda Ginni Rometty mavzusiga oid fayllar bor.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „America’s 10 Most Powerful Female CEOs“ (2012-yil 10-may). 2017-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-iyul.
  2. Buffett goes big in Big Blue(ingl.) // Fortune : magazine. — 2011. — 14 November. Архивировано 14 iyul 2014 года.
  3. 3,0 3,1 „IBM Names Rometty to Succeed Palmisano as First Female CEO“. Bloomberg BusinessWeek (2011-yil 25-oktyabr). 2013-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 25-oktyabr.
  4. „IBM Names Rometty to Succeed Palmisano as First Female CEO“. Bloomberg BusinessWeek (2011-yil 25-oktyabr). 2013-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 25-oktyabr.
  5. „IBM's Ginni Rometty Completes Her Ascent by Adding Chairman Role“. Bloomberg L.P. (2012-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 26-sentyabr.
  6. Aluise, Susan J. „America's 10 Most Powerful Female CEOs“. InvestorPlace (2012-yil 10-may). Qaraldi: 2014-yil 10-iyul.
  7. „Ginni Rometty: Reinventing Big Blue“, Barronʼs, Leslie P. Norton, May 31, 2014
  8. „Ginni Rometty“. Fortune (2012-yil 20-sentyabr). 2013-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 20-sentyabr.
  9. „Ginni Rometty“. Fortune. 2015-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-noyabr.
  10. Forbes magazineʼs „World’s 100 Most Powerful People“ in 2014.„The world's 100 most powerful“. Forbes. 2018-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-sentyabr.
  11. Time 100 in 2012,Mayer, Marissa „The 100 Most Influential People in the World“. Time (2012-yil 18-aprel). 2013-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-aprel.
  12. 50 Most Influential list of Bloomberg Markets magazine in September 2012
  13. „CEO's who have to go“. 2016-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-noyabr.
  14. „Fortune Magazine“. 2016-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-noyabr.
  15. „Business Insider“. 2017-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-noyabr.
  16. „The World's Most Powerful Women 2017“. Forbes (2017-yil 23-noyabr). 2017-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-noyabr.
  17. Waters, Richard „More than a big smile on Big Blue's face“. Financial Times (2011-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 16-iyul.
  18. „Lunch with the FT: Ginni Rometty“, Gillian Tett, Financial Times, February 6, 2015
  19. „IBM Names Virginia Rometty as First Female CEO“. Wired. October 25, 2011. Qaraldi: October 26, 2011.
  20. „Rensselaer Polytechnic Institute Graduates 1,613 in 208th Commencement Ceremony“. Qaraldi: 2015-yil 4-aprel.
  21. „NU appoints 5 new members to Board of Trustees“. Northwestern University (2010-yil 25-iyun). 2012-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 26-oktyabr.
  22. Hempel, Jessi. IBM's Ginni Rometty looks ahead(ingl.) // Fortune : magazine. — 2012. — 8 October. Архивировано 15 may 2013 года.
  23. 23,0 23,1 „IBM Names Virginia Rometty as First Female CEO“. Wired (2011-yil 25-oktyabr). 2011-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 26-oktyabr.
  24. 24,0 24,1 „I.B.M. Names Virginia Rometty as New Chief Executive“. The New York Times (2011-yil 25-oktyabr). 2021-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 26-oktyabr.
  25. „IBM CEO Sam Palmisano to step down“. CNN (2011-yil 25-oktyabr). 2020-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 25-oktyabr.
  26. 26,0 26,1 Bellstrom, Kristen. Fortune's Most Powerful Women List(aniqlanmagan) // Fortune. — 2015. — 15 September.
  27. „В IBM меняется гендиректор. Джинни Рометти уходит, обрушив выручку компании на треть“ (rus). CNews (2020-yil 31-yanvar). 2020-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-fevral.
  28. „2010 Annual Report“. Memorial Sloan Kettering Cancer Center. 2013-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 26-oktyabr.
  29. „LACC Members“. Latin America Conservation Council website. The Nature Conservancy. 2014-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 25-aprel.
  30. „Virginia Rometty becomes 3rd female member of Augusta National - ESPN“. ESPN.com. 2016-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-noyabr.
  31. „The Boomer List“ Rometty starting at 1 hr 6 min. PBS. 2015-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 9-oktyabr.
  32. „Rensselaer Polytechnic Institute Graduates 1,613 in 208th Commencement Ceremony“. 2019-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-aprel.
  33. „IBM executive, Northwestern alumna Virginia Rometty to speak at 2015 commencement“. 2015-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-aprel.
  34. Stewart, James B. „A C.E.O.’s Support System, a k a Husband“. The New York Times (2011-yil 5-noyabr). 2020-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-may.