Gabby George

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gabby George
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Gabrielle George
Tavallud sanasi 2-fevral 1997-yil (1997-02-02) (27 yosh)
Tavallud joyi Manchester, Angliya
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Everton
Raqami 6
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Blackpool
Manchester United
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014- Everton 115 (4)
Milliy terma jamoa
2013 Angliya U-17 14 (0)
2014—2016 Angliya U-19 22 (2)
2014—2016 Angliya U-20 4 (0)
2019- Angliya U-21 2 (1)
2018- Angliya qariyalar terma jamaosi 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(6-yanvar 2018-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (9-sentyabr uchun)

Gabrielle George (talaffuzi: Gabriel Jorj; 1997-yil 2-fevralda tugʻilgan) — ingliz futbolchi, „Everton“ himoyachisi[1][2][3][4].

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

George toʻqqiz yoshida oʻgʻil bolalar bilan futbol oʻynay boshladi[5]. Yoshligining koʻp qismini Blackpool Girls va Manchester United bilan oʻtkazdi[6][7].

Everton[tahrir | manbasini tahrirlash]

George oʻzining proffesional faoliyatini 2014-yilda Everton LFCda boshlagan[8]. 2014-yil aprel oyida u Notts Countyga qarshi oʻyinda jamoada debyut qildi, mavsumda „koʻklar“ safida 14 oʻyin oʻtkazdi, shu jumladan atigi 17 yoshda boʻlishiga qaramay 2014-yilgi Angliya ayollar kubogi finalida ham qatnashdi[9]. Oʻsha yili u „Everton“ga oldingi chempion Liverpool LFCni 2:0 hisobida magʻlub etishga yordam berganidan soʻng, Angliya Ayollar kubogi oltinchi turining „Tur oʻyinchisi“ deb topildi[10]. Yarim finalda „Notts County“ni 2:1 hisobida magʻlub etgan[11]. „Everton“ finalda 15 000 dan ortiq muxlislari koʻz oʻngida „Arsenal“ ayollariga 2:0 hisobida imkoniyatni boy berdi[12]. George 2017-yilda „Everton“ning birinchi professional futbolchisi sifatida ikki yillik shartnoma imzolaganida klub tarixiga kirdi[13].

Terma jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

George Angliyani U-17, U-19, U-20 va U-21 toifalarida himoya qilgan, bitta U-20 Jahon chempionati va ikkita Yevropa finalida oʻynagan[14][15].

2017-yilda George 2017-yilda AQShda boʻlib oʻtgan SheBelieves kubogi uchun kattalar jamoasiga birinchi chaqiruvni oldi[16]. 2018-yilning 4-sentabr kuni Jahon chempionati saralashida Qozogʻistonga qarshi oʻyinda (6:0) debyut qilgan[17].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Georgening amakivachchasi Jessi Lingard „Nottingem Forest“ va Angliya terma jamoasida oʻynaydi[18].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Everton

  • Ayollar oʻrtasidagi Angliya kubogi gʻolibi : 2014-yil
  • FA WSL 2 gʻoliblari: 2017-yil

Individual

  • North West Rising Star: 2015[19].
  • Ayollar kubogining eng yaxshi oʻyinchisi: 2014[20].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. .„Everton Ladies sign Megan Walsh & Gabrielle George“. BBC (6-fevral 2014-yil). Qaraldi: 5-may 2016-yil.
  2. .„Everton Ladies sign England U19 duo Walsh and George“. Football Association (5-fevral 2014-yil). Qaraldi: 5-may 2016-yil.
  3. .„FA Women's Cup: Everton Ladies 2–1 Bristol Academy Ladies (aet)“. BBC (24-mart 2015-yil). Qaraldi: 5-may 2016-yil.
  4. .„Gabrielle George | Everton Football Club“ (inglizcha). www.evertonfc.com. 20-dekabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-yanvar 2017-yil.
  5. .„Interviewing Gabby George: The 20 y/o who's now Everton Ladies' backbone – Football Paradise“ (inglizcha). Football Paradise (19-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 7-avgust 2018-yil.
  6. .„Gabrielle George | Everton Football Club“ (inglizcha). www.evertonfc.com. 20-dekabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-yanvar 2017-yil.
  7. .Anushree Nande. „Interviewing Gabby George: The 20 y/o who's now Everton Ladies' backbone“ (inglizcha). www.footballparadise.com (19-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 6-yanvar 2017-yil.
  8. .„Everton Ladies sign Megan Walsh & Gabrielle George“. BBC (6-fevral 2014-yil). Qaraldi: 5-may 2016-yil.
  9. .„Gabrielle George | Everton Football Club“ (inglizcha). www.evertonfc.com. 20-dekabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-yanvar 2017-yil.
  10. .Association. „Everton's Gabrielle George voted Player of the Sixth Round“ (inglizcha). www.thefa.com. Qaraldi: 7-avgust 2018-yil.
  11. .„Summary – FA Women's Cup – England – Results, fixtures, tables and news – Women Soccerway“ (inglizcha). us.women.soccerway.com. Qaraldi: 8-avgust 2018-yil.
  12. .„Women's FA Cup final: Arsenal beat Everton to retain trophy“ (inglizcha). BBC Sport (1-iyun 2014-yil). Qaraldi: 8-avgust 2018-yil.
  13. .Dev Trehan. „Everton Ladies defender Gabby George makes club history by turning professional“. Sky Sports (27-iyun 2017-yil). Qaraldi: 6-yanvar 2018-yil.
  14. .„Gabrielle George | Everton Football Club“ (inglizcha). www.evertonfc.com. 20-dekabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-yanvar 2017-yil.
  15. .Anushree Nande. „Interviewing Gabby George: The 20 y/o who's now Everton Ladies' backbone“ (inglizcha). www.footballparadise.com (19-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 6-yanvar 2017-yil.
  16. .Rachel Rose Gold. „Gabby George gets senior England call up“. Royal Blue Mersey (24-noyabr 2017-yil). Qaraldi: 6-yanvar 2018-yil.
  17. .„Kazakhstan Women's 0-6 England Women's“ (inglizcha). BBC Sport. Qaraldi: 4-sentabr 2018-yil.
  18. .Anushree Nande. „Interviewing Gabby George: The 20 y/o who's now Everton Ladies' backbone“ (inglizcha). www.footballparadise.com (19-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 6-yanvar 2017-yil.
  19. .Walsh. „Everton FC: Jagielka Liverpool strike named Goal of the Year at North West football awards“. Liverpool Echo (16-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 5-may 2016-yil.
  20. .„George wins FA Womens Cup Player of the Round“. Liverpool FA (20-may 2014-yil). Qaraldi: 5-may 2016-yil.