Gana Ayollar Premier-ligasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ghana Womenʼs Premier League (GWPL)
Davlat Gana Gana
Konfederatsiya CAF
Futbol tuzilmasidagi oʻrni Eng oliy darajada
Tashkil etilgan 2012-yilda
Jamoalar soni 18 ta
Ichki kuboklar Gana Ayollar kubogi
Xalqaro musobaqalar CAF Ayollar Chempionlik Kubogi
Amaldagi chempion Hasaacas Ladies
Eng koʻp marta chempion Hasaacas Ladies (4 marta)
Veb-sayt Official Website
Amaldagi oʻyin 2021—2022-yilgi mavsum Gana Ayollar Premier-ligasi

Gana Ayollar Premier-ligasi (GWPL)[1][2][3] ilgari Milliy Ayollar Ligasi (NWL) nomi bilan tanilgan, Ganadagi ayollar futboli uchun eng yuqori divizion ligasi. Gana Ayollar Premier-ligasi 2012-yilda tashkil etilgan[4][5]. Gana Ayollar Premier-ligasining ikki zonasida (janubiy va shimoliy zona) 18 ta klub ishtirok etadi.

Mavsumlar dekabrdan iyulgacha davom etadi, har bir jamoa 16 ta oʻyin oʻtkazadi (oʻz hududidagi barcha 8 ta jamoa bilan uyda va mehmonda oʻynaydi). Aksariyat oʻyinlar shanba va yakshanba kunlari tushdan keyin oʻtkaziladi.

Gana Ayollar Premier-ligasiga bir nechta kompaniyalar homiylik qiladi. Rasmiy sport mahsulotlari homiysi Decathlon GH, fransuz sport tovarlari sotuvchisi Decathlonning Gana filiali va NASCO tashkilotlari shular jumlasidan[6][7].

2021-yilning noyabr oyida Hilari Boateng Gana futbol assotsiatsiyasi tomonidan Ayollar Premier-ligasi qoʻmitasi raisi etib tayinlandi[8].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yilgacha ayollar futbol ligalari faqat ayrim viloyatlarda faol boʻlgan. 2006-yilda birinchi marta mamlakat chempionati oʻtkazilgan[9].

Hozirgi Gana Ayollar Premier-ligasi formati birinchi marta 2012—2013-yillarda sinovdan oʻtkazilgan. Gana Ayollar Premier-ligasi ikki divizionda oʻtkaziladi. Gana Ayollar Premier-ligasi bosqichidan soʻng ikkala divizion gʻoliblari chempionat finalida toʻqnash kelishadi. Gana Ayollar Premier-ligasi tarixidagi birinchi finalda Hasaacas Ladies jamoasi Akkra Sports Stadiumda Fabulous Ladies ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi[10]. Futbol jihozlarining katta qismi FIFA tomonidan homiylik asosida beriladi[11].

2012—2013-yilgi taʼsischi jamoalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki mavsumning oʻn ikki jamoasi oltita jamoadan iborat ikkita zona (guruh)ga boʻlingan[12].

Janubiy zona (guruh) Shimoliy zona (guruh)

2020 — hozirgi kungacha[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilda Gana Futbol Assotsiatsiyasi (GFA) Ijroiya Kengashi Gana Ayollar Premier-ligasini hozirgi formatdagi 16 ta klubdan 2021—2022-yilgi mavsumdan boshlab 18 ta klubga kengaytirishga qaror qildi[13].

Chempionat finallari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chempion jamoalar va sovrindorlar roʻyxati:

Mavsum Chempion Hisob Ikkinchi oʻrin Eng yaxshi toʻpurar Eng yaxshi oʻyinchi Eng yaxshi darvozabon Eng namunali oʻyinchi
2012-2013[14] Hasaacas Ladies 2-1 Fabulous Ladies Agnes Aduako

Samira Suleiman

(14 ta gol)

Samira Suleman hech kimga berilmagn
2013-2014[15] Hasaacas Ladies 0-0 (asosiy vaqtda)

5-3 (penaltilar seriyasida)

Fabulous Ladies Agnes Aduako

(17 ta gol)[16]

Janet Egyir[16] Susan Atsem[16] hech kimga berilmagn
2014-2015[17] Hasaacas Ladies 1-0 Ampem Darkoa Samira Suleiman Janet Egyir[18] Beatrice Ntiwaa

Nketia[18]

Princella Adubea[18]
2015-2016[19] Ampem Darkoa 1-0 Hasaacas Ladies Princella Adubea[20]

(19 ta gol)

Grace Asantewaa[20] Evelyn Yeboah[20] hech kimga berilmagn
2017[21] Ampem Darkoa 1-0 Lady Strikers Princella Adubea

(16 ta gol)[22]

