Gabbro

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gabbro (Italiyaning Livorno sh. jan. dagi joy nomidan) — asos tarkibli magmatik tog jinslari. Deyarli bir xil mikdorda asosli plagioklazlar, piroksenlaraai tashkil topgan. Oddiy G. plagioklaz va monoklinli piroksendan iborat. Turi koʻp. Plagioklaz va rombik piroksenli turi norit, plagioklaz va olivinli turi traktolit deyiladi. Plagioklazga boy G. (85—90%) plagioklazitlar nomi bilan maʼlum. Labradorit turi faqat plagioklazni Labrador xilidan tashkil topadi. Labradorit kupincha chiroyli havorang yoki kukish boʻlib tovlanadi. Katta chuqurlikda qotgan tipik G.da kristallarning oʻlchami taxm. bir xil.

Tabiatda yirik shtok, lakkolit, lopolit, dayka shakllarida uchraydi. Ularning oʻlchami juda yirik. Mas, Kanadadagi Dulut massivining mayd. 5 ming km2ga teng . Oʻzbekistonda Nurota, Hisor, Chatqol-Qurama togʻlarida maʼlum. Xorijda G.ning yirik massivlari Ukraina, JAR, Fransiya, Shotlandiya va b. joylarda bor. G. yaxshi silliklanadi. Haykaltaroshlikda, binokorlikda bezash materiali.

G. intruzivlari bilan magnetit, titanmagnetit, nikel va mis sulfidli ruda konlari bogʻliq.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil