GAMET

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ta’rifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

GAMET (Ground Area Meteo) – hudud uchun mahalliy ob-havo prognozi.

Tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

GAMET hududda kutilayotgan ob-havoni, past balandliklardagi xavfli hodisalarga (masalan, kuchli shamol, yomon koʻrinuvchanlik, chaqmoq, yirik bulutlar, muzlash va turbulentlikka) oid xabarlarni, turli eshelonlardagi shamollarning yoʻnalishlari va kuchi, havoning harorati, koʻrinuvchanlik, muzlash, bosim haqidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi.

Tayyorlash va e’lon qilish shakllari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mazkur ob-havo ma’lumoti past balandliklardagi parvozlar uchun tuzilib, qisqartmalardan foydalanilgan holda ochiq matn shaklida tayyorlanadi va parvoz axborot hududi yoki uning bir qismi uchun qoʻllaniladi. Meteorologiya organi tomonidan tayyorlanadigan mazkur ma’lumotlar boshqa parvoz axborot hududlarida joylashgan meteorlogiya organlariga ham yuboriladi.

GAMET prognozlari har 6 soatda, kuchga kirishidan kamida 1 soat oldin e’lon qilib boriladi.

Tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

GAMET prognozlari quyidagi qismlardan iborat:

  1. xabarning xalqaro meteorlogiya tashkiloti belgilab bergan shakldagi nomi;
  2. ATS organining ICAO kodi, prognoz identifikatori, amal qilish muddati va prognozni e’lon qilgan meteorologiya organining ICAO indeksi;
  3. parvoz-axborot hududining (FIR) indeksi va uning, zarur boʻlsa, qismlarining (masalan, sektorlari va zonalarining) nomlari, prognoz e’lon qilinayotgan balandlik, masalan, BLW FL100 – 10.000 futdan pastdagi balandlik uchun;
  4. meteorologiya qismi.

GAMET prognozining meteorologiya qismi ikkita qismdan iborat boʻladi:

  • SEC I. past balandliklardagi parvozlar (LLF) uchun xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan ob-havo hodisalari haqidagi ma’lumotlar:
  1. tezligi 15 m/s yoki undan tez boʻlgan yer yuzasidagi shamollar;
  2. 5 000 metrdan past boʻlgan koʻrinuvchanlik va koʻrinuvchanlikka salbiy ta’sir koʻrsatayotgan ob-havo hodisalari;
  3. chaqmoq, doʻl (chaqmoq faolligini batafsil yoritishda), kuchli qum va chang boʻronlari, vulqon kullari;
  4. togʻlarning yopilib qolgani;
  5. quyi chegarasi yer sathidan 300 m yoki undan past balandlikda joylashgan yirik yoki butunlay qoplab olgan bulutlar;
  6. har qanday toʻp-toʻp yomgʻir bulutlari (ISOL, OCNL, FRQ, OBSC, EMBD-CB yoki TCU);
  7. oʻrtacha yoki kuchli muzlashlar (MOD/SEV ICE);
  8. togʻ toʻlqinlari (MOD/SEV MTW);
  9. mazkur FIR uchun amal qiladigan SIGMET xabar (lar)ining raqam (lar)i;
  • SEC I. LLF uchun muhim boʻlgan qoʻshimcha prognozlarni oʻz ichiga oladi:
  1. barik shakllanmalarning markazlari, frontlar, ularning xosil boʻlishi va kutilayotgan koʻchishi;
  2. turli balandliklardagi shamollar va havo haroratlari;
  3. I qismga qoʻshib boʻlmaydigan bulutlar (CU, SC, ST, NS, AS, AC);
  4. 0º izoterma balandligi (FZFL – muzlash boshlanadigan balandlik);
  5. bashorat qilinayotgan minimal QNH bosim;
  6. vulqon faolligi.

Namuna (Ukraina davlatining Kiyev havo hududi uchun berilgan)[tahrir | manbasini tahrirlash]

FAUR51 UKBW 232200

UKBV GAMET VALID 240000/240600 UKBW-

UKBV KYIV FIR

SECN I

SFC VIS: 4000M BR LCA 0500M FZDZ FZFG

SIG CLD: EMBD ISOL CB 510/ABV 3000M AGL

LCA BKN 090/300M AGL

ICE: MOD 0510/1500M AGL

MOD 2100/ABV 3000M AGL

LCA MOD SFC/0240M AGL

TURB: LCA MOD SFC/3050M AMSL

SECN II

PSYS: 00 ALONG E031 OCCLUDED FRONT MOV E 20KMH WKN

SFC  WIND: 250/05MPS

WIND/T:

300M W OF E031 300/30KMH PS00

E OF E031 220/20KMH PS00

600M W OF E031 300/30KMH MS01

E OF E031 220/20KMH MS01

1500M W OF E031 320/30KMH MS06

E OF E031 240/20KMH MS06

3000M 290/30KMH MS12

SFC VIS: NIL

CLD: BKN ST SC 300/1500M AGL

BKN AC AS 2100/ABV 3000M AGL

FZLVL: 510M AGL

MNM QNH: 1016 HPA / 762 MM HG

RMK: CHECK SIGMET AND AIRMET=

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Thomas D. Potter, Bradley R. Colman. Handbook of weather, climate and water. – John Wiley & Sons Inc. Hoboken, New Jersey (USA), 2003
  2. Alan Watts. The weather handbook, third edition. – Adlard Coles Nautical, Bloomsbury, London (UK), 2014. pg. 192
  3. Michael Bright. The Pocket Book of Weather: Entertaining and Remarkable Facts About Our Weather, - Adlard Coles Nautical, Bloomsbury, London (UK), 2013. pg. 145
  4. Т.В. Сафонова. Авиационная метеорология: учеб. пособие. – Ульяновск: УВАУ ГА (И), 2009. – 242 с
  5. Ю.Г. Хабутдинов, К.М. Шанталинский. Краткосрочные метеорологические прогнозы. – Казань: КГУ, 2008. – 52 с
  6. H.U. Muhammad Olim. Aviatsiya meteorologiyasi: uslubiy koʻrsatmalar. – Toshkent: TDTrU, 2023. – 80 b

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

METAR

TAF

SPECI

AIRMET

Instytut Meteorologii i Gospodarki Wodnej Państwowy Instytut Badawczy