Priscilla Okyere[22] Kerrie McCarthy[22] hech kimga berilmagn
2018 Liga oʻyinlari oʻtkazilmagan
2019[23] Hasaacas Ladies 3-2 Ampem Darkoa Pepertual Agyekum

(9 ta gol)[24]

Grace Asantewaa[24] Evelyn Yeboah[24] Constance Serwah

Agyemang[24]

2019-2020 Liga oʻyinlar Covid-19 tufayli toʻxtatilgan
2020-2021[25] Hasaacas Ladies 4-0 Ampem Darkoa Ophelia Serwaa

Amponsah[26]

(17 ta gol)

Constance Serwah

Agyemang[26]

Grace Banwa[26] Comfort Yeboah[26]
2021-2022 Ampem Darkoa

Chempion jamoalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Joylashgan shahar Chempion boʻlgan mavsumlar Chempionliklar soni Oxirgi chempion boʻlgan mavsum
Hasaacas Ladies Sekondi-Takoradi, Western Region 2012-2013, 2013-2014, 2014-2015, 2020-2021 4 2020-2021
Ampem Darkoa Ladies Techiman, Bono East Region 2015-2016, 2017 2 2017

Homiylik[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilda tashkil etilganidan beri 2017-yilgacha Gana Ayollar Premier-ligasining asosiy homiysi yoʻq edi va liga ham oddiygina Milliy ayollar ligasi deb atalardi[27]. Biroq, 2018-yilda Groupe Nduom filiali hisoblangan FreshPak tashkiloti Gana Ayollar Premier-ligasining birinchi homiysi sifatida eʼlon qilindi. Kompaniya 2018-yilgi mavsumdan boshlab keyingi ikki mavsumda 500 000 GH ¢ (Gana pul birligida)ga teng miqdorda xarajat qilganini maʼlum qilgan[28][29][30].

Davr Homiy Liga nomi
2012-2017 Homiy yoʻq[29] Milliy ayollar ligasi[29]
2018-2019 FreshPak[31] FreshPak Milliy Ayollar Ligasi[31]
2019 — hozirgi kungacha Homiy yoʻq Gana Ayollar Premier-ligasi


2020-yil oktabr oyida Gana futbol assotsiatsiyasi 2020-yildan boshlab keyingi toʻrt yil davomida Gana Ayollar Premier-ligasi uchun futbol toʻplari va sport mahsulotlarini yetkazib berish uchun Decathlon fransuz sport tovarlari firmasining Ganadagi filiali Decathlon GH bilan toʻrt yillik homiylik shartnomasini imzoladi[32][33].

OAV yoritilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil fevral oyida Gana futbol assotsiatsiyasi Gana Premer-ligasining 2019—2020-yilgi mavsumidan boshlab olti yilga StarTimes Television bilan translatsiya huquqi homiylik shartnomasini imzoladi[34]. Bitimning bir qismi sifatida StarTimes birinchi yilda Gana Birinchi ligasi va Gana Ayollar Premer-ligasi oʻyinlarining ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishi va yoyilishini qoʻllab-quvvatlash uchun 100 000 dollar ajratdi. Keyingi besh yil davomida Satr Times 50 000 dollar sarflashni rejalashtirmoqda[34].

