GAT ning Bufer zonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

GAT ning Bufer zonasi (buffer zone, buffer, corridor) — nuqtali, chiziqli yoki poligonal ob’yektlar toʻplamiga nisbatan teng uzoqlikdagi ekvidistantlarni yoki ekvidistant chiziqlarni (equidistant line) hisoblash va tuzish yoʻli bilan tashkil topgan poligonal qatlamni oʻzida ifodalaydi. Buferizastiya (buffering) operatsiyasi, masalan, uch kilometrli chegara zonasini, temir yo’l liniyasi ixtiyoridagi 20 metrli mintaqani ajratish va h.k.lar uchun qo’llaniladi. Poligonal ob’yektning bufer zonasi poligonning ham tashqarisida, ham ichida tuzilishi mumkin. Agar ob’yektlar va ekvidistantlar o’rtasidagi masofaga uning atributlaridan biriga mos keladigan qiymatlar qo’yilsa, u holda bu “tortishli buferizastiya” (weighed buffering) deyiladi. Zamonaviy GAT larda bufer zonalari avtomatik tarzda yaratiladi, buning ustiga ularni har qanday tipdagi ob’yektlar atrofida tuzish mumkin. Sodda qilib aytganda, bufer zonalari – bu epidemiologiya zonalari, texnogen halokatlar (neft to’kilishi, atom stanstiyasidagi avariya) zonalari, turli radiotexnik qurilmalar va tizimlarning ishlash uzoqligi zonalari va h.k.lar bo’lishi mumkin.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Avtomobil yo‘llari va muhandislik kommunikasiyalari qurilish jarayonlarining dolzarb muammolari" 19-20 noyabr 2021 yil, NamMQI Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
    https://t.me/Conference_november_2021
    Road_engineering_science