Shartnoma doirasida StarTimes Sports va Max TV aksiyadorlari 2020—2021-yilgi Gana ayollar Premer-ligasi finalini va 2020—2021-yilgi Gana ayollar kubogi finalini translatsiya qilishdi[35].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ghana Womenʼs Premier League 2020/21 fixtures released“. Ghana Football Association (21-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2021-yil.
  2. „First round of Womenʼs Premier League in numbers“. Ghana Football Association (9-aprel 2020-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2021-yil.
  3. „Statement on reported pockets of violence at Womenʼs Premier League match venues“. Ghana Football Association (3-mart 2020-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2021-yil.
  4. „2016/2017 National Womenʼs League Officially Launched“. Modern Ghana. Ghana News Agency (20-aprel 2017-yil). Qaraldi: 19-oktabr 2021-yil.
  5. „2016/17 National Womenʼs League launched“. GhanaSoccernet (20-aprel 2017-yil). Qaraldi: 19-oktabr 2021-yil.
  6. „GFA signs 4-year partnership agreement with Decathlon as sports retail partner“ (en). Ghana Football Association (23-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2021-yil.
  7. „VIDEO: Ghana FA to get 1,000 balls-a-year after signing Decathlon as official retail partner“. GhanaSoccernet (23-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2021-yil.
  8. „GFA names members of Womenʼs League Committee“. Ghana Football Association (27-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2021-yil.
  9. „Zonal Womenʼs league launched“. ghanafa.org (22-dekabr 2006-yil). 2018-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-fevral 2014-yil.
  10. Kadiri. „Hasaacas Ladies 'do-the-dooʻ against Fabulous Ladies“. Modern Ghana (7-aprel 2013-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2021-yil.
  11. „New chapter for womenʼs football in Ghana“. Ghanasoccernet (19-dekabr 2012-yil). Qaraldi: 19-oktabr 2021-yil.
  12. „New chapter for womenʼs football in Ghana“. Ghanasoccernet (19-dekabr 2012-yil). Qaraldi: 19-oktabr 2021-yil.
  13. „Womenʼs Premier League to expand in 2021/22 season“. Ghana Football Association. Qaraldi: 2021-yil 1-iyun.
  14. Anaman, Fiifi „History in the making – Hasaacas Ladies become Ghanaʼs first ever National Womenʼs League Champions“. Goal (8-aprel 2013-yil). Qaraldi: 19-noyabr 2021-yil.
  15. „Fabulous fail to find their spot as Hasaacas retain title“. ghanafa. Ghana Football Association (1-iyun 2014-yil). 11-avgust 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-avgust 2014-yil.
  16. 16,0 16,1 16,2 „Fabulous fail to find their spot as Hasaacas retain title“. Ghana Football Association (1-iyun 2014-yil). Qaraldi: 19-oktabr 2021-yil.
  17. „PHOTOS: National Womenʼs Championship final between Hasaacas Ladies and Ampem Darkoah Ladies“. GhanaSoccernet.
  18. 18,0 18,1 18,2 „Hasaacas Ladies defender Janet Agyiri wins 2015 Best Player of the National Womenʼs Championship“ (en). GhanaSoccernet (2015-yil 27-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 19-oktyabr.
  19. „Ampem Darkoa beat Hasaacas Ladies to win league“. www.pulse.com.gh (4-sentabr 2016-yil).
  20. 20,0 20,1 20,2 Laryea, Beatrice „Ampem Darkoa win National Womenʼs League title“. Graphic Online. Graphic Communications Group Limited (5-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 19-oktabr 2021-yil.
  21. „Ampem Darkoa beat Lady Strikers 1-0 to retain National Womenʼs League title“ (en). GhanaSoccernet (2017-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 26-iyun.
  22. 22,0 22,1 22,2 Quaye, Genevieve Naa Amerley „Ampem Darkoa Ladies Retain NWL Title“. My Ghana Links (11-oktabr 2017-yil). Qaraldi: 19-oktabr 2021-yil.
  23. „Hasaacas Ladies win the Normalization Committeeʼs womenʼs special competition“ (en-US). Happy Ghana (2019-yil 15-aprel). Qaraldi: 2021-yil 1-iyun.
  24. 24,0 24,1 24,2 24,3 Duncan, Jude „Hassacas Ladies wins NC Womenʼs Special Competition“. Citinewsroom. Citi FM (Ghana) (15-aprel 2019-yil). Qaraldi: 19-oktabr 2021-yil.
  25. Association, Ghana Football „Match Report: Hasaacas Ladies beat Ampem Darkoa to lift Premier League title“ (en). www.ghanafa.org. Qaraldi: 2021-yil 29-iyun.
  26. 26,0 26,1 26,2 26,3 „Champions Hasaacas Ladies win two NASCO Womenʼs Premier League awards“ (en). GhanaSoccernet (2021-yil 2-iyul). Qaraldi: 2021-yil 19-oktyabr.
  27. Dzakah. „A dawn of new light: Ghana Womenʼs football league secures long-awaited sponsorship“. AIPS Media. International Sports Press Association (16-aprel 2018-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2021-yil.
  28. „FreshPak sponsors National Womenʼs League“. Ghana Football Association (5-aprel 2018-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2021-yil.
  29. 29,0 29,1 29,2 Dzakah. „A dawn of new light: Ghana Womenʼs football league secures long-awaited sponsorship“. AIPS Media. International Sports Press Association (16-aprel 2018-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2021-yil.
  30. Koranteng. „2017/2018 Freshpak National Womenʼs League launched“. CitiNewsroom. Citi FM (Ghana) (4-aprel 2018-yil). Qaraldi: 2021-yil 20-oktyabr.
  31. 31,0 31,1 „FreshPak sponsors National Womenʼs League“. Ghana Football Association (5-aprel 2018-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2021-yil.
  32. „GFA signs 4-year partnership agreement with Decathlon as sports retail partner“ (en). Ghana Football Association (23-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2021-yil.
  33. Larweh. „GFA signs partnership agreement with Decathlon Ghana“. Graphic Online. Graphic Communications Group Limited (23-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2021-yil.
  34. 34,0 34,1 „GFA announce breakdown of Star Times sponsorship fees“. Ghana Football Association. Qaraldi: 20-oktabr 2021-yil.
  35. Danquah. „Max TV to telecast Womenʼs Premier League final“. Max TV (25-iyun 2021-yil). 2023-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-sentyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]